Mavzu. Depressiya va suidsit


Download 43.48 Kb.
bet1/5
Sana22.11.2023
Hajmi43.48 Kb.
#1793868
  1   2   3   4   5
Bog'liq
DEPRESSIYA VA SUIDSIT


MAVZU. DEPRESSIYA VA SUIDSIT
Reja

  1. Depressiya haqida tushuncha.

  2. Depressiyaning hulq-atvorga ta'siri?

  3. Depressiyadan chiqish usullari

  4. SUIDSIT haqida tushuncha

  5. SUIDSIT holatidan chiqish usullari

  6. Xulosa



Tayanch tushunchalar Depressiya, belgilari, xotira, hulq-atvor


1.Depressiya haqida tushuncha

Amerikalik psixolog olim Jeykob Liberman: “Yigirma birinchi asr – rivojlangan texnologiya va ruhiy-asab kasalliklari davri” deya ta'kidlaganda ko'pchilik unga shubha bilan qarashgan. Bugun esa olimning naqadar haqligini barchamiz kuzatib turibmiz…


Xo'sh, Depressiya o'zi nima? Tibbiyotda depressiya kayfiyatning keskin pasayishi, fikrlar karaxtligi va har qanday harakatga bo'lgan intilishning yo'qolishi bilan kechuvchi kasallik deya ta'rif beriladi.
Keng tarqalgan kasallikmi?
Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti ma'lumotlariga ko'ra yer sharida depressiya bilan ro'yxatga olinganlar soni 200.000.000 ga yaqin. Biroq, aksariyat mutaxassislar fikricha, depressiya bilan kasallangan har 3 bemordan ikkitasi vrach nazoratida turmaydi. Boshqa bir mutaxassislar fikricha, depressiya bilan kasallanganlar sonini aniqlash mushkul. Chunki depressiya turli xil klinik ko'rinishda namoyon bo'lmoqda va hamma vaqt ham tashxis to'g'ri bo'lib chiqavermaydi. Buning ustiga depressiya bilan og'rigan bemorlarning hammasi ham mutaxassislarga murojaat qilavermaydi.
Kelib chiqish sabablari?
Depressiyaning asosiy kelib chiqish sabablari – bular o'tkir va surunkali ruhiy siqilishlar, ketma-ketma keluvchi muvaffaqiyasizliklar va uzoq davom etuvchi og'ir kasalliklardir. Tashqi salbiy omillar sababli rivojlangan depressiyaga “ekzogen” depressiya deb aytiladi. Hech qanday sababsiz rivojlanadigan depressiyaga “endogen” depressiya deyiladi. Endogen depressiyalar rivojlanishida nasliy omilning o'rni katta.
Niqoblangan depressiya nima?
Somatik simptomlar, ya'ni ichki a'zolar funksiyalari buzilishi bilan kechuvchi depressiyaga niqoblangan depressiya deb aytiladi. Nima uchun niqoblangan depressiya deyiladi? Chunki bemor depressiya bilan kasallangan bo'lsa-da, uning shikoyatlari xuddi boshqa kasalliklarni eslatadi, ya'ni “Migren”, “Yurak og'riqlari”, “Bo'g'im og'riqlari”, “Oshqozon-ichak kasalliklari”, “Teri-tanosil kasalliklari” va h.k. Bemorni tekshirayotgan vrach bemorning kayfiyati og'riqlar sababli tushgan deb o'ylaydi. Aslida bemorda niqoblangan depressiya rivojlangan bo'ladi. Bunday bemorga albatta psixolog yoki psixiatr kerak.
Kasallik belgilari?
Depressiyada ko'p kuzatiladigan asosiy ruhiy-hissiy buzilishlar – bular kayfiyatning tushib ketishi, umidsizlik, g'am-g'ussa, doimiy xavotir, yomon voqealarni kutib yashash, aybdorlik hissi yoki o'zini hadeb ayblayverish, qaysarlik, o'jarlik, o'z bilganidan qolmaslik, o'z hayotidan qoniqmaslik va o'zini kamsitish, atrofdagi voqealar va yaqinlariga qiziqishning yo'qolishidir. Depressiyaga chalingan odamlarning kayfiyati kun bo'yi o'zgarib turishi mumkin. Masalan, ertalab kayfiyati juda yaxshi bo'lsa, kechga yaqin uning kayfiyati umuman tushib ketadi. Ba'zi odamlarda buning teskarisi kuzatiladi.
Depressiyada bosh og'riq, bosh aylanishi, ensa va bo'yin sohasida og'riqlar, yurak sohasida og'riqlar, nafas yetishmasligi, ishtaha pasayishi, qabziyat, jinsiy zaiflik, hayz ko'rishning buzilishi, turli umumiy xolsizlik kabi belgilar ko'p kuzatiladi. Bosh og'riq – depressiyaning eng ko'p uchraydigan belgisidir. Demak, doimiy tarzda boshi og'riydigan bemorda depressiya bor-yo'qligini tekshirib ko'rish kerak. To'g'ri, aslida yuqoridagi belgilar boshqa xastalik sabablari bo'lishi ham mumkin ammo, baribir mutaxassisga uchragan ma'qul.


Download 43.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling