Kattaqo`rg`on gaz servis
Download 296.49 Kb. Pdf ko'rish
|
Yyyyyyyyyy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan internet manbalari
- 31-mantiqiy savol
- 17-mantiqiy savol
Foydalanilgan adabiyotlar: 1. O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi: (2018 yil 1 noyabrgacha bo`lgan o`zgartish va qo`shimchalar bilan) Rasmiy nashr-O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi.- T.: “Adolat”, 2018 y.-568 b. 2. “Ma`suliyati cheklangan va Qo`shimcha ma`suliyatli jamiyatlar to`g`risida”gi qonuni; 3. Fuqarolik-protsessual kodeksi; Foydalanilgan internet manbalari: 1. Lex.uz 2. Norma.uz 3. Public.sud.uz
31-mantiqiy savol Xo`jalik yurituvchi subyektlarning davlat, shu jumladan, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar, shuningdek banklar bilan munosabatlarida tadbirkrolik subyektining huquqlari ustuvorligi prinsipi amal qiladi, unga muvofiq tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog`liq holda kelib chiqadigan barcha tuzatib bo`lmaydigan qarama-qarshiliklar va noaniqliklar xo`jalik yurituvchi subyektning foydasi. Ushbu tamoyilni tahlil qiling. Ushbu tamoyil qaysi qonunchilik hujjatlarida mustahkamlangan? Misollar keltiring.
Davlatning davlat sifatida mustahkamlanishi, ravnaq topishi, o`z aholisini imkon boricha qulay ish o`rinlari bilan ta`minlashi, sanoatning har bir sohasida jahon standartidagi mahsulotlar ishlab chiqara olishi uning tadbirkorlarga yaratib berilgan sharoitllar, ularga beriladigan imtiyozlarning shaffofligi, tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qilinayotgan ishlar bilan bog`liq. Chunki, tadbirkorlik rivojlangan joyda kuchli raqobat bo`ladi, tadbirkorlar tomonidan o`z mijozlariga taqdim etadigan mahsulotlar, xizmatlar sifati yaxshilanishdan to`xtamaydi, eksport bop mahsulotlar, xizmatlar ko`payadi. Buning uchun davlat tadbirkorlaning imtiyozlar bilan ta`minlanishida tenglikni ta`minlashi, tadbirkolik subyektlarining faoliyati ortiqcha aralashuvlarning oldini olishi, davlat amaldorlari esa tadbirkorlik subyektlari bilan munosabatlarga kirishganda qandaydir vakolatlar egasi sifatida emas, balki yo`llangan xizmatchi sifatida muomala qilishi kerak. Har bir sohani rivojlantirishda ma`lum bir prinsiplarga hamda tamolyillarga tayaniladi. Shu jumladan tadbirkorlik sohasini rivojlantirishda ham. Shunday tamoyillardan biri tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog`liq holda kelib chiqadigan barcha tuzatib bo`lmaydigan qarama-qarshiliklar va noaniqliklar xo`jalik yurituvchi subyektning foydasiga hal qilinishi tamoyilidir. Ushbu tamoyil yuqorida aytib o`tgan fikrlamizning asoslarian biri desak, xato bo`lmaydi. Chunki, ushbu tamoyil faqat tadbirkorlik subyektlarining rivoji uchun xizmat qiladi. Ushbu tamoyil bir qancha qonun hujjatlarida mustahkamlab qo`yilgan. Xususan, O`zbekiston Respublikasi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to`g`risida”gi qonunining 11-moddasida ushbu tamoyil belgilab qo`yilgan. unga ko`ra, Tabirkorlik subyektlarining davlat organlari, shu jumladan, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar, shuningdek banklar bilan munosabatlarida tadbirkrolik subyektining huquqlari ustuvorligi prinsipi amal qiladi, unga muvofiq tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog`liq holda kelib chiqadigan barcha tuzatib bo`lmaydigan qarama-qarshiliklar va noaniqliklar xo`jalik yurituvchi subyektning foydasiga hal etiladi. Shuningdek, “Xo`jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to`g`risida”gi qonunning 5-moddasiga ko`ra, tadbirkolik subyekti huquqlarining ustuvorligi, unga muvofiq qonun hujjatlarida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog`liq holda yuzaga keladigan barcha bartaraf etib bo`lmaydigan ziddiyatlar va
noaniqliklar tadbirkorlik subyektining foydasiga talqin etiladi. Masalan, tog` zo`nasida davlat organi buyurtmasiga binoan “Acme” MCHJ tomonidan qurilayotgan bino kutilmagan tosh ko`chkisi oqibatida talofat ko`rdi. Natijada, davlat organi tadbirkorlik subyekti ustidan sudga murojaat qilib, kutilmagan hodisalar tadbikorlik subyekti tomonidan o`rganib chiqilishi kerakligini, shuning uchun kerakligini ko`rilgan zararni “Acme” MCHJning hisobidan qoplanishini talab qildi. Sud ishning holatlarini o`rganib chiqib, ushbu holatni kutilmagan fors- major holati sifatida baholadi hamda hal qiluv qarorini tadbirkorlik subyektining foydasiga chiqardi.
Xo`jalik shartnomalarini tuzishning erkinligi ta`moyili nimani anglatadi? Fuqarolik huquqi subyektlari o`z manfaalarini turli shartnomalar tuzish orqali ro`yobga chiqaradilar. Shuning uchun shartnomalar tuzish bilan bog`liq munosabatlarga alohida e`tibor qaratish talab etiladi. Shunday talablardan biri Xo`jalik shartnomalarini tuzishning erkinligi ta`moyilidir. Xo`jalik shartnomalarini tuzishning erkinligi ta`moyili tadbirkorlik faoliyatining amalga oshirishning eng asosiy prinsiplaridan biri hisoblanadi. Ushbu tamoyil O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 354-moddasi bilan mustahkamlab qo`yilgan. Unga ko`ra, fuqarolar va yuridik shaxslar shartnoma tuzishda erkindirlar. Shuningdek ushbu tamoyil O`zbekiston Respublikasi “Xo`jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to`g`risida”gi qonunning 4-moddasiga ko`ra, tadbirkorlik faoliyati sohasidagi shartnomaviy munosabatlarining asosiy prinsipi sifatida belgilab qo`yilgan. ushbu normalardan kelib chiqsak, shartnoma tuzishning erkinligi deganda, har bir fuqaro o`z tanloviga ko`ra, o`zi ishonchli deb hisoblagan shaxslar (yuridik va jismoniy shaxslar) bilan erkin shartnoma tuzishini anglatadi. Download 296.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling