Kattaqo`rg`on gaz servis
Download 296.49 Kb. Pdf ko'rish
|
Yyyyyyyyyy
5-kazus “Kattaqo`rg`on gaz servis” MCHJ 2007 yil 24-sentabr kuni Kattaqo`rg`on shahar hokimligi tomonidan 472-raqam bilan ro`yhatga olingan. “Kattaqo`r`gon gaz servis” MCHJ Ustavining 1.2 bandiga ko`ra, jamiyatning 100 foizlik ulush bilan yagona ta`sischisi Murotova Go`zal Sayfullayevna ko`rsatilgan.
“Kattaqo`rg`on gaz servis” MCHJning 2017-yil 9-martdagi ta`sis shartnomasiga asosan jamiyatning ustaviga kiritilgan o`zgartirishlar Kattaqo`rg`on shahar “Yagona darcha” markazi tomonidan 2017 yil 10-martda 472-raqam bilan ro`yhatdan o`tkazilgan. Ushbu o`zgarishlar matniga ko`ra, jamiyatning ta`sischilari Muratova Go`zal Sayfullayevna ustav fondining 73,25 yoki 780 311 000 so`mlik, Shamsiyev Obidjon ustav fondining 2,0 foizini yoki 21 064 990 so`mlik, Zokirova Orzigul Alimovna Ustav fondining 9,3 foizini yoki 99 218 000 so`mlik, Muratov Dilmurodjon Alimovich ustav fondining 2,93 % yoki 31 226 000 so`mlik va Alimov Odiljon Dilmurovich ustav fondining 12,52 % yoki 133 377 000 so`mlik ulushi bilan qayta ro`yhatddan o`tgan.
Shunday bo`lsa-da, “Kattaqo`rg`on gaz servis” MCHJ ning ta`sischisi, shuningdek, jamiyatning direktori vazifasida ishlab kelgan Murotava Go`zal 2018- yil 10-mayda jamiyatning yagona ta`sischisining qarorini qabul qilib, “Kozerog” AJ tomonidan 60 oy muddatga, shundan 5 oylik imtiyozlik davr bilan yillik 14 foiz bilan 540 000 000 so`m miqdorida olinadigan lizing bo`yicha “Kattaqo`rg`on gaz servis” MCHJ ga tegishli bo`lgan Samarqand Viloyati, Kattaqo`rg`on tumani, Kattaqo`rg`on QFY, Qozoqovul qishlog`i hududida joylashgan “Avtomobillarga gaz quyish va gza o`rnatish shahobchasi”ni 135 000 000 so`m qiymatda garovga qo`yishga qaror qabul qilgan va 2018-yil 25-may kunidagi ipoteka shartnomasiga asosan garovga qo`ygan.
Bundan xabar topgan MCHJnig ishtirokchisi (ta`sischisi) O.Alimova sudga murojaat qilib, “Kattaqo`rg`on gaz servis” MCHJ yagona ta`sischisining 2018 yil 10 maydagi qarorini haqiqiy emas deb topishni so`ragan. Download 296.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling