Kassa va kassa muomalalari auditi


Download 19.09 Kb.
bet1/4
Sana18.06.2023
Hajmi19.09 Kb.
#1559583
  1   2   3   4
Bog'liq
Kassa, kassa muomalalari[53]


KASSA VA KASSA MUOMALALARI AUDITI
REJA:
1.Kassa muomalalari.
2. Auditor bankdagi hisob-kitob
3. Amaliyotda kassa muomalalari

Kassa muomalalari.
Kassa muomalalari odatda, kassir, bosh buxgalter yoki unga vakolatli shaxs ishtirokida kassadagi pul mablag`larini inventarizatsiya qilishdan boshlanadi. Korxonada bir nechta kassa mavjud bo`lgan hollarda pul qoldig`ining kamomadi bo`lgan taqdirda, uni boshqa kassa hisobidan qoplanishi, kassa daftaridagi qoldiqni o`zgartirish mumkinligini oldini olish maqsadida auditor boshqa kassa eshiklarini muhrlab qo`yadi.
Auditor kassirdan inventarizatsiya o`tkazish vaqtigacha bo`lgan kassa muomalalari bo`yicha kassa hisobotini talab qiladi. Shuningdek, barcha kirim va chiqim hujjatlari uning tomonidan hisobotga kiritilganligi va inventarizatsiya vaqtiga kelib kassaga kirim qilinmagan va hisobdan chiqarilmagan pul mablag`lari yo`qligi to`g`risida tilxat berishi lozim.
Shundan keyin kassir, pul kupuralarini guruhlashtirishni boshlaydi hamda auditor va bosh buxgalter ishtirokida ularni to`la hisob-kitobini o`tkazadi, bank muassasasidan olingan muhrlangan pul mablag`lari ham sanovdan o`tkazilishi kerak.
Auditor shunga ahamiyat berishi kerakki, kassa chiqim orderida yoki uning o`rnini bosadigan boshqa hujjatda pul oluvchining tilxati bilan tasdiqlanmagan kassa pullarini berish, kassadagi naqd pul qoldig`ini qoplashga qabul qilinmaydi. Kassa kirim orderlari bilan tasdiqlanmagan naqd pullar ortiqcha pul sifatida kirim qilinadi. Xojalik yurituvchi subyekt rahbari va bosh buxgalteri imzosi bilan tasdiqlanmagan kassa chiqim hujjatlari, kassadan vaqtinchalik pul olinganligini bildiruvchi tilxat va shunga o`xshash boshqa hujjatlar inobatga olinmaydi va kamomad deb hisoblanadi.
Auditor to`g`ri rasmiylashtirilgan kassa hujjatlarini kassirga hisobot tuzish va unda tekshiruv paytida bo`lgan qoldiqni ko`rsatish uchun beradi. Tekshiruv paytida kassada ish haqi to`liq tarqatilib ulgurmagan vedomostlar bor bo`lsa, auditor bosh buxgalter va kassirga vedomostlarni belgilangan tartibda hisobotga qo`shishni taklif etadi. Agarda kassani tekshirish, ish haqi tarqatish davriga to`g`ri kelib, ko`p xodimlarga ish haqi tarqatilmagan vedomostlar bo`lsa, bunday vedomostlar kassir hisobotiga qo`shilmasdan, dalolatnomada kassa hisobotiga kiritilmagan, qisman to`langan chiqim hujjatlari (to`lov vedomostlari) sifatida yozib qo`yilishi mumkin. Bu holda har bir to`lov vedomostida qaysi tartib raqami bo`yicha ish haqi berilganligi va uning jami summasi ko`rsatiladi. Ushbu yozuv kassir, bosh buxgalter va auditor imzolari bilan tasdiqlanadi.
Shuningdek, kassani tekshirishda kassada saqlanayotgan qimmatli qog`ozlar (aksiyalar, obligatsiyalar, sertifikatlar va boshqalar), qatiy hisobot blankalari, sanatoriya va dam olish uylari yo`llanmalari, aviachiptalar va boshqa qimmatli qog`ozlar ham tekshirilib, ularning mavjudligi dalolatnomada ko`rsatiladi.
Auditor kassadagi pul mablag`larini tekshirish bilan birga ayni paytda seyflar (yonmaydigan shkaflar), kassaning jihozlanishi, ish kunining oxirida kassa eshiklariga seyflar (shkaflar) muhrlanishi, signalizatsiya o`rnatilganligi va uning ishlashi, kassani qo`riqlishning tashkil etilishi, kassir «olindi», «to`landi» degan shtamplar bilan ta'minlanganligi ham tekshiriladi.

Download 19.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling