Agar kristal to’zumidagi katalizatorlarda boradigan reakstiyalarni A.A.Balandin nazariyasi yaxshi izoxlasa, kristal oldi, amorf tuzilishdagi katalizatordagi jarayonlarni N.I.Kobozevning aktiv ansambllar nazariyasi bir muncha to’laroq tushuntiradi. N.I.Kobozev fikricha, aktiv markazlarning tabiatini kristal holat bilan boғlash noto’g’ri. Yoyuvchiga yoyilgan katalizator misolida katalitik aktivlik yoyuvchidagi katalizator miqdoriga ekstemal boғliqligini ko’rsatdi vabu nazariyaga ko’ra aktiv markazlar ma’lum miqdordagi bir qancha atomlar ansambilidan iborat bo’ladi. Ansambl bir xil qancha atomlardan (faqat katalizator atomlaridan) yoki har xil atomlardan (faqat katalizator atomlaridan) yoki har xil atomlardan iborat bo’lishi mumkin. Yana S.Z.Roninskiy va F.F.Volkenshteynlar tomonidan ishlab chiqilgan katalizning elektron nazariyasini va N.N.Semenov, V.Voevodskiylar tomonidan ilgari surilgan katalizning radikal nazariyalarini keltirish mumkin. Bu nazariyalar tajriba ma’lumotlari bilan boyib tiklanish davrini kechirmoqda. Fermentativ kataliz haqida tushunchalar Tabiiy gomogen katalizator – fermentlar o’ziga xosligi, yuqori saylovchanligi bilan ajralib turadi. Bo’lar maxsus oqsil molekulalar bo’lib ularda bo’shliq va bir necha aktiv markazlar mavjudbo’lgani uchun fazoda bir–biriga va aktiv markazlarga nisbatan ma’lum yo’nalishda yaxshi joylashadi. Ko’pincha fermentlar tarkibida o’zgaruvchan valentligi bo’lgan metallar kiradi. Shuning uchun fermentlarni gomogen metalkompleksli katalizatorlarda sinfiga belgilashadi. Fermentlar ko’pgina reaksiyalarni “yumshoq” sharoitlarda olib borishga imkon beradi. Masalan oqsillar pH 7 da proteaza deb ataladigan fermentlar yordamida gidrolizlanadi. Boshqa fermentlar ta’irida azot vodotod bilan uy haroratida va atmosfera bosimida (0,1 Mpa) birikadi, vaxolanki sintetik, anorganiq (geterogen) katalizatorlar yordamida bu jarayonni olib borish uchun 700-800 K ҳarorat va yuqori bosimlar (o’nlab atmasfera) zarur bo’ladi. Jonli tabiatdagi hamma jarayonlar maxsus fermentlar tomonidan boshqarib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |