Geterogen va sirt katalizatorlar
Geterogen katalizatorlar reagentlar bilan bir xil agregat holatda boʻlmaydi, yaʼni turli fazada boʻladi. Masalan, reagentlar suyuq yoki gaz boʻlganda katalizator qattiq fazada boʻladi.
[Reagentlar bilan bir xil fazada boʻlgan katalizator qanday nomlanadi?]
Geterogen katalizatorga misol qilib mashinalardagi benzin yoki dizel yoqilgʻisining katalitik konvertorini keltirishimiz mumkin. Katalitik konvertorlar qattiq fazali yuzaga oʻrnatilgan oraliq metall katalizatoridan iborat boʻladi. Qattiq fazali katalizator avtomobildan chiqayotgan zaharli gazlar bilan taʼsirlashadi va ularni oksidlanish reaksiyalarini tezlashtiradi. Natijada atrof-muhitga zaharli mahsulot masalan, is gazi va yonmaydigan gazlar kamroq ajraladi.
Metall naychaning kesishgan qismi asalari uyasiga oʻxshash gʻovakli qattiq fazali katalizator.
Katalitik konvertor tarkibidagi qattiq fazali katalizator zaharli gazlar gazlar, yonmagan yonilgʻi va mayda zarrachalar kabi chiqindilarini kamaytiradi. Chiqindi oqimi bilan reaksiyaga kirishadigan katalizatorning sirtini koʻpaytirish, yaʼni katta sirt maydoniga ega boʻlish uchun qattiq asosdan faydalaniladi. Rasm manbasi Oak Ridge National Laboratory, flickrʼdan, CC BY-NC-ND 2.0
Katalitik konvertor sirt katalizatori hisoblanadi. Reagent molekulalari reaksiyaga kirishishdan oldin qattiq yuzaga yutiladi (adsorbsiyalanadi). Reagentlarning taʼsirlashish yuzasi qanchalik katta boʻlsa, reaksiya tezligi shunchalik yuqori boʻladi. Shuning uchun katalitik konvertor tarkibidagi qattiq asos juda katta sirt maydoniga ega boʻlishi uchun gʻovakli, asalari uyasiga oʻxshash koʻrinishda tayyorlanadi. Bunday tuzilish sirt yuzasini oshiradi.
Geterogen (sirt) katalizatorlarga misol qilib polietilenga oʻxshash plastmassalar (
Do'stlaringiz bilan baham: |