Qarori umumiy o‘rta ta’lim to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida


-bob. O‘quvchilar sog‘lig‘ini muhofaza qilish


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/9
Sana06.04.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1331170
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Hujjat 22

6-bob. O‘quvchilar sog‘lig‘ini muhofaza qilish 
50. O„quvchilarga tibbiy xizmat ko„rsatish umumta‟lim muassasalariga 
tibbiyot muassasalari tomonidan biriktirilgan tibbiyot xodimlari tomonidan amalga 
oshiriladi. 
Tibbiyot xodimlari maktab rahbariyati va pedagog xodimlar bilan bir 
qatorda davolash-profilaktika tadbirlarini tashkil etish, sanitariya normalari
qoidalari va gigiyena normativlariga rioya qilish, ovqatlanish rejimi va sifatiga, 
o„quvchilarni tibbiy ko„rikni o„tkazish va sog„lomlashtirish uchun mas‟uldirlar. 
51. Umumta‟lim muassasasi rahbariyati tomonidan tibbiyot xodimlarining 
faoliyat olib borishi uchun zarur shart-sharoitlar (maxsus joy, mebel va tibbiy 
jihozlar, birinchi tibbiy yordam ko„rsatish uchun zarur bo„lgan dori-darmonlar) 
yaratib beriladi. 
52. Umumta‟lim muassasasi o„quvchilarini har yilgi tibbiy ko„rikdan 
o„tkazish O„zbekiston Respublikasi Sog„liqni saqlash vazirligi tomonidan 
belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 
53. Umumta‟lim muassasalarida ta‟lim-tarbiya jarayonini psixologik 
jihatdan ta‟minlash psixologlar tomonidan amalga oshiriladi. 
54. Og„zaki nutq nuqsonlari va tovush talaffuzida kamchiliklari bo„lgan 
o„quvchilarga korreksion-logopedik yordam berish maqsadida umumta‟lim 
muassasasida o„qituvchi-logopedlar (defektologlar) faoliyat yuritadigan logopediya 
shoxobchasi tashkil etilishi mumkin. 
Logopediya shoxobchasining tashkil etilishi va faoliyat ko„rsatish tartibi 
O„zbekiston Respublikasi Xalq ta‟limi vazirligi tomonidan belgilanadi. 
7-bob. Pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini 
oshirish 
55. Tegishli ma‟lumoti, kasb tayyorgarligi bor va yuksak axloqiy 
fazilatlarga ega bo„lgan shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug„ullanish huquqiga 
ega. 


Pedagogik faoliyat bilan shug„ullanish sud hukmiga asosan man etilgan 
shaxslarning umumta‟lim muassasalarida bu faoliyat bilan shug„ullanishiga yo„l 
qo„yilmaydi. 
56. Pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini 
oshirish, kasb mahoratining raqobatbardosh darajada saqlab turilishi xalq ta‟limi 
boshqaruvi organlari tomonidan tashkil etiladi va nazorat qilinadi. 
57. Umumta‟lim muassasasi pedagogik jamoa a‟zolari o„qitish 
yo„nalishlari (tabiiy, aniq, gumanitar, ijtimoiy va boshqa fanlar) bo„yicha uslubiy 
birlashmalarga birlashadilar. 
58. Umumta‟lim muassasalari o„qituvchilarining (o„quv fanlari va soatlari 
bo„yicha) vazifasini vaqtincha bajarib turish tartibi hamda xodimlarining sinfdan 
tashqari faoliyatini tartibga solish O„zbekiston Respublikasi Xalq ta‟limi vazirligi 
tomonidan belgilanadi.
59. Umumta‟lim muassasasi rahbariyati o„qituvchilarning obro„-e‟tibori va 
ijtimoiy maqomini, ularning mas‟uliyati va kasb mahoratini oshirish bo„yicha aniq 
yo„nalishli ishlarni amalga oshiradi, ularning tizimli ravishda malaka oshirishlari 
va o„z ustida ishlashlari, ta‟lim jarayoniga ilg„or pedagogik va axborot 
kommunikatsiya texnologiyalari, shuningdek yangi o„quv dasturlari joriy etilishi 
uchun shart-sharoitlar yaratadi. 

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling