«keys-stadi» Muammoli vaziyatlar
Download 15.59 Kb.
|
1.Keys stadi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vaziyatning kеlib chiqish sabablar
- Vaziyatni yechish yo`llari va menining harakatlaringiz hamda fikrlarim.
«KEYS-STADI» Muammoli vaziyatlar: Sinf rahbari tarbiyasi qiyin bolaning ota-onasi bilan suhbat olib bormoqda. O‘quvchi ko‘p vaqtlarda maktabga darslarni tayyorlamasdan keladi, qo‘pol, o‘yinqoroq. Maktab intizomini mensimaydi. Masalan, dars paytida maktab oshxonasida yuradi. So‘rmasdan darslardan ketib qoladi. Chorak oxirida reyting kundaligi haftada almashadi, baholari past chiqiyapti. Uning otasi fan doktori, professor, rahbar, onasi vrach. Pedagogning gaplariga quyidagicha javob beradi: -Tushunsangizchi, biz Davlat ishlari bilan juda band odamlarmiz. Mening ishim juda ham mas’uliyatli ish! O‘g‘lim bilan shug‘ullanishga mening hech vaqtim yo‘q. Onasining ham ishlari ko‘p. Biz maktabga yuborayapmiz. Maktab uchun kerakli narsalarni olib berayapmiz, maktab vaqtiga sizlar javob berasiz, tarbiyalaysizlar ! Bu sizning vazifangiz emasmi? Pedagog, oila bilan maktab hamkorligida ish olib borsagina tarbiya samara berishi mumkinligini uqtirganda, u yana e’tiroz bildirdi: Nima ish qilish kerak bo‘lsa, oilaga bo‘g‘liq bo‘lgan ishlarning hammasini qilyapman. Uyda kompyuter bor, internetga ulab qo‘ydim, kutubxonamiz mavjud, ingiliz tili, rus-tillaridagi o‘quv kassetalar kolleksiyasi bor. Ota tarbiyadagi o‘z ishtirokiga oid elementlarni uzoq sanadi. Bularni eng asosiy deb hisobladi, ammo o‘g‘lining xulqi haqidagi sinf rahbari tomonidan bildirilayotgan tashvishli xabarga e’tibor qilmadi. Vaziyatning kеlib chiqish sabablar O’quvchining tarbiyasi qiyin o’quvchiga aylanishi O’quvchini tarbiyasi bilan vaqtida shug’ullanmaganlik Ota-onaning farzandi tarbiyasiga befarqligi , o’z mas’liyatli vazifasini bajarmasligi Ota-ona bolasiga e’tiborsizligi Bolaning oilaviy muhitda nazoratsiz qolganligi Bolaning o’qishga qiziqishining yo’qligi Bola qiziqadigan fanlarga e’tiborini oshirish O’qituvchining o’quvchi bilan hamkorlikni tashkil qila olmaganligi Bolaning psixologik holatlariga e’tibor bermaslik. Vaziyatni yechish yo`llari va menining harakatlaringiz hamda fikrlarim. Keltirilgan vaziyatlarni ko’rib chiqib, umumiy yechim va xulosalarimni berib o’tmoqchiman. O’qituvchilar o’quvchilarning psixologik holatlarini e’tiborga olishi kerak.Hamda ularga milliy tarbiya yunishlarini targ’ib qilish. Tarbiya jarayonini to’g’ri tashkil qilish kerak. Ota-onaning majburiyatlarini to’g’ri tushuntirish lozim. Bola qiziqadigan fanlarga e’tiborini oshirish. Yoshlar bilan doimiy ravishda shug’ullanib boorish. Farzand tarbiyasida ota-ona va maktab jamoasining o‘rni atrofdagilarga to’g’ri tushuntirish. O’smirlar bilan psixologik ishlar olib borish. Huquqbuzarlik holatlarini sodir etishga moyil o‘smirlarni vaqtida aniqlash, tegishli choralar ko’rish. O’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalari mustahkamlanadi. Tarbiyaviy ishlarni tashkil qilishda maktab, oila, maxalla hamkorliklarini mazmun mohiyatini tushunadilar, natijada nazariya amaliyot bilan bog’lanadi. O’quvchilarda pedagogik muloqat madaniyati, pedagogik odob, milliy tarbiya, ma’naviy ahloq, milliy ta’lim tarbiya tushunchalarini o`qituvchining obro`si va uni shakllanishiga ta`sir qiluvchi omillar,o`quvchi kelajagi uchun ma`suliyat,uning shaxsini xurmat qilish,ta`lim jarayonida insonparvarlik, o`quvchi shaxsini shakllantiradi ijobiylikka tayanish kabi tushunchalar tarkib topadi deb o’yliman! Download 15.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling