Kasr sonlar


Bitiruv ishining ob’yekti


Download 1.96 Mb.
bet2/14
Sana19.06.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1606525
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Ergashev H

Bitiruv ishining ob’yekti: Umumta’lim maktablarida “Kasr sonlar” mavzusini o‘qitishning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish jarayoni.
Bitiruv ishining predmeti:
Umumta’lim maktablari “Kasr sonlar” mavzusini o‘qitishning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘qitishni amalga oshirishning mazmuni va yo‘llari hisoblanadi.
Bitiruv ishining maqsadi:
Umumta’lim maktablari “Kasr sonlar” mavzusini o‘qitishning o‘ziga xos xususiyatlarini pedagog texnologiyalari va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda, dars jarayonida undan foydalanish bosqichlarini tahlil qilish, tegishli uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish.
Bitiruv ish mеtodlari: Tahliliy obzor, ankеta, savol-javob, suhbat, umumlashtirish, kuzatish, muvofiqlashtirish, prognozlash, pеdagogik ekspеrimеnt.
Bitiruv ishining asosiy vazifalari:
- umumta’lim maktablari “Kasr sonlar” mavzusini o‘qitishning o‘ziga xos xususiyatlarini amaliyotda qo‘llanilishini tahlil qilish;
- umumta’lim maktablari “Kasr sonlar” mavzusini o‘qitishning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘qitishning nazariy ahamiyati;
Ilmiy-uslubiy tadqiqot metodlari:
- mavzu bo‘yicha ilmiy-uslubiy, nazariy adabiyotlarni o‘rganish;
- ta’lim to‘g‘risida davlat hujjatlari, DTS talablari, ilg‘or mutaxassis olimlarning fikrlarini o‘rganish;
- ta’lim jarayoniga axborot texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha chiqarilgan qaror va farmonlarni o‘rganish.
Tadqiqotning ilmiy-uslubiy yangiligi:
- umumta’lim maktablari o‘quv jarayonida “Kasr sonlar” mavzusini o‘qitishning o‘ziga xos xususiyatlarini axborot texnologiyalaridan foydalanish imkoniyati mavjudligi;
“Kasr sonlar” mavzusi darslarini qiziqarli tashkil etilishi, ko‘rgazmalilikning oshirilishi va dars samaradorligining oshishi.
Mavzuga oid adabiyotlar tahlili. Maktab ta`limi oldiga tamomila yangi maqsadlarning qo`yilishi matematika fanini o`qitishning mazmunining tubdan o`zgarishiga olib kelmoqda. Matematika boshlang`ich kursi mazmuniga ham, darslik va qo`llanmalardan foydalanish metodikasida ham rivojlanish bo`lishini talab qiladi.
Umumta’lim maktablarida “Kasr sonlar” mavzusini o‘qitishning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganganimizda M.A.Mirzaahmedov, A.A.Raximkoriyev “Matematika 6” Tashkent 2014 yil. Kitobida kasr sonlarni o‘rganish bo‘yicha ma’lumotlar to‘liq va o‘quvchilarga tushinishlari oson bo‘lgan holda keltirilgan. Tolaganov T.R., Normatov A. Matematikadan praktikum. -T.: O‘qituvchi, 1989 y kitobida kasr sonlarni o‘qitishning murakkab jihatlari ham yoritilgan. Rajabov F. Matematika : O‘quv qo‘llanma: T.: “O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti”, 2007, Sh.A. Adbullayeva, D.A.Ahatova. “Pedagogika” O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Fan nashriyoti, M.A.Mirzaahmedov, A.A.Raximchoriyev “Matematika 5” Tashkent 2014 yil. Kitoblarida ham ma’lumotlar keltirilgan.

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling