Kassa va kassa muomalalari auditi


Amaliyotda kassa muomalalari


Download 19.09 Kb.
bet3/4
Sana18.06.2023
Hajmi19.09 Kb.
#1559583
1   2   3   4
Bog'liq
Kassa, kassa muomalalari[53]

Amaliyotda kassa muomalalari
Amaliyotda kassa muomalalariga doir suiste'mol qilishlar asosan ish haqi va hisobdor summalar bo`yicha ko`p uchraydi. Bunda vedomostlarga «o`lik jonlar» ni kiritish, berilishi lozim bo`lgan jami summani oshirib ko`rsatish, kassa hisobotiga qayta qo`shish maqsadida chiqim hujjatlarini oldingi kassa hisobotlaridan chiqarib olib, sanasini o`zgartirish va tuzilayotgan kassa hisobotiga kiritib, undagi summani ikkinchi marta hisobdan chiqarish hollari ham uchraydi.
Auditor bulardan tashqari kassa muomalalarini tekshirish jarayonida quyidagilarga ham alohida e'tibor berishi lozim:

  • kassani har oyda to`satdan tekshirilishi;

  • kassirning kassa hisobotlarini o`z vaqtida buxgalteriyaga topshirishi;

  • kassa hisobotlarida va kassa daftarida hisobotlarni hamda unga ilova qilingan hujjatlarni tekshirishga qabul qilinganligi to`g`risida bosh buxgalter yoki bosh buxgalter o`rinbosarining imzosi borligi;

  • mehnatga haq to`lash, xizmat safari, xojalik sarflari va boshqa maqsadlar uchun bankdan olingan naqd pullarning maqsadga muvofiq ishlatilishi;

  • kassadagi naqd pul qoldiqlarining korxona uchun bank tomonidan

belgilangan limitga to`g`ri kelishi;

  • deponent qilingan mehnat haqi summalari va realizatsiyadan tushgan naqd pul mablag`larining bankka o`z vaqtida topshirilishi;

  • kassadan naqd pullarni begona shaxslarga berish hollari va shunga o`xshashlar;

  • naqd pul olish uchun to`ldirilmagan cheklarga rahbar va bosh buxgalter tomonidan imzo qo`yilishi va cheklarni kassirga bankdan pul olish mobaynida mustaqil to`ldirish uchun berish hollari;

  • naqd pul olish uchun chek daftarchasi bosh buxgalter seyfida saqlanishi holati;

  • korxonada «Kassa kirim va chiqim hujjatlarini qayd qilish daftari» (KO-Z shakl) va «Kassa daftari» (KO-4 shakl) ning mavjudligi, daftarlarning barcha varaqlari raqamlanib, oxirgi betida varaqlar soni ko`rsatilganligi, ip o`tkazib bog`langanligi hamda rahbar va bosh buxgalter imzosi bilan tasdiqlanib, muhrlanganligi;

  • kassa chiqim orderlari, to`lov vedomostlari va boshqa chiqim pul hujjatlarida tegishli mansabdor shaxslar va pul oluvchilar imzolarining mavjudligi va ularning haqiqiyligi;

  • kassa hujjatlariga maxsus «so`ndirilgan» (pogasheno) shtamp bosilishi;

  • pul mablag`lari, xarajatlar va boshqa balans schyotlariga olib borilib hisobot takdim etilmaydigan muomalalarning qonuniyligi;

  • kassa muomalalariga oid schyotlar bog`lanishlari (korrespondentsiyalari) ning to`g`riligi;

  • to`lanmagan summalarning o`z vaqtida deponentga o`tkazilishi va h.k.

Auditor yuqoridagi faktlarga rioya qilinmaganligi to`g`risida buzilish hollari mavjud bo`lganda bu muomalalarning sababini, ular kimnning farmoyishi bilan amalga oshirilganligi va buning orqasida suiiste'mol, tovlamachilik holatlari berkitilmaganligini ham aniqlashi lozim.


Download 19.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling