Kasbiy shakllanish turlari
Kasbiy jihatdan o‘zini anglash
Download 1.69 Mb.
|
kasbiy rivojlan
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kasblar tasniflari
Kasbiy jihatdan o‘zini anglash
Insonning kasbni psixologik imkoniyatlarini kasbiy faoliyat mazmuni va talablari bilan bo‘lgan jihatlarini mustaqil anglab olishi, shuningdek ma'lum ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatda bajariladigan ishidan ma'no topishi Professionalizatsiya destruksiyalari. Professionalizatsiya jarayonidagi miqdor va sifat o‘zgarishlar, shaxsning rivojlanishi va deformatsiyasi bilan kuzatiladi. Kasbiy o‘zini-o‘zi faollashtirish shaxsning kuchini faollashtirish yo‘li bilan kasbiy rivojlanishni tezlashtirish, normadan ortiq kasbiy faoliyatni namoyon etish, shuningdek turli xil psixotexnologiyalarda qatnashish va boshqalar. Mehnat psixologiyasi-inson psixik faoliyatining takomillashishi va qonuniyatlarini o‘rganuvchi psixologiya sohasi bo‘lib, u mehnat jarayonida shaxsdagi jarayon, holatlar va xususiyatlarni o‘rganadi. Mehnat psixologiyasi vazifalariga psixologiyaning mehnat faoliyatini psixologik muammolarini, mehnat unumdorligini orttirishning psixologik shart-sharoitlari, mehnat va dam olish rejimi, mehnat turlarini psixologik tahlil qilish, kadrlarni ularning individual psixologik xususiyatlariga qarab tanlash hamda joy-joyiga qo‘yish, ishlab chiqarish avariyasi va travmasining psixologik sabablari kabi masalalar kiradi. Mehnat psixologiyasining muhim vazifalaridan biri, mehnat sharoitlari, vositalari va mazmunini tahlil qilishdan iborat. Ishlab chiqarishdagi turli nuqsonlarni, layoqat va charchoqni diagnostika qilish orqali optimallashuv tajribasini aniqlashga katta e'tibor beriladi. Ammo tadqiqotchilar diqqat markazida asosan mehnatning ijrochilik operatsion aspektlari, uning psixofiziologik tavsiflari turadi. Mehnat psixologiyasining asosiy muammosi bu insonning mehnat qurollariga, vositalariga, jarayon va sharoitlarga ko‘nikishidir. Bunda kishining mehnat faoliyatiga moslashuvi psixologik va fiziologik usullar asosida o‘rganilgan. Kasblar tasniflari: Muhandislik psixologiyasi - inson va texnik tuzilmalar o‘rtasidagi informatsion aloqa vositalari va jarayonlarini o‘rganuvchi psixologiya tarmog‘idir. Muhandislik psixologiyasi psixologiyaning texnik moslamalar bilan uni boshqaruvchi kishilar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanishi hamda o‘zaro ta'sirini tekshirish bilan shug‘ullanuvchi maxsus sohasi. Muhandislik psixologiyasining ilmiy vazifasi optimal konstruksiyalarni psixofiziologik jihatdan asoslash va mehnat unumdorligini orttiruvchi psixikani loyihalashda mutaxassis injenerlarga bevosita yordam berishdan iboratdir. Yosh davrlar psixologiyasi - ontogenezda shaxs tug‘ilganligidan to umrining oxirigacha shaxsda kechadigan psixik rivojlanish va shakllanish bosqichlarini o‘rganuvchi psixologiya tarmog‘i. Yosh psixologiyasi psixologiyaning turli yosh - bolalik, o‘smirlik, o‘spirinlik va boshqa bosqichlaridagi psixik rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganuvchi maxsus sohasi. Pedagogik psixologiya - shaxsga ta'lim-tarbiya berishning qonuniyatlari va muammolarini o‘rganuvchi psixologiya sohasi. Pedagogik psixologiya psixologiyaning yosh avlodga ta'lim va tarbiya berishning psixologik muammolarini o‘rganuvchi maxsus sohasi. Pedagogik psixologiya pedagogikaning ilmiy asoslaridan biri bo‘lib, pedagogika nazariyasi va amaliyotini tashkil qilish uchun zarur bo‘lgan psixologiyaga oid fakt hamda qonuniyatlarni aniqlaydi. Mehnat psixologiyasi va kasb psixologiyasi predmetlarini farqini alohida ta'kidlash lozim. E.A.Klimov, mehnat psixologiyasiga quyidagicha tavsif beradi: mehnat psixologiyasi fan sifatida bu insonning sub'ekt sifatida faoliyat ko‘rsatishi va shakllanishi sohasidagi vazifalarni yechish usullari, yo‘llari va sharoitlarini o‘rganuvchi psixologiya yo‘nalishidir. Kasb psixologiyasi shaxsning kasbiy jihatdan shakllanishini o‘rganadi. Bunda shaxs rivojlanishi kasbiy shakllanishi sifatida ko‘rib chiqiladi. Kasb psixologiyasi-mehnat psixologiyasining kasblarni psixologik komponentlarini yoki muayyan kasbda ishlovchilarga nisbatan qo‘yiladigan psixologik talablarni o‘rganish hamda ilmiy tahlil qilish bilan shug‘ullanuvchi bo‘limidan iborat. Mutaxassislikning turli ijtimoiy - madaniy va ijtimoiy-iqtisodiy qarashlarida kasbiy xulq muhim ahamiyatga ega. Shaxsning psixomotor motivatsion va kognitiv sifatlariga e'tibor berilgan holda kasbiy yutuqlarga asosiy e'tibor qaratiladi. Inson va uning kasbi o‘rtasidagi, shuningdek, kasbiy vazifasi va kasblar olami tuzilmasi o‘rtasidagi munosabatlar tahlil qilinadi. Kasb psixologiyasi inson uchun kasbiy faoliyatning ahamiyatini o‘rganib, shaxsning kasbiy shakllanishini tadqiq etadi, shuningdek, yoshlikda kasbiy tasavvurlarni rivojlanishini, kasbiy yetuklik determenantalarini ayniqsa, kasbga kirishish va uning hayotga bo‘lgan ta'sirini o‘rganadi. Kasb psixologiyasining muhim aspektlari - bu kasbiy faoliyatning tahlili, kasbiy maqsadlar, vaziyatlar, qiyinchiliklarini o‘rganishi, kasbiy talablarni aniqlashdan iborat. Kasb psixologiyasi predmetining ta'rifiga asoslanib, uning quyidagi vazifalarini ajratib ko‘rsatish maqsadga muvofiq: Shaxsning kasbiy shakllanishi asosiy tushunchalari va tadqiqot tamoyillarini, o‘zining faoliyatiga tegishli uslublarini asoslash; Kasb psixologiyasi predmetiga mos bo‘lgan tadqiqot uslullarini ishlab chiqish va o‘ziga xos uslublarini tuzish; Kasblarning tavsifiy tuzilmasini psixologik tahlil qilish, kasblarni proektlash uslublari va tamoyillarini ishlab chiqish; Shaxsning kasbiy shakllanishi qonuniyatlari va psixologik mexanizmlarini tadqiq etish. Bu jarayon dinamikasini determinantlovchi omillarni aniqlash, kasbiy shakllanishdagi inqirozlarni tahlil etish; Mutaxassislikning kasbiy desturuksiyalarini, ya'ni shaxsning deformatsiyasi, kasbiy faoliyatga bo‘lgan layoqatini pasayishi va boshqalar; Shaxsning kasbiy rivojlanish monitoringni yuritish, bu borada psixodiagnostik vositalarni ishlab chiqish hamda mutaxassislarni attestatsiyadan o‘tkazish; Shaxsning kasbiy shakllanishiga psixologik yordam hamda insonning kasbiy hayoti davomida yordam berish, qo‘llab-quvvatlash; Kasbiy maslahat, kasbiy ma'lumotning shaxsiy rivojlantiruvchi psixologik jihatlari, attestatsiyadan o‘tkazish, kasbiy rivojlanish psixotexnikasi, kasbiy korreksiya va reabilitatsiya, kasbdan ketishga psixologik tayyorgarlik borasidagi bilimlar bilan qurollantirishdan iborat. Kasb psixologiyasining metodologik asosi - bu shaxsning kasbiy shakllanish konsepsiyasidir. Mazkur konsepsiyaning asosiy mohiyati shundaki, kasb tanlash jarayonida shaxs miqdor va sifat jihatidan rivojlanib boradi, ya'ni ular o‘z yo‘nalishini boyitib boradi, shu orqali tajriba va salohiyat shakllanadi. Kasbiy shakllanish jarayonida inqirozlar, to‘qnashuvlar, destruktiv o‘zgarishlar bo‘lib o‘tishi mumkin. Bu jarayonning tezligi biologik va ijtimoiy omillarga, shuningdek tasodifiy holatlarga, hayotiy muhim kasbiy voqyealarga bog‘liq bo‘ladi. Kasbiy shakllanish - bu shaxs rivojlanishining katta bir qismini o‘z ichiga olib, u kasbiy maqsadlarning tarkib topishidan boshlab, kasbiy hayotning tugallangungacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Bu geteroxron jarayondan optatsiya, ya'ni kasbiy ta'lim va tayyorgarlik, profadaptatsiya, professionalizm hamda mahorat bosqichlarini ajratish mumkin. Kasb psixologiyasining asosiy konseptual qoidalari quyidagi jadvalda aks ettirilgan. Download 1.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling