korpuslarining tebranishlari (titrashi) majburiy tebranishlardir.
Korxonalarda titrashni ham iloji boricha kamaytirish chora-tadbirlari ko’riladi. Shovqinni
kamaytirish uchun mashinalaming aylanuvchi qismlari o'z vaqtida yog'lab, rezinali detallarga
almashtiriladi. Titrash va shovqinning oldini olish uchun mashina va uskunalaming pol sathiga
to'g'ri joylashishi hisobga olinadi. Ulaming biriktiruvchi qismlari o'zaro yaxshi biriktiriladi.
Titrash deb, nuqta yoki mexanik tizimning hech bo'lmaganda bitta koordinata bo'ylab vaqt
birligida navbatma-navbat ortib yoki kamayib turishiga aytiladi. (GOST 24346-80) Titrash mashina
va mexanizm qismlaridagi kuchlaming nomuvofiqlik harakati natijasida kelib chiqadi. Bunga
mexanizmlaming chiziqli harakatini aylanma harakatga aylantirishdagi krivoship-shatun
mexanizmlarining harakati, stanoklaming silliqlovchi va qirquvchi qismlarida sodir bo'ladigan
titrashlar misol bo'ladi. Umuman mexanizmlarda muvozanatning buzilishi titrashni kelib chiqishiga
sabab bo'ladi. Titrashning inson organizmiga ta’siri asosan uning mexanizmda kelib chiqishida ta'sir
ko'rsatuvchi kuchlar bilan uzviy bog'liq. Bunda ta'sir ko'rsatuvchi va titrash hosil qiluvchi kuchlar
butun tizimiga yoki uning bir bo'lagiga ta’sir qilish mumkin. Sinusondal qonuniyat asosida hosil
bo’layotgan titrashning birliklari sifatida, titrash amplitudasi Xm, titrash tezligi Vm, titrash tezlanishi
Q, titrash davri T va titrash chastotasi bilan tavsiflanadi. Titrash parametrlarining absolyut qiymatlari
juda keng chegarada o'lchanganligi ilmiy tekshirish ishlarida titrashning logorifmik darajasi
Do'stlaringiz bilan baham: |