Kasbiy shakllanish jarayonida shaxs taraqqiyoti


Mavzu yuzasidan test savollari


Download 142 Kb.
bet5/6
Sana05.01.2022
Hajmi142 Kb.
#205186
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
kasbiy shakllanish jarayonida shaxs taraqqiyoti

Mavzu yuzasidan test savollari:

1. Jamoa so’zining ma’nosi nima?

A) omma, yig’ilma B) xalq, yig’in S) jamiyat, birlashma

2. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda faoliyatning asosan qaysi turi ustunlik qiladi?

A) o’yin, B) o’qish, S) mehnat

Masala:

Sinf rahbari tarbiyasi qiyin bolaning ota-onasi bilan suhbat olib bormoqda.

O’quvchi kqp vaqtlarda maktabga darslarni tayyorlamasdan keladi, qo’pol, o’yinqaroq. Maktab intizomini mensimaydi. Masalan, dars paytida maktab oshxonasida yuradi. So’ramasdan darslardan ketib qoladi. Chorak oxirida reyting kundaligi haftada almashadi, baholari past chiqayapti.

Uning otasi fan doktori, professor, rahbar, onasi vrach. Pedagogning gaplariga quyidagicha javob beradi:

-Tushunsangizchi, biz Davlat ishlari bilan juda band odamlarmiz. Mening ishim juda ham mas’uliyatli ish! O’g`lim bilan shug`ullanishga mening hech vaqtim yo’q. Onasini ham ishlari ko’p: Biz maktabga yuborayapmiz. Maktab uchun kerakli narsalarni olib beryapmiz, maktab vaqtiga sizlar javob berasiz, tarbiyalaysizlar! Bu sizni vazifangiz emasmi?

Pedagog, oila bilan maktab hamkorlikda ish olib borsagina tarbiya samara berishi mumkinligini uqtirganda, u yana e’tiroz bildirdi:

-Nima ish qilish kerak bo’lsa, oilaga bog`liq bo’lgan ishlarning hammasini qilayapman. Uyda kompyuter bor, internetga ulab qo’ydim, kutubxonamiz mavjud, ingliz tili, rus tillaridagi o’quv kassetalar kollektsiyasi bor.

Ota tarbiyadagi o’z ishtirokiga oid elementlarni uzoq sanadi. Bularni eng asosiy deb hisobladi, ammo o’g`lining xulqi haqidagi sinf rahbari tomonidan bildirilayotgan tashvishli signalga e’tibor qilmadi.

1. Vaziyatni tahlil qiling. Sinf rahbarining va ota-onaning bolaga nisbatan munosabatini baxolang.

2. Siz bu voqeaga qanday munosabatda bo’lar edingiz?



3. Sizni o’quvchilaringiz orasida shunday ota-onalar bo’lsa, qanday yo’l tutardingiz?


Download 142 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling