Kasbiy psixologiyning predmeti va vazifalari
Allomalar kasbiy etuklik va ustoz-shogirdlik mas’uliyatlari haqida
Download 35.69 Kb.
|
1 2
Bog'liqKASBIY PSIXOLOGIYNING PREDMETI VA VAZIFALARI
1.2. Allomalar kasbiy etuklik va ustoz-shogirdlik mas’uliyatlari haqida.
Ajdodlarimiz, Sharq va G‘arb donishmandlari ustozlarga doim katta ishonch va e’tiqod bilan qarashgan, ularni e’zozlashgan, har bir so‘zini xikmat deb qabul qilib, unga amal qilishgan. Masalan, Abdurahmon Jomiy o‘z shogirdlariga shunday o‘git bergan: Eng zarur bilimni qunt bilan o‘rgan, Zarur bo‘lmaganin axtarib yurma. Zarurini hosil qilgandan keyin, Unga amal qilmay umr o‘tkazma. Yoshlarni kasbga yo‘naltirishda jamiyat taraqqiyoti omili ekanligidan kelib chiqqan Sharq mutafakkirlarining qarashlari alohida qimmatga ega. Jumladan, Abu Nasr Forobiy (870-980) psixologiya fanining o‘ziga xos amaliyotchisi va nazariyotchisi sifatida shaxsning oqil, dono va hunarli bo‘lishi haqida qator ilmiy risolalar yozib qoldirgan allomadir. chunonchi, u «Fozil odamlar shahri» nomli asarida davlatni har tomonlama etuk, eng mukammal insoniy fazilatlarni o‘zida jo qilgan kishilar yordamida idora etish masalasiga jiddiy e’tibor qaratgandir. Ularning mulohazalariga ko‘ra har qaysi sohaning mahoratli kasb egasigina istiqbol rejasiga, ijtimoiy kutilmasiga erisha oladi, xolos.2 Buyuk qomusiy olim Abu Ali Ibn Sino (980-1037) bola shaxsining turli-tumanligini hisobga olgan holda uni shakllantirish masalasini ko‘targan. Uning «Donishnoma», «Risolai ishq», «Uy xo‘jaligi», «Tib qonunlari» kabi qator asarlarida insondagi irodaviy sifatlar orqali kamolot istiqbollarini belgilab berishga xizmat qiladi, degan g‘oya yotadi.3 Abu Rayhon Beruniyning (973-1048) inson omilini tadqiq qilishdagi ijtimoiy-psixologik qarashlari bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Ayniqsa, olimning «Minerologiya» asarida ta’kidlanganidek, insonning qadr-qimmati o‘z vazifasini a’lo darajada bajarishdan iboratdir. Shuning uchun ham shaxsning eng asosiy vazifasi va ijtimoiy turmushdagi o‘rni mehnat yoxud uning kasbi bilan belgilanadi. Zero, inson o‘z xohishiga mehnati mahsuli va uning sifati bilan erishadi. Lekin bu yo‘nalishda uzluksiz izlanishlar olib borilishi tufayli ijtimoiy turmushda shaxs o‘z izini qoldiradi, xolos.4 XI asrning donishmandi Mahmud Qoshg‘ariy o‘zining «Devonu lug‘ati turk» asari orqali har bir insonni oqilu dono bo‘lishga, aql-zakovat bilan ish qilishga, jamiyat uchun foydali biror kasb-hunar bilan muntazam ravishda shug‘ullanishga da’vat etadi. Mazkur asarda kasbga qo‘yiladigan talablar insonning individual xususiyatlariga mos tushishi g‘oyasi yotadi. Buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiyning butun hayoti, faoliyati va ijodiyoti mehnat ahlini va kasb-hunarni yuksak darajada qadrlashga qaratilgandir. Navoiyning deyarli har bir asarida insonning kasb-hunar orqali qadr topishi va ulug‘lanishi tarannum etiladi. Jumladan: «Hunarni asrabon netkumdir, oxir, Olib tufroqqamu ketkumdir, oxir», deganida Alisher Navoiy kasbning naqadar e’zozli va qimmatli ekanini qayta-qayta ta’kidlab o‘tadi. Kasbiy yaroqlilik, moyillik masalalari ham uning asarlarida mujassamlashgandir.5 Ma’rifatparvar pedagog Abdulla Avloniy ham o‘zining «Turkiy guliston yoxud axloq» asari orqali barkamol shaxsning ko‘p qirrali bilimlarga ega bo‘lishi, yaxshi kasb-korning sirlarini egallashi, bir tomondan ijtimoiy muhit va oilaviy sharoitga bog‘liq bo‘lsa, ikkinchi tomondan bola shaxsidagi g‘ayrat-shijoatga, xohish, intilish va iqtidor kurtaklarining namoyon etilishi haqida o‘zining ilmiy pedagogik mulohazalarini bayon etadi. Shuningdek, kasb egallashning bosqichlari va ularga qo‘yiladigan talablarning o‘zaro uyg‘unlashuvi muammolari tahlil qilingan.6 Xo‘sh, shogirdan nima talab qilinadi? Barcha allomalar asarlarida shogird ustoziga chinakam e’tiqod qo‘yishi, hayotda unga o‘hshashga, undan o‘rnak olib, o‘zi ham shunday fazilatlar sohibi bo‘lishni niyat qilib yashashi kerakligi fikri ustuvor ta’kidlanadi. Yoshlik va shogirlik pallasi haqida fransuz olimi Jan – Jak Russo shunday yozgan: “Yoshlik – donolikni o‘rganadigan palla, keksalik esa uni qo‘llaydigan paytdir” deb, yoshlarni umrni mazmunli qilishga, bilim cho‘qqilarini egallashga chorlagan. Gersen ham “Mashg‘ulot ko‘nikmasi va aqliy kamolotning” asosi yoshlikda shakllanadi” deb yozgan edi. Yoshlik yaxshi shogird bo‘lish davri ekanligi hammaga ma’lum. shu bois yaxshi ustoz topish, undan bilim va malaka egallash fuqarolik mas’uliyatlaridan biridir. Abdurahmon Jomiyda ham bu xususda e’tiborli satrlari bor: Ustod, muallimsiz qolsa bir zamon, Nodonlikdan qora bo‘lardi jahon. O‘z mehnating bo‘lsin doim yo‘ldoshing, O‘zga minnatidan og‘ritma boshing. Kunlaring o‘tarkan terib dur hikmat, Kunlaring to‘liqdir bo‘lsa hur mehnat. Yusuf Xos Hojib esa, shogirddan talab qilinadigan tirishqoqlik, uquv, bilimning ahamiyati haqida shunday yozgan: “Uquv qayda bo‘lsa, ulug‘lik bo‘lur, Bilim kimda bo‘lsa, buyuklik bo‘lur”. Demak, insonni buyuklikka eltuvchi vosita bu bilimdir, uni egallash esa odamdan tinimsiz mehnat va uquvni talab qiladi. “O‘qish” bilan “uqish”ning farqiga borish zarur. Dangasalik, bepisandlik, beg‘amlik shogirdga xos bo‘lsa, undan hech qachon yaxshi mutaxassis, kasb egasi chiqmasligini o‘z vaqtida Konfutsiy ham ta’kidlagan: Chirigan yog‘ochga naqsh solib bo‘lmas. Devorni go‘ng bilan oqlab bo‘lmaydi, Beg‘am shogirdga ham behudadir pandu -nasihat. Demak, kasb, hunar, ustozlik va shogirlik, kasb mahorati hamisha barcha davrlar va barcha makonlarda qadrlanib kelingan. Har bir tafakkuri teran, aqli raso inson esa o‘zi tanlagan kasbida doimo mukammallikka intilgan, o‘z ustida ishlagan. Bu o‘z navbatida psixologiyani bilishni, kasbning psixologik xususiyatlarini va ikkinchi tomondan insonning kasbi munosabatidan paydo bo‘ladigan sifatlarini muttasil takomillashtirishni taqozo etgan. Biz shu o‘rinda moziyda ustoz shogirdlik masalalariga qanday yondashuvlar bo‘lganligiga alohida e’tibor qaratmoqchimiz. Zero, sharqda kasbli, hunarli bo‘lish har bir inson uchun farz amallari kabi muhim hisoblangan. Manbalarda keltirilishicha, Payg‘ambar Dovud alayhissalom - temirchilik, Arastudan keyingi ikkinchi muallim deya shuhrat topgan qomusiy olim Farobiy - bog‘bonchilik, shoir Sakkokiy - pichoqchilik, shoir Zavqiy esa mahsido‘zlik bilan tirikchilik o‘tkazishgan. Hoja Bahovuddin Naqshband ham hunarmandchilik bilan shug‘ullanganlar, Turkistonda birinchilardan bo‘lib, odamlarni hunar o‘rganishga va hunar bilan shug‘ullanishga chorlaganlar. U qalin ipakli mato-kimhob bilan tirikchilik qilar, shogirdlariga ham hunar o‘rgatar edi. Sa’diy Sheroziy hunarni hamma narsadan yuqori qo‘yadi. “Guliston” asarida bolalar tabiatini juda yaxshi bilgan va chuqur his qilgan holda, ularni yoshlikdan mehnat qilib, ilmu hunar orttirishga chaqiradi. SHoir ilmu hunar orttirish yo‘lida har qanday mashaqqat, og‘irliklardan qaytmaslik lozimligini qayta-qayta ta’kidlaydi. Axloqshunos olim Majid Havofiy hunarmandchilik to‘g‘risida bunday degan edi: “Kasb va hunarlarni e’zozla. Hunarmandchilikka ruju qo‘ygan xalqning hurmat va e’tibori oshadi”. Demak, Sharqning azaliy qadriyatlaridan biri hunarli bo‘lish va uni shogirdiga yoki farzandiga o‘rgatish bo‘lgan. Masalan, ota uchun ham musulmonchilikda uch narsa qarz sanalgan. Ulardan birinchisi - bolaning qo‘lini halollab, xatna qilishdir. Ikkinchisi - unga ilm berib, hunarli qilish, dunyoni tanitish. Uchinchidan - uylantirib, hovli-joy qurib, mustaqil hayotga yo‘llanma berishdir. Buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiy shogirdlik odobi haqida qanchalik ibratli fikr yuritsa, ustozlar uchun ham chinakam ustozlik o‘gitlarini bayon etganlar. Uning “Inson zebi ziynati, bilim va odobidir. Bularni shogirdlarga singdirgan ustozgina chinakam ustozdir”, - degan so‘zlarida insonning inson sifatida e’tirof etilishni ham ustoz zimmasidagi katta mas’uliyat ekanligini uqtirilgan. Shuni alohida ta’kidlash joizki, o‘zbek xalq amaliy san’ati qadimiyligi va boy madaniyati bilan butun dunyoga mashhurdir. Uning er usti va tuproq ostidagi qismi ulkan bir tarixiy muzeydir. Asrlar davomida orttirilgan madaniy va ma’naviy boyligimiz, xususan, o‘zbek milliy xalq amaliy bezak san’atining eng rivojlangan turlari: ganjchkorlik, naqqoshlik, yog‘och o‘ymakorlik, toshtaroshlik, suyak o‘ymakorligi, kandakorlik, pichoqchilik, zargarlik, kashtachilik, zardo‘zlik, gilamchilik kabilarning o‘ziga xos tomonlari, bajarish texnologiyasi, ustalarning haqiqiy nomlari, o‘ziga xos maktablari, yaratgan uslublari sho‘ro tuzimi vaqtida asta-sekin yo‘qolib ketish xavfi ostida qoldi. Bugungi kunda mustaqil mamlakatimizda xalqimizning asrlar bo‘yi yaratgan ijodiy mehnati natijasi bo‘lmish amaliy bezak san’atini ko‘z qorachig‘idek asrash, qadrlash, ulardan amaliy foydalanish, yoshlar estetik didini o‘stirish hamda yuksak madaniyatli kishilar qilib tarbiyalash uchun keng imkoniyatlar ochildi. Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Al Xorazmiy, Nizomiy Ganjaviy, Xisrav Dehlaviy, Alisher Navoiy, Kamoliddin Behzod, Zahiriddin Bobur kabi jahonga mashhur olim, shoir va musavvirlar betakror madaniyat durdonalari, xalq ustalari yaratgan nodir asarlar ruhida yoshlarni tarbiyalash, ustachilik sirlarini ularga meros qoldirishga chaqirganlar. Bobomiz Amir Temur hunar va ilm egalari, yirik mutaxassis olimlar yordamiga tayanib, matematika, geometriya, me’morlik, astronomiya, adabiyot, tilshunoslik, tarix, musiqa, tasviriy sanhat, xattotlik kabi sohalarni rivojlantirishga katta ahamiyat berdi. Amir Temur va temuriylar davrida xalq hunarmandchiligi, qolaversa, madaniyati yuksak darajada rivoj topdi. Temurning amri bilan turli mamlakatlardan ustalar, me’morlar olib kelinib, ajoyib takrorlanmas binolar qurildi va bog‘u rog‘lar barpo etildi. Olimlar xalq amaliy san’ati va madaniyati tarixiga murojaat qilar ekanlar, uning turli davrlarda o‘ziga xos tarzda rivojlanganligi va shunga mos tarzda ustalar maktabi mavjud bo‘lganligiga e’tibor berganlar. Masalan, S.S. G‘ulomov va S.S.Bulatovlarning yozishlaricha7, “XVIII asr oxiri - XIX asrlarda Qo‘qon, Farg‘ona, Buxoro kabi shaharlarda etuk xalq ustalari etishib chiqdi. Misgarlik, naqqoshlik, ganchkorlik, chilangarlik va boshqa sanoat turlari rivojlandi”. 1 Sh.Mirziyoev “Erkin va faravon demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz” –T.: “O‘zbekiston”, 2017. 3 Sh.Mirziyoev “Erkin va faravon demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz” –T.: “O‘zbekiston”, 2017. 2Abu Nasr Farobiy. Fozil odamlar shahri. – T.: Fan, 1993. – B. 171-177. 4 Ibn Sino. Falsafiy qissalar. – T.: O‘qituvchi. 1993. – 48. 3 4Beruniy A. Tanlangan asarlar. II tom. – T.: 1965. – 125 b. 5Islomov Z.M., Sirojiddinov SH.S., O‘sarova F.X. Buyuk allomalar ijodida ahillik va bag‘rikenglik g‘oyalari. – T.: JIDU, 2005. – B. 38-57 6 O‘sha manba. – B. 67-70. 7 G‘ulomov S.S., Bulatov S.S. Sharqona “ustoz-shogird” odobi.-T., 1997 Download 35.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling