Kasbiy ta’lim yo’nalishi 4-kurs talabasi Satimov Asadbekning


Download 104.15 Kb.
bet2/2
Sana01.03.2023
Hajmi104.15 Kb.
#1242558
1   2
Bog'liq
mustaqil ishlar ijodiy

Pedagogning portfoliosi quyidagi imkoniyatlarga ega:

qayd etish usuli;

  • faoliyati davomida kasbiy sohadagi erishilgan yutuqlarini namoyish etuvchi majmua;

  • pedagogning dars berayotgan fani bo’yicha o’quv materiallarini talabalarga yetkazib

beruvchi vosita;

  • pedagog va talabalar o’rtasidagi o’quv muloqotini ta‘minlashga xizmat qiluvchi tizim;

  • talabalar bilan teskari aloqani o’rnatishga xizmat qiluvchi hamda bilimlarni o’zlashtirish jarayonini monitoring qilish tizimi Pedagogning portfoliosi ta‘lim muassasalari rahbariyati uchun o’qituvchilarning ish faoliyati unumdorligini monitoringini olib borish va yana ham muhim tomoni o’qituvchilarni o’z-o’zini kuzatish va o’z ustida ishlashi uchun muhim vosita hisoblanadi. Turli manbalardagi ma‘lumotlarga ko’ra pedagog portfoliosi – bu o’qituvchining aniq faktlar asosida yozilgan pedagogik sifati va yutuqlari hisoblanadi. Bundan tashqari portfolioda o’qituvchining individual yutuqlari, turli loyihalarda qatnashganliklari, talabalarining fan olimpiadalari, tanlovlar, musobaqalarda g’olib bo’lganliklari qayd etib boriladi. Shu bilan birga pedagog portfoliosi pedagogik-psixologik diagnostika natijalari, talabalar uchun fanlar bo’yicha nazorat qilish topshiriq va testlarini qamrab oladi.

Portfolio joriy etilishi bilan pedagogik faoliyatni baholashning va o’z-o’ziga baho berishning ko’p funksiyali vositasi shakllanadi. Bunda portfolio qator pedagogik masalalarni yechishda yordam beradi:

  • ta‘lim berishda yuqori motivatsiyani rivojlantirish;

  • talabalarning mustaqil ta‘limi va o’z ustida ishlashga intilishni oshirish;

  • uzluksiz rivojlanishni rag’batlantiruvchi omilni joriy etish;

  • bilimlarning samarali o’zlashtirilishiga intilish;

  • pedagogik faoliyat natijalarini tashxis qilish.

Download 104.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling