Kategoriya tushunchasi va uning turlari reja
Download 190.12 Kb.
|
Kategoriya tushunchasi va uning turlari
Imkoniyat va voqyelik. Imkoniyat va voqyelik kategoriyalarida borliqning o‘zgaruvchanligi, dinamikasi, uning o‘zgarish tendensiyalari o‘z aksini topadi. Imkoniyat rivojlanishning ob'ektiv tendensiyalarini aks ettiradi, u qonuniyat, zaruriyatga, o‘zgarayotgan narsaning muhim tomonlariga muvofiq yuzaga keladi.
Imkoniyat-narsaning tugallanmagan, potensial rivojlanishidagi ob'ektiv mavjud bo‘lgan va ichdan belgilangan holatini aks ettiruvchi falsafiy tushuncha. Har bir vaziyatda imkoniyatlarning muayyan to‘plami mavjud bo‘lib, ulardan biri amalga oshgani boshqalari chetda qolganini anglatadi. Imkoniyatlarning «kurashi» va amalga oshish xususiyatiga ichdan zarur tendensiyalarga nisbatan tasodifiy hisoblangan sharoitlar o‘z ta'sirini ko‘rsatadi. Shu sababli voqyelik doim ichki va tashqi, mohiyat va hodisa, zaruriyat va tasodifning dialektik birligidan iborat bo‘ladi. Ijtimoiy rivojlanish va tabiatning o‘zgarishi sohasida imkoniyatning voqyelikka aylanishi kishilarning ongli yo‘l tanlashi va faoliyati bilan tartibga solinadi. Ammo imkoniyat qanday ob'ektiv asoslarga ega bo‘lsa, imkonsizlik ham shunday ob'ektiv asoslarga egadir. Imkonsizlik – ikoniyatga zid tushuncha. Imkonsizlik tushunchasi ikki xil ma'no kasb etadi. Birinchisi – predmetning tabiatiga mos kelmaydigan narsa bo‘lishi mumkin emas. Masalan, arpa urug‘idan bodring yetishtirish mumkin emas. Imkonsizlik tushunchasining boshqa bir ma'nosi imkoniyat va zaruriyat kategoriyalarining munosabatlari bilan bog‘liq. Zaruriyat va imkoniyat – bir zanjir bo‘g‘inlari: rivojlanayotgan predmet zaruriyati uning boshqa bir holati bo‘lishi mumkinligini belgilaydi. Ammo predmetning rivojlanishida, odatda, ko‘p sonli muqobil imkoniyatlar mavjud bo‘lgani bois, ulardan birini tanlash zaruriy hisoblanmaydi. Bir imkoniyatning ro‘yobga chiqishi qolgan imkoniyatlarni ro‘yobga chiqarish imkonini bermaydi. Tuzatib bo‘lmaydigan oqibatlarga olib kelgan qabul qilgan qarori, o‘ylamasdan sodir etgan qilmishidan afsus chekmagan odam topilmasa kerak. Ba'zan imkonsizlik boy berilgan imkoniyat tarzida mavjud bo‘ladi. Bu holda imkoniyat imkonsiz bo‘lmagan narsa sifatida va ayni vaqtda zarur bo‘lmagan narsa sifatida namoyon bo‘ladi. Voqyelik – amalga oshgan, aktuallashgan borliqni tavsiflovchi falsafiy kategoriya: voqyelik amalga oshgan imkoniyat hisoblanadi. Voqyelik tushunchasi ikki ma'noda ishlatiladi. Birinchidan, voqyelik – bu mavjud borliq, biz yashayotgan dunyo, uning ongimizdagi in'ikosidir. Voqyelik tushunchasi ayrim predmetning borlig‘iga ham tegishlidir. Bu ma'noda u ob'ektning holatini tavsiflovchi mazkur lahzadir. Ikkinchidan, voqyelik ro‘yobga chiqqan imkoniyat sifatida tavsiflanadi. Bu ma'noda voqyelik tushunchasi imkoniyat kategoriyasining nisbatdoshi hisoblanadi. Ular bir-biriga o‘tuvchi qarama-qarshiliklardir. Imkoniyat potensial, voqyelik esa aktualdir. Imkoniyat – mavxum va mazmun jihatidan qashshoq tushuncha. Voqyelik – muayyan va mazmunan boy tushuncha, chunki u ko‘p sonli xossalar, individual betakror jihatlarni o‘z ichiga oladi. Har bir predmet ko‘p sonli aloqalar yuzaga kelishiga zamin yaratuvchi muayyan muhitda mavjud bo‘ladi. Shu sababli muhim yoki ikkinchi darajali, tasodifiy yoki zaruriy bo‘lishi mumkin bo‘lgan ko‘p sonli imkoniyatlar mavjuddir. Imkoniyatning ro‘yobga chiqishida ichki va zaruriy aloqalar muhim rol o‘ynaydi, ammo uning ro‘yobga chiqish shartlari, garchi ular tasodifiy xususiyatga ega bo‘lsa-da, rivojlanish jarayoniga sezilarli darajada, ba'zan hal qiluvchi ta'sir ko‘rsatadi. Ayni shu sababli voqyelik ham zaruriy va tasodifiyning birligi hisoblanadi. Download 190.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling