Qarori umumiy o‘rta ta’lim to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Download 0.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Hujjat 22
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjat 22.03.2017 00 sanasi holatiga Amaldagi versiyaga o‘tish O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING QARORI UMUMIY O‘RTA TA’LIM TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA Umumiy o„rta ta‟limga qo„yilayotgan zamonaviy talablarni hisobga olgan holda umumiy o„rta ta‟lim muassasalari faoliyatini tashkil etish to„g„risidagi normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish, umumiy o„rta ta‟limning o„rta maxsus, kasb-hunar ta‟limi bilan uzviy aloqadorligini ta‟minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Umumiy o„rta ta‟lim to„g„risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O„zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o„z kuchini yo„qotgan deb hisoblansin. 3. Vazirliklar va idoralar o„zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ta‟lim va ilm-fan masalalari axborot-tahlil departamenti zimmasiga yuklansin. O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV Toshkent sh., 2017-yil 15-mart, 140-son Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-son qaroriga 1-ILOVA Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida NIZOM 1-bob. Umumiy qoidalar 1. Mazkur Nizom O„zbekiston Respublikasida umumiy o„rta ta‟limni tashkil etish va umumiy o„rta ta‟lim muassasalarining (keyingi o„rinlarda — umumta‟lim muassasasi) faoliyatini amalga oshirish tartibini belgilaydi. Mazkur Nizom talablari barcha umumta‟lim muassasalariga nisbatan tatbiq etiladi. 2. Umumiy o„rta ta‟limning muddati 9 yil bo„lib, uzluksiz ta‟lim tizimining majburiy mustaqil turi hisoblanadi hamda O„zbekiston Respublikasining “ Ta‟lim to„g„risida ”gi va “ Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to„g„risida ”gi qonunlariga va mazkur Nizomga muvofiq amalga oshiriladi. Keyingi tahrirga qarang. 3. Umumta‟lim muassasalari o„z faoliyatida O„zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O„zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga, ushbu Nizomga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, shuningdek o„z ustavlariga amal qiladi. 4. Umumta‟lim muassasasi yuridik shaxs hisoblanadi va o„z ustaviga, mustaqil balansiga, shaxsiy g„azna hisobvaraqlariga (davlat ta‟lim muassasalari uchun), bank hisob raqamlariga, o„z nomi ko„rsatilgan muhrga (davlat umumta‟lim muassasalarining muhrida O„zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushiriladi), shtampga va blankalarga ega bo„ladi. 5. Umumta‟lim muassasasining ustavi belgilangan tartibda tasdiqlanadi va umumta‟lim muassasasi mahalliy davlat hokimiyati organida davlat ro„yxatidan o„tkaziladi. Umumta‟lim muassasalarining namunaviy ustavi O„zbekiston Respublikasi Xalq ta‟limi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Keyingi tahrirga qarang. 6. Davlat umumta‟lim muassasalarida umumiy o„rta ta‟lim olish bepul amalga oshiriladi. 7. Umumta‟lim muassasasida ta‟lim olish tilini tanlash O„zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuniga muvofiq amalga oshiriladi. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling