Kattaliklarning birliklarini belgilash va yozishda standartlar asosida me’yorlangan tartib va qoidalar mavjud. Bu qoidalar va tartiblar O‘zDSt 012: 2004 O‘lchovlar birligini ta’minlash davlat tizimi
Metrologik o'lchash asboblari etalon deb ataladi
Download 160.84 Kb.
|
Metrologik o'lchash asboblari etalon deb ataladi.
MASALALAR: 1.Masala: Tishlar soni z=35 bo‘lgan tishli. g‘ildirakni kesishga moslashgan bo'lsin va kallak tavsifi N = 40. Yechish. Yuqorida keltirilgan tenglamaga binoan, G‘ildirakdagi teshiklar qatorlardan 49 (yettiga qoldiqsiz bo‘linadigan qilib tanlaymiz) teshikli qatorni tanlaymiz ya’ni; mb = 49; 49 = 7 x 7 va m = b = 1 x 7 = 7, bundan n = 1+7/49 kelib chiqadi. Demak, dastani bir marta to'liq aylantirish va 49 ta teshigi bor qatordan 7 ta teshik sanab burish kerak. 2.Masala: Voltmetrning aniqlik sinfi 1,5. Yuqori o‘lchash chegarasi +100 V, quyisi – 100 V. Asbob ko‘rsatishi X = 50 V. Shkala va Voltmetr ko‘rsatishi 7.6-rasmda ko‘rsatilgan. Absolyut, nisbiy va keltirilgan xatoliklar aniqlansin. Yechish: Voltmetr shkalasida “0” o‘rtada joylashgan, XN – me’yorlovchi kattalik qiymati o‘lchash chegaralari modullarining yig‘indisi kabi aniqlanadi, ya’ni: XN = 100 + 100 = 200 V. Aniqlik sinfini ifodalovchi son masalada aylanaga olinmaganligi, keltirilgan xatolik me’yorlanganligini bildiradi, γ kel = 1,5%. Absolyut xatolikni aniqlaymiz: Nisbiy xatolik, absolyut xatolikning asbob ko‘rsatishiga nisbati bilan aniqlanadi: 3. Voltmetrning aniqlik sinfi 1,5. Yuqori o‘lchash chegarasi +100V, quyi chegarasi +25 V. Voltmetrning ko‘rsatishi 50 V. Absolyut, nisbiy va keltirilgan xatoliklar aniqlansin. Yechish: Voltmetrda keltirilgan xatolik me’yorlangan. γkel = P = 1,5 va bunda XN yuqori o‘lchash chegarasiga, ya’ni, 100 V ga teng. Keltirilgan xatolik aniqlik 4. sinfiga teng: γ = 1,5%. Absolyut xatolikning yo‘l qo‘yiladigan chegarasi: Voltmetrning ko‘rsatishiga mos keluvchi shkalaning nuqtasi uchun nisbiy xatolikning yo‘l qo‘yiladigan chegarasi, ifodadan aniqlanadi: Asbobning aniqlik sinfi 0,2/0,1. Voltmetrning ko‘rsatishi x = 99,9. Absolyut va nisbiy xatoliklar aniqlansin. Yechish: Xatoliklarni me’yorlash usuli hamda shkalaning chegaraviy qiymati 99,9 V asbobning raqamli ekanligini guvohlantiradi. Masalani yechish uchun 7.1-jadvalning uchinchi satridagi ifodalardan foydalanamiz. Jadvalga mos holda c = 0,2%, d = 0,1%. Nisbiy xatolikni aniqlaymiz. Absolyut xatolikni aniqlash uchun dastlab koeffitsientlarni hisoblaymiz: a = dXch = 0,1 * 99,9 = 9,99; b = c – d = 0,2 – 0,1 = 0,1 Ushbuga ko‘ra 7.1-jadvalning uchinchi qatoriga ko‘ra absolyut xatolik: ___ Foydalanilgan adabiyotlar va internet xavolalari ruyhati 1.www.standart.uz 2.Metrologiya asoslari(Ismatullaev Patxulla Raxmatovich Qodirova Sharapat Abduvaxobovna). Download 160.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling