Kassa va kassa muomalalari auditi
Amaliyotda kassa muomalalari
Download 19.09 Kb.
|
Kassa, kassa muomalalari[53]
Amaliyotda kassa muomalalari
Amaliyotda kassa muomalalariga doir suiste'mol qilishlar asosan ish haqi va hisobdor summalar bo`yicha ko`p uchraydi. Bunda vedomostlarga «o`lik jonlar» ni kiritish, berilishi lozim bo`lgan jami summani oshirib ko`rsatish, kassa hisobotiga qayta qo`shish maqsadida chiqim hujjatlarini oldingi kassa hisobotlaridan chiqarib olib, sanasini o`zgartirish va tuzilayotgan kassa hisobotiga kiritib, undagi summani ikkinchi marta hisobdan chiqarish hollari ham uchraydi. Auditor bulardan tashqari kassa muomalalarini tekshirish jarayonida quyidagilarga ham alohida e'tibor berishi lozim: kassani har oyda to`satdan tekshirilishi; kassirning kassa hisobotlarini o`z vaqtida buxgalteriyaga topshirishi; kassa hisobotlarida va kassa daftarida hisobotlarni hamda unga ilova qilingan hujjatlarni tekshirishga qabul qilinganligi to`g`risida bosh buxgalter yoki bosh buxgalter o`rinbosarining imzosi borligi; mehnatga haq to`lash, xizmat safari, xojalik sarflari va boshqa maqsadlar uchun bankdan olingan naqd pullarning maqsadga muvofiq ishlatilishi; kassadagi naqd pul qoldiqlarining korxona uchun bank tomonidan belgilangan limitga to`g`ri kelishi; deponent qilingan mehnat haqi summalari va realizatsiyadan tushgan naqd pul mablag`larining bankka o`z vaqtida topshirilishi; kassadan naqd pullarni begona shaxslarga berish hollari va shunga o`xshashlar; naqd pul olish uchun to`ldirilmagan cheklarga rahbar va bosh buxgalter tomonidan imzo qo`yilishi va cheklarni kassirga bankdan pul olish mobaynida mustaqil to`ldirish uchun berish hollari; naqd pul olish uchun chek daftarchasi bosh buxgalter seyfida saqlanishi holati; korxonada «Kassa kirim va chiqim hujjatlarini qayd qilish daftari» (KO-Z shakl) va «Kassa daftari» (KO-4 shakl) ning mavjudligi, daftarlarning barcha varaqlari raqamlanib, oxirgi betida varaqlar soni ko`rsatilganligi, ip o`tkazib bog`langanligi hamda rahbar va bosh buxgalter imzosi bilan tasdiqlanib, muhrlanganligi; kassa chiqim orderlari, to`lov vedomostlari va boshqa chiqim pul hujjatlarida tegishli mansabdor shaxslar va pul oluvchilar imzolarining mavjudligi va ularning haqiqiyligi; kassa hujjatlariga maxsus «so`ndirilgan» (pogasheno) shtamp bosilishi; pul mablag`lari, xarajatlar va boshqa balans schyotlariga olib borilib hisobot takdim etilmaydigan muomalalarning qonuniyligi; kassa muomalalariga oid schyotlar bog`lanishlari (korrespondentsiyalari) ning to`g`riligi; to`lanmagan summalarning o`z vaqtida deponentga o`tkazilishi va h.k. Auditor yuqoridagi faktlarga rioya qilinmaganligi to`g`risida buzilish hollari mavjud bo`lganda bu muomalalarning sababini, ular kimnning farmoyishi bilan amalga oshirilganligi va buning orqasida suiiste'mol, tovlamachilik holatlari berkitilmaganligini ham aniqlashi lozim. Download 19.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling