“kasbiy ta’lim” kafedrasi


Yelimsimon  not’oqima  tasmalardan  foydalanish


Download 1.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana14.12.2020
Hajmi1.28 Mb.
#166340
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
khk da xotin -qizlar milliy koylaklarini tikish


Yelimsimon  not’oqima  tasmalardan  foydalanish.  Xozirda  do’konlarda  yelimsimon, 

o’rgimchak  uyasiga  o’xshash  rulonli  tasmalar  ko’p  uchraydi.  Ularni  qayerlarda  qo’llash 

mumkin?  Ushbu  yelimsimon  tasmalarni  ayniqsa  elastikli  gazlamalardan  kiyim  tikishda  kiyim 

etagini  qayirib  tikishda,  yeng  uchini  qayirib  tikishda  mashina  chok  o’rnida  ishlatish  mumkin. 

Agar mashinada qayirib tikilganda kiyim o’ngida chok o’rni qo’pol ko’rinishi mumkin. Yelimli 

tasma bilan yopishtirib bukilganda chok borligi bilinmaydi. Yeng yoki etak uchlari tekis bukilib, 

kiyim cho’zilganda ham chok sitilib yoki so’qilib ketmaydi. 

Undan tashqari yelimli tasmalardan milliy ko’ylak old va ort bo’lak koketkalariga avra va 

astar detallarini qo’lda ko’klash jarayonini yengillatish maqsadida ham qo’llash mumkin.  


 

15 


Yelimsimon  noto’qima  tasmalardan  foydalanishda  qo’yidagi  qoidalarga  rioya  qilish 

zarur: 


Tasma ikki detalni o’rtasiga qo’yilib sal namlanadi va dazmolmato ustidan dazmollanadi. 

Dazmollash jarayonida dazmol harakatda bo’lmasdan toki namlik ketgunga qadar ushlab turiladi, 

undan  so’ng  boshqa  uchastka  dazmollab  yopishtiriladi.  Agar  dazmolni  harakatlantirib 

dazmollansa  tasma  surilib  ayrim  joylaridan  qochishi  mimkin,  yoki  yelimsimon  tasma  uzilib 

o’sha joy yopishtirilmay qolishi mumkin. 

 

 

 

 

 

9-rasm. Yelimli noto’qima tasma bilan kiyim etagi va yeng uchiga ishlov berish. 

 

 

Lekin  yelimsimon  tasmadan  xohlagan  joylarda  foydalanib  bo’lmaydi.  Masalan,  paxta 



tolali gazlamadan tikilgan milliy ko’ylak etak va yeng uchlari faqat qaytarma chokli bahya bilan 

qayirib tikilishi lozim.  



Yelimli  flezilindan  foydalanish.  Ayrim  milliy  ko’ylaklar  juda  yumshoq,  elastik 

xususiyatli  gazlamalardan  tiqiladi.  Milliy  ko’ylaklarni  koketkalari  tik  tursa  gavdada  ghiroyli 

chiqadi.  Shuning  uchun  yumshoq  gazlamadan  kiyim  tikishda  koketka  astariga  qo’shimcha 

material  yopishtiriladi  yoki  qattiq  astar  tanlanadi.  Yumshoq  gazlamalardan  tikilganda  yelimli 

flezilindan  koketka  astariga  bir  qavat  yopishtisish  lozim.  Flezilin  gazlama  xususiyati  bilan 

uyg’unlashib ketadi. 



 

16 


Yelimli  flezilindan  foydalanishda  ham  ayrim  texnologiyalarga  e’tibor  berish  lozim. 

Flezilinni 

gazlamaga 

yopishtirish 

jarayonida 

dazmol 


yuzasini 

dazmolmato 

ustida 

haraqatlantirmasdan  kerakli  joylarda  ko’tarib  o’tqazish  lozim.  Chunki  flezilish  issiqlik  ta’sirida 



yumshaydi,  yelimi  eriydi,  agar  dazmol  gazlama  ustidan  susrib  yangi  yoyga  o’tkazilsa 

yopishtirilgan yuza dazmol bilan birga suriladi. Shuning uchun yelimlangandan so’ng dazmolni 

surib o’tqazish mumkin emas. 

Yelimli flezilin yoki yelimli tasma ishlatilganda dazmol albatta dazmolmati yoki maxsus 

qog’oz  yordamida  dazmollanishi  shart.  Aks  holda  dazmolni  yuzasiga  yelim  yopishib  qolib 

dazmollah jarayoni qiyinlashadi.  



Tukli matolardan kiyim tikishni o’ziga xos xususiyatlari.  

Tukli  gazlamalardan  kiyim  tikishda  ham  ayrim  qonuniyatlarga  e’tiborni  qaratish  lozim. 

Tukli  matolardan  kiyim  tikish    oddiy  matolardan  kiyim  tikishdan  tubdan  farq  qiladi.  Tukli 

matolar  bilan  ishlashda  e’tiborliroq  bo’lish  lozim.  Ayrim  tukli  matolar  dazmollash  jaroyonida 

tuki bosilib o’sha joy yaltirab qoladi va kiyim sifati buziladi. Bunday matolardan kiyim tikishda, 

ayniqsa dazmollash jarayonida mayday-mayda temir tishli tasmalardan foydalanish lozim. Kiyim 

pastki  tomoniga  tishli  tasma  qo’yiladi  va  dazmollanadiigan  qirqim  ehtiyotlik  bilan  amalgam 

oshiriladi.  Tukli  matoni  tuklari  tishli  tasma  orasiga  kirib,  qayrilmaydi,  dazmollash  jarayoni 

tugaganda  gazlamani  tuklari  avvalgi  xolatini  saqlaydi.  Shunday  xollarda  ham  matoni  tuki 

yaltirab qolsa, qirqim cho’zib tiqiladi va qattiq qoqib qirqim dazmollanmasligi kerak bo’ladi. 

Tukli  gazlamalardan  kiyimtikishda  tiqiladigan  qirqim  chamalab  ilgaklar  yordamida  har 

joydan ildirib qo’yiladi, undan so’ng mashina chok yuritiladi. Tukli gazlamani ilgak ildirmasdan 

tikilsa  gazlama  tuklari  surilib  qirqim  tomonlari  uzun-kalta    bo’lib  qolishi  mumkin.  Oldinlari 

bunday  gazlamalarni  avval  qo’lda  ko’klab  keyin  tikib  chiqilardi.  Hozir  esa  tayyor  bir  tomoni 

to’mtoqlangan ilgaklarni bozorlarda ko’plab uchratish mumkin.  

Tukli  gazlamalar  ko’pincha  sitiluvcha  bo’ladi  bunday  gazlamalardan  kiyim  tikishda 

qirqimlari albatta yo’rmalanishi lozim. 

Tukli  gazlamalarni  bichish  jarayoni  ham  ancha  murakkab  jarayon  hisoblanadi.  Tukli 

gazlamalardan  kiyim  bichishda,  tuksiz  gazlamaga  nisbatan  ancha  ko’proq  gazlama  sarflanadi. 

Chunki andozlar gazlamaga faqat bir tomonlama joylashtiriladi. 



Milliy ko’ylaklar uchun bezak elementlarini tanlash. Bezak elementlari  juda  xilma  xil 

bo’lib ularni tanlashda nimalarga e’tiborni qaratish lozim. 

gazlama xususiyatlariga; 



gazlama rangi va gullariga; 

gazlama narxiga va gazlama bezaklariga; 



 

17 


kiyim turiga; 

kiyim kiliyilish joyi va kiyim egasini yoshi, tashqi ko’rinishiga; 



kiyim fasosiga 

Agar  milliy  ko’ylak  kundalik  ishlarga  mo’ljallangan  bo’lsa  kiyim  bezagi  unchalik 

sezilmaydigan,  ko’zga  tashlanmaydigan  bo’lishi  shart.  Masalan  tesmalar,  to’rlar,  jiyaklar  va 

xakozo.. 

Agar kiyim kechalik kiyim bo’lsa va gazlama qimmat narxli bo’lsa unda gazlamaga xoz 

besaklar tanlanadi. Gazlama rangi, gazlama gullarini rangi va shakli, gazlama bezaklari (toshlari, 

ko’zchalari, tesmalari) turiga qarab bezak gazlama tanlash lozim. Ayrim xollarda galamani o’zi 

bezaklarga  boy  bo’lsa  gazlama  bezaklarini  qirqim  joylardagi  bezaklari  ehtiyotlik  bilan  so’qilib 

uni  kerakli  joylarga  o’rnatish  mumkin.  Ayrim  boy  bezakli  gazlamlarga  ortiqcha  bezak  berilsa 

kiyim bachkanalashib ketadi. Unday xollarda bu kiyim kechalarda kiyilsa ham bezak elementlar 

qo’llanilmaydi. 

Milliy  kiyimlarga  toshli  bezaklardan  tanlashda  toshni  rangi  ham  gazlama  rangi  yoki 

gazlama  gullarini  ko’p  takrorlanadigan  gangiga  mos  ravishda  tanlanadi.  Aks  xolda  kiyimga 

bezak ko’rk berish o’rniga uni sifatini buzadi. 

Demak kiyimni qanchalik sifatli tikkan bilan uni bezaklarini, kiyim elementlarini to’g’ri 

tanlanmasa,  tanlangan  elementlardan  to’g’ri  foydalanilmasa  kiyim  sifatli  ciqmaydi.  Shuning 

uchun  biz  yuqorida  bergab  tavsiyalarga  amal  qilinsa  kiyim  sifatiga  kafolat  berish  mumkin 

bo’ladi. 

 

II.  KHK  da  “Xotin-qizlar  milliy  ko‘ylaklarini  tikish”  mavzusidagi  amaliy 

mashg‘ulot  loyihasi 

 

2.1.  O‘zbek  kiyimlari    tarixini  o‘rgatish  jarayonida  talabalarni  milliy  qadriyatlar 

ruhida tarbiyalash 

 

Kiyim-kechaklar  har  bir  xalq  tarixi  bilan  uzbiy  bog‘liq  bo‘lib,  moddiy-madaniy 

yodgorliklar  ichida  xalqlarning  milliy  o‘ziga  xosligini  aks  ettirib,  etnik  belgilari  bilan  ajralib 

turadi. 


Kiyimlarda  el-elat  tarixiga  borib  taqaladigan    an’analar,  urf-odatlar,  ijtimoiy 

munosabatlar, ma’rifiy, din ba estetik shakllarning ayrim unsurlari ifodalanadi. Jamiyat turmushi, 

iqtisodiyoti  ba  siyosatida  bo‘layotgan  o‘zgarishlar  bilan  barabar  kiyim  shakllari  ham  o‘zgarib 

boradi, unda  xalqning  moddiy  ahboli,  kishilarning didi, go‘zallik to‘g‘risidagi  ideallari, xo‘jalik 



 

18 


yuritishning o‘ziga  xos  jihatlari  hamda  oilaviy turmushning  ba’zi  tomonlari  ham  ko‘zga  yaqqol 

tashlanadi. 

O‘zbek  milliy  kiyimining  ko‘p  asrli  boy  tarixi  bor.  Unda  xalqimizning  o‘tmishi,  iqlim 

sharoitimiz, turmush tarzimiz ko‘zguda aks etgandek ifoda topgan. Mahalliy urf-odatlar, ayniqsa, 

ayollar  kiyimida  yaqqol  seziladi.  Kiyimning  shakli,  bichimi,  ranglari  ba  bezaklariga  ko‘ra 

ayolning  qaysi  viloyatdan  ekanligi,  ijtimoiy  mavqei,  yoshi, oilaviy  ahvoli  to‘g‘risida  bilib  olish 

mumkin bo‘lgan.  

O‘zbek ayollari kiyimi ko‘ylak,  lozim,  mursak, to‘n, peshmat, kamzul  ba  nimchalardan 

ba  ko‘chalik  kiyim  –  paranji-chachbondan  iborat  bo‘lgan.  Bosh  kiyimlari  –  turli  usulda 

o‘raladigan ro‘mollar, oyoq kiyimlari esa maxsi-kabush bo‘lgan. 



Ko‘ylaklar -  to‘g‘ri   bichimli, keng  ba uzun, deyarli  yerga tegib  turadigan, etagi  biroz 

kengaygan, yenglari to‘g‘ri va uzun bo‘lgan.  Ayollar ko‘ylaklarining turlaridan biri «oldi ochiq 



ko‘ylak»  bo‘lib,  oldi  qismida  belgacha  to‘g‘ri  qirqimi  bo‘lgan.  Ko‘ylaklarning  oldidagi  tik 

kesimlar  maxsus  to‘qilgan  yoki  gazlamadan  ishlangan    bog‘ichlar  bilan  bog‘langan. 

Aytishlaricha bu odat Fotima onamizdan  meros bo‘lib, ular o‘g‘illari Hasan ba Husaynlar halok 

bo‘lishganida, ularning kiyimlaridan tasma  shaklida bo‘laklar  yirtib olib,  ko‘ylaklariga bog‘ich 

qilib olgan ekanlar. 

Qizlar  ba  yosh  bolalar  yoqa  o‘mizi  ko‘ndalang–  yelkadan  yelkagacha  qirqimli    ko‘ylak 

kiyishgan.  Bu  ko‘ylaklar  «kipti»,  «kiptakli  ko‘ylak»  deb  atalgan  (fors.  Kift  –  yelka).  Bunday 

ko‘ylak «mullacha ko‘ylak» deb ham atalgan, chunki uni ko‘pincha mullalar, eshonlar, madrasa 

talabalari ham kiyishgan.  

Qadimgi  to‘g‘ri  bichimli  ko‘ylaklar  yengining  tagiga  boshqa  rangdagi  gazlamadan 

to‘rtburchak  shaklida  «hishtak»lar  tikilgan.  Ba’zan  boshqa  rangdagi  hishtaklar  bolalar 

ko‘ylaklariga  ham  tikilgan,  bu  uzoq  kutilgan,  «tilab  olingan»  farzand  ma’nosini  bildirgan. 

Qadimda  yosh  ayollar  ba  kichkina  bolalar  ko‘ylaklarining  etaklari  bostirilmaganligi  kabi 

yuqoridagi irimga ham ilohiy ma’no berilgan.  

O‘zbeklarda  qizlarning  ko‘ylagi  nikoh  o‘qilgandan  so‘ng,  ota-onasi  uyida  ayollar 

ko‘ylagiga  almashtirilgan.  Kuyobning  uyiga  kelinni  yoqa  o‘mizi  tik  kesimli  ko‘ylakda  olib 

borishgan.  XIX  –  asrning    80-chi  yillarida  tik  yoqali  (no‘g‘ay  yoqa)  ko‘ylaklar  paydo  bo‘la 

boshlagan.  Ba’zan  bu  yoqalarni  «it  yoqa»  deb  ham  atashgan  (itlarning  bo‘yinbog‘iga 

o‘xshatilgan).  

1900-chi  yillarga  kelib  Toshkent  ayollari  orasida  oldi  koketkali,  ko’krak  qismi 

burmalangan,  «shapang  yoqa»  deb  atalgan  qaytarma  yoqali  «ko’krakburma      ko‘ylak»lar  keng 

tarqalgan.  Keksa  ablod  bu  urfga  yanada  ko‘proq  norozi  bo‘lgan.  SHunga  qaramay 



 

19 


«ko’krakburma  ko‘ylak»lar  asta-sekin   ommabiy  rabishda  qabul  qilina  boshlagan  ba  an’anabiy 

to‘g‘ri bichimli, tik yoqali ko‘ylaklar qatorida o‘zbek milliy ko‘ylagi sifatida hozirgacha saqlanib 

qolgan.  

Ustki kiyimning qadimiy turlaridan peshbon, mursak, to‘n, keyinchalik peshmat, kamzul 

ba nimchalar ma’lum. Ustki kiyimlarning XIX asrga kelib yo‘q bo‘lib ketgan qadimiy turlaridan 

biri  peshbondir.  Aytishlaricha  peshbon  ham  mursakka  o‘xshab  ketadigan  ustki  kiyim  turi 

bo‘lgan, faqat uning yoqasi ham bo‘lib, yenglari nisbatan uzunroq bo‘lgan ba mursakdan farqli 

o‘laroq,  uning  ziylariga  jiyak  tikilmagan.  Tadqiqotlarga  ko‘ra,  peshbon  kelinlar  yopinchig‘i 

sifatida  ishlatilgan  (tojikcha  peshband  –  yuzini  to‘subchi  yoki  peshbon  –  yuzini  asrobchi 

ma’nolarini  anglatgan  so‘zlardan  kelib  chiqqan  bo‘lsa  kerak.)    XIX    asrning  boshlarida  oddiy 

chopon yoki mursak ko‘rinishida bo‘lgan peshbon, asr o‘rtalariga kelib ro‘mol shaklini olgan.   

XIX asrning 70-90 chi  yillarida  mursak ayollar ustki kiyimining asosiy turi hisoblangan. 

Har  bir  kelinning  sepida  2-10  tadan,  ba’zan  18  tagacha  mursaklar  bo‘lgan:  kundalik,  kishilik, 

uyichilik ba  h.k.z. Mursak XIX asrda ba XX asrning  boshlarida unashtirish  marosimida kelinga 

yuborilishi  lozim  bo‘lgan  kiyimlardan  biri  edi.  Ota-onalar  qizlarini  birinchi  bor  uylariga 

chaqirganlarida  («challar»  marosimida)  mursak  kiygizishgan.  Nikoh  marosimida  kelinga 

kiygizilgan  mursak  to‘ydan  keyin  kelinning  onasiga  sobg‘a  qilingan.  XX  asrning  ikkinchi  o‘n 

yilligiga  kelib,  mursaklar  ramziy  bir  ma’noda  qolgan,  amalda  uning  o‘rniga  kamzul  ishlatilgan. 

Faqat kelinni kuyobning uyiga olib kelingandagina, unga  mursak kiydirilgan  ba keyinchalik uni 

yangalarga  berilgan.  XX  asrda  mursak  kiyim  sifatida  o‘z  ma’nosini  butunlay  yo‘qotgan  ba 

faqatgina  dafn  marosimlaridagina  qo‘llanilgan.        Ayollarning  asosiy    ustki  kiyimi  «paranji» 

hisoblangan  ba  XX  asrning  boshlarida  ham  kiyilgan.  Paranjini  ayollar  ko‘chaga  chiqqanlarida 

boshlariga  yopib  chiqishgan.  Paranji  bilan  birgalikda  ayollar  yuzlariga  «chachbon»  tutishgan 

(fors.  chashmband-  ko‘z  uchun  bog‘ich,  ko‘zni  to‘subchi  (balki  ko‘zdan  to‘subchi),  ba’zi 

biloyatlarda  «chimbat»  deb  ham  atalgan.  Paranji  so‘zi  «faroji»  so‘zidan  kelib  chiqqan  bo‘lib, 

kiyim  ma’nosini  bildiradi.  Paranji  to‘n  ko‘rinishida  bo‘lib,  boshga  yopilib,  gavdani  yashirib 

turish  uchun  xizmat  qilgan,  yenglari  o‘z  amaliy  bazifasini  yo‘qotgani  sababli  ort  tomonda  bir-

biriga  chatib  qo‘yilgan.  Bora-bora  yenglar  ingichka  ba  uzun  shaklga  kirib,  soxta  yeng  – 

«bandak»  deb  atalgan.  Paranji  yopinish  barcha  yoshdagi  ayollar  uchun  majburiy  bo‘lib,  qiz 

bolalar  9  yoshdan  boshlab  paranji  yopinishni  boshlaganlar.    Chachvonlar  qora  otning  yolidan 

to‘qilgan ba chetlariga qora rangli matodan mag‘iz tikib chiqilgan. YAxshi tutilsa, 1 ta chachbon 

umr oxirigacha etgan. 

Ayollar  bosh  kiyimi  –  ro‘mol  hisoblangan.  XX  asrga  kelib  qiz  bolalar  ba  kelinchaklar 

do‘ppi  kiya  boshlaganlar.  Ungacha  do‘ppini  faqat  erkaklar  ba    yosh  bolalar  kiyishgan.  XX  asr 



 

20 


boshlarida  do‘ppi  kiygan  ayollarga  salbiy  munosabat  bildirilib,  aybga  buyurishgan  ba  ularni 

«satang» deb atashgan. Urf-odat bo‘yicha ayollar do‘ppini umrlarida bir marotaba – go‘shangaga 

kirganda  kiyishgan,  bunda  kuyob  o‘z  do‘ppisini  echib  kelinning  boshiga  kiygazgan,  kelin  esa 

uning  o‘rniga  yangi  do‘ppi  sobg‘a  qilgan.    20-chi  yillarga  kelib  do‘ppilar  keng  urf  bo‘lgan, 

ularga munosabat ham o‘zgargan.  

Bugungi kunga kelib, albatta ayollar ko‘ylagi juda o‘zgarib ketgan bo‘lsa ham,  shakli va 

bichimi  saqlanib  qolgan  bo’lib  turmushda  ishlatilib  kelmoqda.  Ayollarning  an’anaviy  milliy 

ko‘ylagi milliy mansublik simvoli bo‘lgani uchungina emas, balki, asosan xalq kostyumida iqlim 

xususiyatlariga, tevarak atrofdagi tabiatga va turmush tarziga to‘g‘ri keladigan ratsional shakllar 

bir  necha  asrlardan  beri  saralanib  kelgani  uchun    saqlanib  qoldi.  Ayollar  ko‘ylagidagi  yorqin 

ranglar  mutanosibligi  o‘lkamiz  tabiatiga  monand  tushgan  bo‘lib,    shaklining  kengligi  jazirama 

quruq iqlim sharoitiga mos keladi.  

Milliy liboslar tarixini o‘rganish jarayonida, ularni kiyish bilan bog‘liq bo‘lgan an’analar, 

urf-odatlar ba rasm-rusumlarni o‘rganish talabalarning qiziqishlarini oshiradi ba  ularni xalqning 

madaniy  merosini  chuqurroq  o‘rganishga  undaydi.  O‘zbek  liboslarining  turmushda  qanchalik 

muhim  ahamiyat  kasb  etganligini  talabalarga  singdirishdan  maqsad –  yoshlarga  milliy o‘zligini 

anglatish,  xalqimizning  boy  madaniy  merosini  aks  ettirish  ba  davomiyligini  anglatishdan 

iboratdir, bu esa ularni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda muhim rol o‘ynaydi.    



 

 

 

 

2.2.  O’quvchilarning  maxsus  fanlardan  mustaqil  va  ijodiy  ishlash  faoliyatlarini 

rivojlantirishda faol usullarni qo’llash 

 

Zamonaviy  ta’lim  –  o’quv  jarayonida  ishtirok  etuvchilarning  faolligini  oshirishni  talab 

etadi.  Chunki  ananaviy  ta’limda  aynan  mana  shu  muammoga  yetarli  darajada  ahamiyat 

berilmaganligi  sababli  ta’lim  oluvchilarning  o’quv-bilish  faoliyatini  faollashtirish  “Ta’lim 

to’g’risida”gi  qonun  va  “Kadrlar  tayyorlash  milly  dasturi”da  talab  darajasida  amalga  oshirish 

ta’kidlangan. Kasb-hunar kollaejlari o’quvchilarini har tomonlama rivojlantirish uchun ularning 

ijodiy qobiliyati va mustaqil ishlash faolligini oshirish muhim. 

Kasb-hunar  kollaejlarida  maxsus  fanlarni  o’rganishdan  ko’zlangan  asosiy  maqsad 

o’quvchilarda texnik va texnologik obyektlar va jarayonlar haqida bilimlar berish, amaliy ish  – 


 

21 


harakat usullarini o’rgatish, shuningdek shaxsiy fazilatlar, ijodiy fikr yuritish va mustaqil ishlash 

qobiliyatlarini rivojlantirishdan iborat. 

Respublikamiz  ijtimoiy-iqtisodiy  sohalarining  rivojlanib  borishi,  o’rta  maxsus,  kasb-

hunar  ta’limi  tizimida  kadrlar  tayyorlash  sifatini  yanada  takomillashtirish;  fan-texnika  va 

texnologiyalarning  zamonaviy  yutuqlariga  tayangan  holda  o’quvchilarni  kasb-hunarga 

o’rgatishda  ularning  izlanuvchanlik,  ijodkorlik,  fikrlash  qobiliyatlarini  yuksaltirish,  nutq 

madaniyatini  o’stirish;  kasb-humar  sirlarini  puxta  egallashlarida  axborot-kommunikasion 

texnologiyalar xizmatidan maqsadli ravishda samarali foydalanish; o’quvchilar kasbiy fanlar va 

ishlab chiqarish ta’limi bo’yicha mustaqil ishlash ko’nikmalarini shakllantirish bugungi kunning 

eng dolzarb muammolaridan biridir. 

Psixologiyada  faoliyat  –  shaxasning  maqsadga  muvofiq  yo’naltirilgan  ongli  munosabati 

va  hatti-xarakatlarini  amalga  oshirish  shakli  sifatida  qaraladi.  Insonning  har  qanday  faoliyati, 

shuningdek  o’quv-bilish  (aqliy)  faoliyati  ham  psixologik  tayyorgarliksiz  ko’zlangan  samarani 

bermaydi. Demak, maxsus fanlarni o’qitish jarayonida ta’lim oluvchining o’rganilayotgan o’quv 

materialiga nisbatab qiziqish, havas, hohish-istak uyg’otish, mantiqan va ijodiy fikrlashiga shart-

sharoit yaratish zarur. 

I.A.Allayorov  ta’lim-tarbiya  ishining  mazmuniy  va  jarayoniy  tomonlarini  yaxlit  va 

uyg’unlikda tadqiq etib, “faol ta’limning didaktik asoslari – bu jarayon ishtirokchilarining ongli, 

oqilona  munosabatlarini  o’rnatilishi  va  yuqori  sifat  hamda  samaradorlikni  ta’minlanishi”  deb 

talqin etgan. 

Faol  bilish  –  deb  ko’rsatadi  A.M.Matyushkin,  -  muntazam  ravishda,  birin-ketin 

topshiriqlar berish, muammoli vaziyatlar hosil qilish natijasida yuzaga keladi. Modomiki, faollik 

onglilik natijasida vujudga kelar ekan, u  maxsus  fanlarni o’rganish  mazmuni, shakli,  metod va 

vositalarini  muvofiqlashtirishni  ham  taqozo  etadi.  Faollik  darajasini  belgilashda  materialning 

amaliy jihatdan muhimligi, murakkablik darajasi hisobga olinishi lozim. 

I.Ya.Lerner  faollikni  mustaqillikning  shart-sharoiti  sifatida  qaraydi,  chunki  shaxs  faol 

bo’lmasdan  mustaqil  bo’la  olmaydi.  Muallif  faollik  va  mustaqillik  darajalari  sifatida  “oddiy 

faollik”, “haqiqiy mustaqillik” terminlaridan foydalangan. 

Fikrlash  faoliyati  o’z  navbatida  ma’lum  shart-sharoit  yaratilishini  taqozo  etadi.  Demak, 

fikrlash  uchun  zarur  bo’lgan  oqilona  shart-sharoit  yaratilsa,  tahsil  oluvchi  faol  faoliyat  ko’rsata 

olishi mumkin bo’ladi. 

O’qituvchi mashg’ulot jarayonida o’quvchilarning faolligini oshirish uchun murakkablik 

darajasidan kelib chiqib o’quv  materialini turli  shakllari  ishlab chiqishi kerak. Maxsus  fanlarni 

o’rganishda faollikning quyidagi darajalaridan foydalanilgan. 



 

22 


1. 

Faollikning  birinchi  darajasi  –  o’quvchilarning  avval  o’zlashtirgan  bilimlarini 

qayta takrorlashi, uni xotirada tiklashi hamda o’qituvchining bevosita rahbarligi va ko’rsatmalari 

asosida  unga  ergashib  bajaradigan  ishlari  yoki  berilgan  namunaga  qarab  aynan  bajaradigan 

topshiriqlari  jarayonida  namoyon  bo’ladi.  Chunki,  o’quvchilarning  o’tilgan  nazariy  materialini 

eslashi,  unga  mos  keladigan  ishlab  chiqarish  mazmunidagi  masalalarini  namunaga  qarab 

yechimini topish hatti-harakatlarini qayta xotirlashga xizmat qiladi 

Qayta  xotirlash  xarakteridagi  o’quv  topshiriqlari  o’quvchilardan  qayta  xotirlash 

darajasidagi faollikni talab qiladi.  

O’quvchi  namunaga  binoan  ish  xarakatlarini  bajarar  ekan  uning  faolligi  chegaralanadi, 

ya’ni  u  belgilangan  doiradan  chetga  chiqa  olmaydi.  Mashg’ulotda  ko’proq  tushuntirish  – 

namoyish  etish  va  faol  metodlardan  foydalanganilganda  faollikning  ana  shunday  birinchi 

darajasiga erishiladi. 



2. 

Faollikning  ikkinchi  darajasi  –  o’rganilayotgan  obyekt  yoki  jarayonning 

mohiyatini tushunishni, ma’lum ma’noda ijodiy fikrlash elementlarini taqozo etadi. Faollikning 

bunday  darajasi  o’rganilayotgan  obyekt  va  jarayonlardagi  o’xshashlik  va  farqli  jihatlarini 

aniqlash,  o’zlashtirilgan  bilimlarni  ma’lum  o’zgartirilgan  holat  va  vaziyatlarda  qo’llanishini 

ko’zda tutadi.  

3. 

Faollikning  uchinchi  darajasi  –  ijodiy  xarakterdagi  hatti-harakatlarni  talab  etadi. 

Ko’zlangan  o’quv  maqsadga  erishish  yo’lida  ijodiy  faoliyatni  ko’rsatadi.  Qisman  izlanish 

xarakteridagi  faoliyat  to’la  ijodiy  xarakterga  ega  bo’ladi.  Faollikning  bu  darajasi  egallangan 

bilimlar tizimli, chuqur va puxta bo’lib, ulardan istalgan sharoitda foydalanish mumkin. 

Shunday  qilib,  faollik  o’quvchi  faoliyatining  muhim  jahati  hisoblanadi.  Faollik  darajasi 

birinchidan,  o’quvchilarning  o’quv  materialini  o’rganishga  qiziqish,  ularda  mustaqillik  kabi 

xususiyatlarini qanday darajada  mavjudligi  bilan  belgilansa,  ikkinchidan, o’qituvchi tomonidan 

ta’lim-tarbiya  jarayonini  faollashtirish  maqsadida  yaratilgan  shart-sharoit, tanlangan  shakl,  faol 

metod va didaktik vositalarga bog’liq bo’ladi. 

Faol  ta’lim  mertodlaridan  o’runli  va  maqsadli  foydalanilganda  pirovard  natija  –  ta’lim 

samaradorligi ananaviy ta’limdagiga nisbatan har doim yuqori bo’ladi. Eng asosiysi o’quvchida 

mustaqil  fikrlash,  turli  masalalarni  va  muammolarni  mustaqil  yechimini  topish,  o’z-o’zini 

nazorat  qilish  kabi  malakalarni  shakllanishini  ta’minlaydi.  Bu  esa  o’z  navbatida  ta’lim 

muassasasi  bitiruvchilarining  mustaqil  hayotga  qadam  qo’yishlarida,  mehnat  bozorida  o’z 

o’rinlarini topishlarida muhim ahamiyat kasb etadi. 


 

23 


Bugungi  kunda  kasb-hunar  kollejlari  o’quvchilarining  mashg’ulotlarda  mustaqil 

munozara va fikr yuritishga, ularning ijodiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga yo’naltirilgan 

o’qitishning faol usullari ishlab chiqilgan. 

Ko’pgina olimlar tomonidan kasb-hunar kollejlarida maxsus fanlarni modulli texnologiya 

asosida  o’qitishda  faol  usullarni  qo’llash  imkoniyatlari  o’rganilgan  va  amalda  qo’llash 

metodikalari ishlab chiqilgan. 

Kasb-hunar kollejlarida maxsus fanlarni loyixa usulini qo’llab o’qitish metodikasi tadqiq 

qilingan. 

Faol  ta’lim  metodlarining  ijobiy  tomonlari  bilan  bir  qatorda  ayrim  kamchiliklari  ham 

aniqlangan.  Bularga  ananaviy  ta’lim  metodlariga  nisbatan  vaqtning  ko’p  talab  qilishi, 

o’qituvchidan alohida tayyorgarlik va pedagogik mahorati talab qilishi kiradi. 

Kasb-hunar  kollejlarida  maxsus  fanlarni  o’rganishda  faollikni  ta’minlashdan  oldin 

o’quvchilarning  bilim  darajasi,  uni  o’zlashtirganligi  hamda  egallangan  bilimlarni  amaliyotda 

qo’llay  olish  ko’nikma  va  malakalarni  tahlil  qilish  zaruriyati  tug’iladi.  Chunki  egallangan 

bilimlarni  har  tomonlama  tahlil  qilmay  turib,  o’quvchilarning  faol  faoliyat  ko’qsatish  darajasi 

haqida fikr yuritib bo’lmaydi. 

Ta`lim  oluvchilarning  bilim  olish,  mustaql  ishlash  va  ijodkorlik  qobilyatlarini 

rivojlantirish,  ularning  ongli  faolligi,  mustaqilligi  va  ijodkorligi,  o`quv  bilish  faoliyati 

natijasining sifatini xarakterlaydi.  

Faollik-  ta`lim  sharoitida  o`zlashtirilgan  nazariy  bilim  va  amaliy  ish  -  harakat  usullarini 

turli ishlab chiqarishvaziyatlarida qo`llanishga imkon beradi.  

Kasb –hunar ta`limida amaliy ko`nikmalar o`rganish, asosan mexnatni tahlil qilish orqali 

amalga  oshiriladi,  chunki  bunday  ta`lim  qisimlari  kasbiy-  mantiqiy  emas,  balki  xharakatlarga 

yo`nalgan  tarzda  kechadi.  Ko`pincha  o`z  kasbini,  sohasini  a`lo  darajada  eghallagan 

mutahasislardan  misol  uchun  biror  ish  tartibini  tushuntirib  berish  so`ralsa,  ular  ko`pincha 

sergaklik  bilan  tushuntirishni  boshlaydilar,  ikkinchi  darajali  masalalarga  to`htalib,  qisqa  va 

lo`nda tushuntirib bera olmaydilar. 

Kasb-hunar  kolejlarida  o`tkazilgan  pedagogik  tajribalar  asosida  maxsus  fanlarni 

o`qitishda  o`quvchilarda  zaruriy  bilim,  ko`nikma  va  malakalarni  shakillantirish  hamda  ularning 

mustaqil  va  ijodiy  ishlar  faoliyatini  rivojlantirish  uchun  quyidagi  faol  usullardan  foydalanish 

yuqori samara berishi aniqlandi. 


Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling