Kattaqo`rg`on gaz servis


Download 296.49 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana02.01.2022
Hajmi296.49 Kb.
#202305
1   2   3   4   5
Bog'liq
Yyyyyyyyyy

Ikkinchidan, MCHJ mol-mulkini garovga qo`yish to`g`risidagi qarordan 

norozi ta`sischi qanday huquqlarga ega?  

“Ma`suliyati  cheklangan  va  Qo`shimcha  ma`suliyatli  jamiyatlar 

to`g`risida”gi  qonunining  41-moddasiga  ko`ra,  jamiyat  kuzatuv  kengashining, 

jamiyat  yakkaboshchilik  asosidagi  ijro  etuvchi  organining,  jamiyat  kollegial  ijro 

etuvchi  organining  ushbu  qonun  va  boshqa  qonun  hujjatlarining,  jamiyat  ustavi 

talablari buzilgani holda qabul qilingan hamda jamiyat ishtirokchisining huquqlari 

va  qonuniy  manfaatlarini  buzadigan  qarori  jamiyat  ana  shu  ishtirokchisining 

arizasiga  binoan  sud  tomonidan  haqiqiy  emas  deb  topilishi  mumkin.  Ushbu  

normadan  kelib  chiqsak,  agar  jamiyat  kuzatuv  kengashining,  jamiyat 

yakkaboshchilik  asosidagi  ijro  etuvchi  organining,  jamiyat  kollegial  ijro  etuvchi 

organi  MCHJning  mol-mulkini  garovga  qo`yish  to`g`risida  qaror  chiqarsa  va 

bundan jamiyat ta`sischisi norozi bo`lsa, ushbu qaror ustidan sudga shikoyat qilishi 

mumkin.  Agar  MCHJning  mol-mulkini  garovga  qo`yish  to`g`risidagi  bitim  yirik 

bitimlar  sirasiga  kirsa,  “Ma`suliyati  cheklangan  va  Qo`shimcha  ma`suliyatli 

jamiyatlar to`g`risida”gi qonuniga ko`ra, agarda yirik bitim ushbu qonunning 44-

moddasida nazarda tutilgan talablarga zid ravisha tuzilgan bo`lsa, jamiyatning yoki 

uning ishtirokchisining da`vosiga binoan sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi 

mumkin.  Sud  Shikoyatni  o`rganib  chiqib,  qabul  qilingan  qarorni  yoki  tuzilgan 

bitimni haqiqiy emas deb topishi mumkin. 

 

Yuqorida  berilgan  kazusga  huquqiy  baho  berish  vazifasi  berilgan.  Ushbu 



holatga  O`zbekiston  Respublikasi  Kattaqo`rg`on  tumanlararo  iqtisodiy  sudining 

2020  yil  27  oktabr  4-1402-2002/637-sonli  ish  bo`yicha  qabul  qilgan  qarorini 

o`rganib chiqib tahlil qilish maqsadga muvofiq.  

Kattaqo`rg`on  iqtisodiy  sudiga  da`vogar  “Kattaqo`rg`on  gaz  servis” 

MCHJning  ta`sischisi  “Kattaqo`rg`on  gaz  servis”  MCHJning  direktorining  2018-

yil  10-maydagi  qarorini  haqiqiy  emas  deb  topishni  so`ragan.  “Ma`suliyati 

cheklangan  va  Qo`shimcha  ma`suliyatli  jamiyatlar  to`g`risida”gi  qonuniga  ko`ra, 

agarda  yirik  bitim  ushbu qonunning 44-moddasida nazarda  tutilgan talablarga  zid 

ravisha tuzilgan bo`lsa, jamiyatning yoki uning ishtirokchisining da`vosiga binoan 

sud  tomonidan  haqiqiy  emas  deb  topilishi  mumkin.  O`zbekiston  Respublikasi 

iqtisodiy-protsessual  kodeksining  26-moddasiga  ko`ra  ushbu  da`vo  talabi  sudga 

taalluqlilik  jihatdan  iqtisodiy  sudlarga  tegishli.  Ushbu  normadan  kelib  chiqsak, 

ta`sischining  talabi  to`g`ri  va  sudga  bunday  talab  bilan  murojaat  etishga  haqli. 

Chunki,  “Ma`suliyati  cheklangan  va  Qo`shimcha  ma`suliyatli  jamiyatlar 

to`g`risida”gi  bilan  tuzilgan  “Avtomobillarga  gaz  quyish  va  gaz  o`rnatish 

shahobchasi”ni  garovga  qo`yish  to`g`risidagi  ipoteka  shartnomasi    jamiyat 

tomonidan  yirik  bitimlar  sirasiga  kiradi.  Chunki,  “Ma`suliyati  cheklangan  va 

Qo`shimcha ma`suliyatli jamiyatlar to`g`risida”gi qonunining 44-moddasiga ko`ra, 

agar  jamiyatning  ustavida  yirik  bitimlarning  ancha  katta  miqdori  nazarda  tutilgan 

bo`lmasa,  bunday  bitimlarni  tuzish  to`g`risidagi  qaror  qabul  qilinadigan  kundan 

oldingi  oxirgi  hisobot  davri  uchun  buxgalteriya  hisobotlari  ma`lumotlari  asosida 



aniqlangan  jamiyat  mol-mulki  qiymatining  yigirma  besh  foizidan  ortiq  qiymatga 

ega  bo`lgan  mol-mulkni  jamiyatning  olishi,  tasarrufdan  chiqarishi  yoki  jamiyat 

bevosita  yoxud bilvosita  mol-mulkni  tasarrufdan chiqarishi  ehtimoli  bilan  bog`liq 

bo`lgan  bitim  yoki  o`zaro  bog`liq  bir  necha  bitim  yirik  bitim  deb  hisoblanadi.  

“Avtomobillarga  gaz  quyish  va  gaz  o`rnatish  shahobchasi”ni  135 000 000  so`m 

miqdorda  baholangan.  Lekin,  “Avtomobillarga  gaz  quyish  va  gaz  o`rnatish 

shahobchasi”  “Ideal  price  cunsalting”  MCHJning  2017-yil  2-martdagi  xulosasiga 

ko`ra,  662 358 000  so`m  miqdorida  qayta  baholangan.  Bu  esa  jamiyat  ustav 

fondining  62,18  foizini  tashkil  etadi.  Yuqoridagi  normadan  kelib  chiqsak,  ushbu 

ipoteka  shartnomasi  yirik  bitim  hisoblanadi.  “Ma`suliyati  cheklangan  va 

Qo`shimcha ma`suliyatli jamiyatlar to`g`risida”gi qonunning 44-moddasiga ko`ra, 

Yirik  bitimni  tuzish  to`g`risidagi  qaror  jamiyat  ishtirokchilarining  umumiy 

yig`ilishi tomonidan qabul qilinadi. Demak, “Kattaqo`rg`on gaz servis” MCHJning 

direktorining 2018-yil 10-maydagi qarori qonu normalariga zid.  

Yuqoridagilardan  xulosa  qilsak,  Kattaqo`rg`on  tumanlararo  iqtisodiy  sudi 

“Kattaqo`rg`on gaz servis” MCHJning direktorining 2018-yil 10-maydagi qarorini 

ushbu  jamiyatning  boshqa  ta`sischining  arizasiga  ko`ra  haqiqiy  emas  deb  topishi 

mumkin.  

 

 

 



 

 

 



 

 

 




Download 296.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling