Qarori umumiy o‘rta ta’lim to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida


-bob. Umumiy o‘rta ta’limni boshqarish


Download 0,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/9
Sana06.04.2023
Hajmi0,63 Mb.
#1331170
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Hujjat 22

8-bob. Umumiy o‘rta ta’limni boshqarish 
60. O„zbekiston Respublikasi Xalq ta‟limi vazirligi umumiy o„rta ta‟limni 
boshqarish bo„yicha maxsus vakolat berilgan organ hisoblanadi. 
O„zbekiston Respublikasi Xalq ta‟limi vazirligi tizimini Qoraqalpog„iston 
Respublikasi Xalq ta‟limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta‟limi bosh 
boshqarmasi, viloyatlar xalq ta‟limi boshqarmalari, xalq ta‟limi boshqaruv 
organlari hamda boshqa tashkilotlar tashkil etadi. 
Hududiy xalq ta‟limi boshqaruv organlari ikki tomonlama — O„zbekiston 
Respublikasi Xalq ta‟limi vazirligiga hamda tegishlicha Qoraqalpog„iston 
Respublikasi Vazirlar Kengashiga, Toshkent shahar, viloyatlar va tuman (shahar) 
hokimliklariga bo„ysunadi. 
Keyingi
 tahrirga qarang. 
61. Vazirlik va idoralar tizimidagi umumta‟lim muassasalari bevosita 
tegishli vazirlik va idoraga bo„ysunadi.
62. Vazirlik va idoralar tizimidagi umumta‟lim muassasalari ularni 
joylashtirish uchun tegishli bino, moddiy-texnik baza (mebel, o„quv-laboratoriya 
jihozlari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, sport anjomlari va boshqalar) 
hamda malakali rahbar xodimlar va pedagoglar mavjud bo„lganda, O„zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq tashkil etiladi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari tizimidagi umumta‟lim muassasalari 
mintaqalarning 
ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlantirish 
ehtiyojlariga 
muvofiqligi 


ta‟minlangan holda, ularni joylashtirish uchun tegishli bino, moddiy-texnik baza 
(mebel, o„quv-laboratoriya jihozlari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, 
sport anjomlari va boshqalar) hamda malakali rahbar xodimlar va pedagoglar 
mavjud bo„lganda, tegishlicha viloyat yoki tuman (shahar) hokimliklarining 
qaroriga muvofiq tashkil etiladi. 
Nodavlat ta‟lim muassasalari muassis (ta‟sischi) tomonidan tashkil etiladi 
va qonun hujjatlariga muvofiq beriladigan litsenziya asosida faoliyat yuritadi. 
Keyingi
 tahrirga qarang. 
63. Umumta‟lim muassasasiga bevosita rahbarlik tegishli xalq ta‟limi 
boshqaruv organi tomonidan tayinlangan direktor tomonidan amalga oshiriladi. 
Keyingi
 tahrirga qarang. 
Umumta‟lim muassasasi direktori muassasaning tashkiliy-huquqiy, o„quv-
tarbiyaviy, ma‟naviy-ma‟rifiy va moliyaviy-xo„jalik faoliyatining tashkil etilishiga 
bevosita mas‟ul hisoblanadi. 
Keyingi
 tahrirga qarang. 
64. Nodavlat ta‟lim muassasalaridagi hamda idoraviy bo„ysunuvidan qat‟i 
nazar, barcha davlat umumta‟lim muassasalaridagi o„quv-tarbiya jarayoniga 
uslubiy 
rahbarlik 
O„zbekiston 
Respublikasi 
Xalq 
ta‟limi 
vazirligi, 
Qoraqalpog„iston Respublikasi Xalq ta‟limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta‟limi 
bosh boshqarmasi, viloyatlar xalq ta‟limi boshqarmalari va xalq ta‟limi boshqaruv 
organlari tomonidan amalga oshiriladi. 
Keyingi
 tahrirga qarang. 
65. Umumta‟lim muassasalarida pedagogik va metodik kengashlar tuziladi. 
Umumta‟lim muassasalarida o„quv-tarbiya jarayonini takomillashtirish, uning 
moddiy-texnik 
bazani 
mustahkamlash 
va 
faoliyatini 
rivojlantirishga 
ko„maklashish, ta‟lim jarayoni ishtirokchilarining o„zaro hamkorligini kuchaytirish 
maqsadida vasiylik kengashlari tuzilishi mumkin. Pedagogik, metodik va vasiylik 
kengashlarining faoliyati O„zbekiston Respublikasi Xalq ta‟limi vazirligi 
tomonidan tartibga solinadi. 
Keyingi
 tahrirga qarang. 
66. Pedagogik kengash umumta‟lim muassasasida o„quv-tarbiya 
jarayonining tashkil etilishida oliy boshqaruv organi hisoblanadi. 
67. Umumta‟lim muassasasida qonun hujjatlariga muvofiq o„quvchilarning 
jamoat birlashmalari faoliyat ko„rsatadi. 
Keyingi
 tahrirga qarang. 
68. Umumta‟lim muassasalarini attestatsiyadan o„tkazish va akkreditatsiya 
qilish O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan 
tartibda amalga oshiriladi. 


69. Umumta‟lim muassasasining rahbar va pedagog xodimlarini 
attestatsiyadan o„tkazish va ularga malaka toifalari berish tartibi O„zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. 

Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling