Kasbiy psixologiyada qo’llaniladigan zamonaviy metodlar va ularni tadbiq etish imkoniyatlari
Download 13.25 Kb.
|
Kasbiy Psixologiya uchun
Kasbiy psixologiyada qo’llaniladigan zamonaviy metodlar va ularni tadbiq etish imkoniyatlari Kasbiy psixologiya fanida quyidagi tadqiqot metodlarining tasnifidan foydalaniladi. Tadqiqiy metodlar (usullar) – bu psixikaning xususiyatlari, qonuniyatlari va mexanizmlari haqidagi yangi ob’ektiv bilimlar olishga yo‘naltirilgan maxsus tarzda tashkil topgan faoliyat usullaridir. Subyektiv yangi bilimlar (dalillar, baholar, ko‘rsatkichlar, belgilar, psixologik yordam, maslahat, korreksiya uchun muhim) omillarga qaratilgan psixologiya usullarini umumiy, pragmatik usulublar deb ataladi. Kasbiy psixologiya metodlari asosan ikkita metodologik tamoyillarga asoslanadi: Subyektiv tamoyil – o‘zini o‘zgartirishga qaratilgan kasbiy shakllanishga erishishni ta’minlovchi tamoyil. Obyektiv tamoyil – psixik hodisalarni tashqi tomonlama anglashning turli tadqiqiy vositalari orqali kasbiy shakllanish belgilarini o‘rganishni nazarda tutuvchi tamoyil. Tadqiqiy metodlarning 2 ta turi mavjud; 1. Longityud 2. Kesimli Longityud metodi – ma’lum kishilar guruhi yoki aniq kishilarning bir xil belgilariga ko‘ra psixik xususiyatlarini davomli va muntazam o‘rganishni nazarda tutadi. Kesimli metod – ma’lumotlarni tadqiqotda qatnashuvchilarning turli guruhlariga nisbatan taqqoslash xosdir. Bu metod orqali sinovdan o‘tayotgalarning ko‘p miqdorini qisqa vaqt ichida qamrab olishi mumkin. Kesimli tadqiqotlarni o‘tkazishda savol-javob usullari, testlar tajribalar keng qo‘llaniladi. Longityud metodi – kasbiy shakllanishda individual yo‘lni o‘rganishga yordam beradi. Mazkur metod yordamida shaxsning obro‘ orttirishi uning faoliyatidagi turli xildagi tanqidiy holatlarini aniqlaydi. Psixologiyada qo‘llaniladigan tadqiqot usullari kelib chiqishiga ko‘ra umumpsixologik ko‘rinishga ega, lekin spetsifik xususiyatiga ega emas. Kasbiy psixologiya yosh psixologiyasiga yondosh ekanligini hisobga olsak, bu o‘z navbatida shakllanib bo‘lgan metodlarni o‘zlashtirishga olib keladi. Barcha tadqiqotlarda keng doirada metodlarni qo‘llash o‘ziga xos tadqiqiy metodlarni yaratilishiga olib keladi. Kasbiy psixologiya tadqiqot metodlarining tizimlanishi, ularning qo‘llanishi sohasini aniqlash shuningdek, sifat, xususiyatini ko‘rib chiqish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Psixologiya fanida yagona umuman olganda, tadqiqotlar metodlarining to‘liq tasnifi mavjud emas. Ko‘pincha, alohida metodlar yoki psixologiyada ma’lum muammoni hal etishga tavsiya etiladigan metodlar ro‘yxati beriladi. Psixologiyaning metodlar tizimini tahlil etgan olimlar quyidagi metodlar guruhini taklif etadi. 1. Tadqiqotni tashkillashtirish va rejalashtirish metodlari, ya’ni tashkiliy metodlar. 2. Dalillar to‘plash, ilmiy ma’lumotlar olishga qaratilgan empirik metodlar(usullar). 3. Ma’lumotlarni qayta ishlash usullari 4. Interpretatsion metodlar(usullar). Boshqa bir qator psixolog-olimlar psixologiyasining quyidagi usullarini ajratishadi: Sub’ektiv metodlar (o‘zini o‘zi kuzatish); Obyektiv metodlar (kuzatishning xar xil turlari; eksperimental, testlar, savol-javob, so‘rovnomalar). Afsuski, bu metodlar muallifi psixologiya metodlarining tasniflanishini (klassifikatsiya) taqdim etmay, faqatgina psixologiya fanidagi mavjud metodlarini sanab o‘tish bilan chegaralanadilar. Bu esa o‘z navbatida aniq ilmiy tasniflanishning mavjud emasligi, psixologiyada metodlarning ko‘pligi hamda bir tizimga solinmaganligi bilan izohlanadi. Yosh va pedagogik psixologiyaning metodlarini tahlil etib, tadqiqiy metodlarni tasniflashning asosi sifatida muhim jihatlarini ajratib olish kerak. Bu masalalar 4 xil shaklga ega: tasvirlash, o‘lchash, tushuntirish va psixik hodisani shakllantirishdan iborat. Shunga muvofiq metodlarning 4 ta guruhi taklif etiladi: noeksperimental (klinik), diagnostik, eksperimental va shakllantiruvchi. Kasbiy psixologiyada shaxs va jamiyat muammosi. Psixologiyada shaxs va jamiyat muammolari Shaxs - ijtimoiy va shaharlararo munosabatlarning maxsuli, ongli faoliyatining sub'еkti bo`lmish individdir. Shaxsga talluqli bo`lgan eng muhim tasniv ham uning jamiyatdagi murakkab ijtimoiy munosabatlarga bеvosita aloqadorlik,ijtimoiy faoliyatga nisbatan ham ob'еkt, ham sub'еkt bo`lishlikdir. «Shaxs» tushunchasi psixologiyada eng ko’p qo’llaniladigan tushunchalar sirasiga kiradi. Psixologiya o’rganadigan barcha fеnomеnlar aynan shu tushuncha atrofida qayd etiladi. Inson ruhiy olami qonuniyatlari bilan qiziqqan har qanday olim yoki tadqiqotchi ham shaxsning ijtimoiyligi va aynan jamiyat bilan bo’lgan aloqasi masalasini chеtlab e’tolmagan. Sotsial yoki ijtimoiy muhit - bu insonning aniq maqsadlar va rеjalar asosida faoliyat ko’rsatadigan dunyosidir u mazmunan har bir insonning shu ijtimoiy olam bilan aloqasi uning insoniyat tajribasi, madaniyati va qabul qilingan, tan olingan ijtimoiy xulq normalari doirasidagi harakatlarida namoyon bo’ladi. Psixologiya ilmining namoyondalari bo’lmish olimlarning butun bir avlodi ana shu shaxs va jamiyat aloqalari tizimida insonning tub moxiyatini anglash uning rivojlanishi va kamol topishi qonuniyatlarini izlaganlar. Abu Nasr Farobiy, Alisher Navoiy, Ibn Sino, Bеruniy kabi yuzlab Sharq allomalari ham bu uzaro bog’likning falsafiy va ijtimoiy sirlarini ochishga o’zlarining eng durdona asarlarini bag’ishlaganlar. Barcha qarashlarga umumiy bo’lgan narsa shu bo’lganki, odamni, uning mohiyatini anglash uchun avvalo uning shu jamiyatda tutgan o’rni va mavqеini bilish zarur. G. Lеybnits (1646-1716) Lokka e'tiroz bildirib, hayotda umuman toza. Sof doskaning o’zi bo’lmaydi, hattoki, eng yaxshi silliqlangan marmar yuzasida ham sеzilarli tеshiklar, do’ngliklar yoki tug’ma asoratlar bo’ladiki, ular layoqatlardеk, inson taqdrida ma'lum rol o’ynaydi. Bu ikala yirik yo’nalish o’rtasidagi tortishuvlarga chеk qo’yish maqsadida F. Galton qator ekspеrimеntal tadkiqotlar o’tkazib, har bir individga xos diffеrеntsial xususiyatlar mavjudligini «egizaklar mеtodi» yordamida asoslashga harakat qildi. 2 jadvalda Galton tomonidan irsiy ortirilgan sifatlar munosabati yuzasidan aniqlangan natijalardan kеltirilgan.Inson jamiyat a'zosi sifatida uning normalariga bo’ysunadi, uning kutishlariga javob bеrishga harkat qiladi va o’z xulqini uning talablariga monand qilishga intiladi. Shu nuqtai nazardan kеlib chiqib, shaxs fеnomеniga ta'rif bеrish mumkin. Kasbiy professiogramma haqida tushuncha Mehnat psixologiyasining nazariy va amaliy sohalari konkret professional faoliyatni o’rganishdan boshlanadi. Ommoviy kasblar uchun professiogrammalar ishlab chiqarilgan .Professiogramma bu- kasbning ijtimoiy,iqtisodiy ishlab chiqarish texnik,sanitary gigiyenik psixologik va boshqa xususiyatlarni tarifini berishdir. Professiografiyaning muhim bir qismi psixogrammadir.Psixogramma kasbga qo’yilgan talablar asosida inson psixikasini o’rganish hisoblanadi. Psixogramma prinsiplari K.Platonov tomonidan shakllantirilgan.Bu prinsiplarga komplekslik maqsadga yo’naltirilgan ijtimoiy, siyosiy faollik, shaxsiy ko’rsatgichlar ishonchlilik, differensiallik va perseptivlik kiradi.Komplekslilik va maqsadga yo’nalganlik prinsipiga quyidagi psixologik tahlil mavjud. 1. Kasbning ishlab chiqarish xarakteristikasi va sohalarning tegishli tahlili. 2. Kasbning iqtisodiy ahamiyati. 3. Sotsiologik va sotsiol psixologik xarakteristikalar(shaharlararo munosabatlarining xususiyatlari, kollektiv xususiyatlari, kasbning ijtimoiy nufuzi.) 4. Kasbiy mehnat muvaffaqiyati uchun zarur bo’lgan bilim va ko’nikmalar hajmining ko’rsatgichi.Bu yerda tayyorgarlik muddati va ishchining istiqboldagi mehnat ko’rsatgichlari nazarda tutiladi. 5. Kasbning zararligini hisobga olgan xolda mehnat sharoitining gigiyenik xarakteristikasi. 6. Berilgan kasbga ishlash uchun insonning fiziologik holatiga qo’yilgan talablar, meditsina ko’rigi 7. Psixogramma tuzish. Psixogramma mazmuni va hajmi kasbni o’rganish maqsadidan kelib chiqadi. Maqsad sifatida esa professional tanlov profarentatsiya , profkonsultatsiya, ishlab chiqarish ta’limi mehnat rejimi va sharoitini ratsionilizatsiyash tizimi. Professional tanlov maqsadida tuzilgan psixogramma mutaxassisiga ikki tomonlama talablarni qo’ydi: 1. Berilgan kasbda ishlaydigan har qanday ishchi uchun zaruriy ko’rsatgichlar; 2. Professional mahorati oshirishi mumkin bo’lgan maxsus alohida ko’rsatgichlar. Psixogrammani ushbu faktlarni e’tiborga olmagan xolda past talablar bilan yoki o’ta yuqori talablar bilan tuzish noto’g’ri. Psixogrammada shaxsning berilgan kasbga qobilyatsizligini belgilovchi psixologik xususiyatlarni ham ko’rsatib o’tish lozim. Yoshlarni kasb haqida tasavvurga ega bo’lishi uchun profarentatsiya va profkonsultatsiya psixometriyalari tuziladi.K.Platonov uni quyidagicha tuzishni taklif qiladi. KASBIY PSIXOLOGIYADA IJTIMOIY FAOLIYATNI TASHKIL ETISH. 1.Ijtimoiy psixologik tomondan talabalar muloqat jarayonida bir-birini tushinishi. Birgalikdagi faoliyatning muvaffaqiyatli ro‘y berishi ko‘p jihatdan kommunikativ jarayon ishtirokchilari bir-birini qanday idrok etayotganini, har bir ishtirokchida boshqa ishtirokchi haqida qanday tasavvurlar shakllanayotganligiga bog‘liq. Bu esa muloqotning perseptiv tomonini o‘rganish zaruratini vujudga keltiradi. Kishilarning bir-birini idrok etish jarayoni muloqotning ajralmas qismi bo‘lib, u muloqotning perseptiv tomonini tashkil etadi. Birinchi holatda quyidagi tavsiflar beriladi, ya’ni ko‘zlarini ichiga kirib ketgani, ichki alam, qasosdan uzun dahan boshlagan ishi, jumladan jinoyatni yakuniga yetkazish kabilar ekanligi qayd etiladi. Ikkinchi guruhda ichiga kirgan ko‘zlari fikrning chuqurligi haqida gapirib, bunda uzun dahan qiyinchiliklarga bardoshlilik, irodalilik sifatida baholangan. Pedagogik muloqot – bu muloqotning o‘quv tarbiyaviy jarayonlarni hissiy foni va vosita, mazmunini tashkil etadi. Muloqot muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun u albatta qayta aloqaga ega bo‘lishi, ya’ni sub’ekt o‘zaro ta’sir natijalari haqida axborot olishi kerak. Kommunikator o‘zi uzatgan axborotni resipiyent qanday qabul qilishini va qanday munosabatda bo‘layotganligini qayta axborot ma’lumotlariga asos-lanib bilib oladi. Muomalada suhbatdoshni yoki tinglovchini idrok etish bir-birini tushunishning asosiy shartidir. Agar o‘qituvchi o‘quvchilarini qanday idrok etayotganligini, tushunayotganligini anglay olmasa, pedagogik munosabat yaxshi bo‘lmaydi. 2. Muloqotning 3 jabhasi: kommuniktiv, interaktiv, perseptiv. Kundalik faoliyatimizda kishilar bilan bo‘lgan muloqot, suhbat hamda muzokaralarda haqiqatni anglatadiga yagona tushuncha bu mantiqiylik deb hisoblanib, barcha xatti-harakatlarimizni mantiqiylik va mantiqsizlik degan tushuncha bilan baholashga o‘rganib qolgan edik. Shu o‘rinda ibratli bir rivoyatni eslash o‘rinli: «Iskandardan so‘rabdilar: «Ozgina sarmoya va oz sonli askar bilan bunday ko‘p mamlakatni qanday hislat bilan qo‘lga kiritding?» Iskandar: «Lutf va yumshoq muomala bilan dushmanlarni qo‘lga kiritim. Ahd-paymon yo‘li bilan do‘stlarni yo‘lga soldim, shu jihatdan ko‘p mamlakatni egalladim», deb javob berdi. 1 Mustaqillik davriga kelib esa pedagoglar va psixologlarning konsepsiyasi asosida muloqot madaniyaining o‘ziga xos tomoniga daxldor bu tasavvurlar o‘zgarib ketdi. Ularning ko‘rsatishicha, insonning xulq madaniyati ikki kuch-tafakkur va hissiyot, aql va qalb o‘rtasidagi musobaqa natijasi emas, balki, bu ikki kuchning qo‘shilishi hamda unga ta’sir qiluvchi tajriba (jismoniy va madaniy) muhit kabi ko‘plab omillar asosida shakllanadi. Kasbiy psixologiya” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari Kasbiy psixologiyasining mustaqil fan sifatida shakllanishini 3-bosqichini ajratish mumkin. 1. XIX-asrning oxirida mehnatni ilmiy tashkillashtirishning psixologik masalalarini hal qiladigan psixotexnika yo‘nalishini paydo bo‘lishi, shuningdek, psixotexnika taraqqiyotining asosiy masalalari bu mehnat sharoitlari va shu usullarini ratsionalizatsiya qilish, avariya va shikastlanishni kamaytirish, ishlab chiqarish ta’limining shakllanishi masalalariga e’tiborning kuchayishdir. 2. XX-asr boshlarida mustaqil ilmiy soha mehnat psixologiyasining rivojlanishi va bu boradagi kasbiy tadqiqot masalalari, inson psixologiyasining mehnatda namoyon bo‘lishi va shakllanishi shuningdek, kasbiy tanlov, kasbiy maslahat va mehnat ekspertizasi masalalariga doir bilimlarni yuzaga kelishi. 3. XX-asrning 70-yillarida inson va kasb hamkorligi muammolarining hal qiluvchi mehnat psixologiyasi va industrial psixologiyadagi vazifalarning paydo bo‘lishi, mehnat psixologiyasining bu sohasi profpsixologiya yoki kasbiy psixologiya deb nomlana boshladi. Kasbiy psixologiya doirasida kasbiy maslahat, kasb tanlash, va kasbshunoslik bo‘yicha tadqiqotlar birlashtirilgan. Mustaqil ilmiy fan sifatida kasbiy psixologiya yuzaga keldi va bu AQShlik olimlar J.Kritets va D.Super ishlarida ko‘zga tashlangan. Ammo chet el tajribasi asosida to‘plangan ma’lumotlardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalanish imkoniyati bo‘lmaydi. O‘ziga xos ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar va ijtimoiy madaniy an’analar yurtimizda o‘zimizga, millatimizga xos milliy kasbiy psixologiyaning rivojlanishiga sabab bo‘lmoqda. Kasbiy psixologiyaga taxminan XX-asrdan boshlab asos solinib kelingan. Bunga ko‘proq insonlarni o‘z qobiliyatlari, ehtiyojlari, hohish, istaklari, imkoniyatlari, individual xususiyatlari va hokazolarni hisobga olmagan tarzda kasblar olami haqidagi bilimlarga ega bo‘lmaganliklari natijasida qaysidir ma’noda ongsiz ravishda kasb tanlashlariga sabab bo‘lgan. Biroq keyinchalik rus psixologi Ye.A. Klimov o‘z tadqiqot ishlarida aynan shu masalaga, ya’ni “kasb tanlash”, “kasbga yo‘naltirish” kabi masalalarga e’tiborini qaratib, bu borada tadqiqot ishini olib borgan. Xususan, misol sifatida Differensial diagnostik so‘rovnoma (DDS) metodikasini ishlab chiqqan. Ye.A.Klimovdan tashqari ham ko‘p chet el olimlari bu masala bo‘yicha ish olib borganlar. Asta-sekin jamiyatda kasb tanlashga nisbatan ongli yondoshishlar kuzatila boshlandi. Ya’ni ularning barchasi kasbiy psixologiyaning shakllanishiga olib keladi. Download 13.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling