Kasbiy ta‟lim fakulteti mehnat ta‟limi va chizmachilik kafedrasi
Sut shakari, slit kislotali, spirtli, priopion kislotali
Download 1.01 Mb. Pdf ko'rish
|
sut bo'cha
Sut shakari, slit kislotali, spirtli, priopion kislotali achishlar natijasida sut kislotasi, spirt,
karbonat angidrid gazi, mov va limon kislotalarini hosil qiladi. Ulardan achitilgan sut mahsulotlari ishlab chiqarishda keng foydalaniladi. Mineral moddalar sutda organik va noorganik kislotalarning tuzlari holida uchraydi. Sutda kul miqdori o'rtacha 0,7 %dan iborat. Mineral moddalar sutda tez hazm bo`ladigan tuzlar holatida bo'lib, shulardan eng asosiylari kalsiy hamda fosfor tuzlari hisoblanadi. Umuman sut tarkibida saksonga yaqin makro va mikroelementlar borligi aniqlangan. Sutdagi asosiy mikroelementlar marganes, mis, temir, kobalt, yod, rux, kumush, nikel, vannadiy va boshqalar. Yangi sog'ib olingan sut tarkibida turli xil fermentlar va immunitet moddalar mavjud. Shu sababli sut sog'ib olingandan keyin 3-5 soat mobaynida bakteriyalarning rivojlanishiga to'sqinlik qiladigan (bakteritsid) xususiyatga ega bo'ladi. Bakteritsidlik xususiyatiga ega bo`lish davri tugagandan keyin, sutda bakteriyalar hech qanday qarshiliksiz rivoj topib, bu jarayon sutning tez buzilishini keltirib chiqaradi. Sutning asosiy fermentlariga lipaza, fosfataza, proteaza, peroksidaza, katalaza va reduktazalar kiradi. Sutning tarkibida hozirgi kunda ma'lum bo'lgan vitaminlarning hamma turlarini uchratish mumkin. Lekin ularning ba'zi birlari sutda kam miqdorni tashkil etganligi uchun, ular katta ahamiyat kasb etmaydi. Dalada haydab boqilgan mollarning sutida qo'lda boqilgan mollarning sutiga qaraganda vitaminlar miqdori birmuncha ko'proq. Sut tarkibida uchraydigan suvda eruvchi vitaminlar B„ B 2 , B 3 , B 6 , C, PP, yog'da eruvchi vitaminlar esa A, D, E va karotin hisoblanadi. Shuningdek, sutda ichki sekretsiya bezlari chiqaradigan gormonlar, rang beruvchi moddalar (karotin, xlorofill, ksantofill), organik kislotalar va karbonat angidrid, kislorod, azot gazlari bo‗ladi. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling