Kattaqo`rg`on gaz servis


Download 296.49 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/5
Sana02.01.2022
Hajmi296.49 Kb.
#202305
1   2   3   4   5
Bog'liq
Yyyyyyyyyy

 

 

 

 

 


Foydalanilgan adabiyotlar: 

1.  O`zbekiston  Respublikasi  Fuqarolik  kodeksi:  (2018  yil  1  noyabrgacha 

bo`lgan  o`zgartish  va  qo`shimchalar  bilan)  Rasmiy  nashr-O`zbekiston 

Respublikasi Adliya vazirligi.- T.: “Adolat”, 2018 y.-568 b. 

2.  “Ma`suliyati 

cheklangan  va  Qo`shimcha  ma`suliyatli  jamiyatlar 

to`g`risida”gi qonuni; 

3.  Fuqarolik-protsessual kodeksi; 



Foydalanilgan internet manbalari: 

1.  Lex.uz 

2.  Norma.uz 

3.  Public.sud.uz 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 


 

31-mantiqiy savol 

Xo`jalik yurituvchi subyektlarning davlat, shu jumladan, huquqni muhofaza 

qiluvchi  va  nazorat  qiluvchi  organlar,  shuningdek  banklar  bilan  munosabatlarida 

tadbirkrolik subyektining huquqlari ustuvorligi prinsipi amal qiladi, unga muvofiq 

tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog`liq holda kelib chiqadigan barcha 

tuzatib  bo`lmaydigan  qarama-qarshiliklar  va  noaniqliklar  xo`jalik  yurituvchi 

subyektning  foydasi.  Ushbu  tamoyilni  tahlil  qiling.  Ushbu  tamoyil  qaysi 

qonunchilik hujjatlarida mustahkamlangan? Misollar keltiring.  

 

Davlatning  davlat  sifatida  mustahkamlanishi,  ravnaq  topishi,  o`z  aholisini 



imkon  boricha  qulay  ish  o`rinlari  bilan  ta`minlashi,  sanoatning  har  bir  sohasida 

jahon  standartidagi  mahsulotlar  ishlab  chiqara  olishi  uning  tadbirkorlarga  yaratib 

berilgan  sharoitllar,  ularga  beriladigan  imtiyozlarning  shaffofligi,  tadbirkorlikni 

rivojlantirish  uchun  qilinayotgan  ishlar  bilan  bog`liq.  Chunki,  tadbirkorlik 

rivojlangan  joyda  kuchli  raqobat  bo`ladi,  tadbirkorlar  tomonidan    o`z  mijozlariga 

taqdim etadigan mahsulotlar, xizmatlar sifati yaxshilanishdan to`xtamaydi, eksport 

bop  mahsulotlar,  xizmatlar  ko`payadi.  Buning  uchun  davlat  tadbirkorlaning 

imtiyozlar  bilan  ta`minlanishida  tenglikni  ta`minlashi,  tadbirkolik  subyektlarining 

faoliyati ortiqcha aralashuvlarning oldini olishi, davlat amaldorlari esa tadbirkorlik 

subyektlari  bilan  munosabatlarga  kirishganda  qandaydir  vakolatlar  egasi  sifatida 

emas, balki yo`llangan xizmatchi sifatida muomala qilishi kerak.  

Har bir sohani rivojlantirishda ma`lum  bir prinsiplarga hamda tamolyillarga 

tayaniladi.  Shu  jumladan  tadbirkorlik  sohasini  rivojlantirishda  ham.  Shunday 

tamoyillardan biri tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog`liq holda kelib 

chiqadigan  barcha  tuzatib  bo`lmaydigan  qarama-qarshiliklar  va  noaniqliklar 

xo`jalik yurituvchi subyektning foydasiga hal qilinishi tamoyilidir.  Ushbu tamoyil 

yuqorida aytib o`tgan fikrlamizning asoslarian biri desak, xato bo`lmaydi. Chunki, 

ushbu tamoyil faqat tadbirkorlik subyektlarining rivoji uchun xizmat qiladi. Ushbu 

tamoyil  bir  qancha  qonun  hujjatlarida  mustahkamlab  qo`yilgan.  Xususan, 

O`zbekiston  Respublikasi  “Tadbirkorlik  faoliyati  erkinligining  kafolatlari 

to`g`risida”gi  qonunining  11-moddasida  ushbu  tamoyil  belgilab  qo`yilgan.  unga 

ko`ra,  Tabirkorlik  subyektlarining  davlat  organlari,  shu  jumladan,  huquqni 

muhofaza  qiluvchi  va  nazorat  qiluvchi  organlar,  shuningdek  banklar  bilan 

munosabatlarida  tadbirkrolik  subyektining  huquqlari  ustuvorligi  prinsipi  amal 

qiladi,  unga  muvofiq  tadbirkorlik  faoliyatini  amalga  oshirish  bilan  bog`liq  holda 

kelib  chiqadigan  barcha  tuzatib  bo`lmaydigan  qarama-qarshiliklar  va  noaniqliklar 

xo`jalik  yurituvchi  subyektning  foydasiga  hal  etiladi.  Shuningdek,  “Xo`jalik 

yurituvchi  subyektlar  faoliyatini  davlat  tomonidan  nazorat  qilish  to`g`risida”gi 

qonunning  5-moddasiga  ko`ra,  tadbirkolik  subyekti  huquqlarining  ustuvorligi, 

unga  muvofiq  qonun  hujjatlarida  tadbirkorlik  faoliyatini  amalga  oshirish  bilan 

bog`liq  holda  yuzaga  keladigan  barcha  bartaraf  etib  bo`lmaydigan  ziddiyatlar  va 



noaniqliklar  tadbirkorlik  subyektining  foydasiga  talqin  etiladi.  Masalan,  tog` 

zo`nasida  davlat  organi  buyurtmasiga  binoan  “Acme”  MCHJ  tomonidan 

qurilayotgan  bino  kutilmagan  tosh  ko`chkisi  oqibatida  talofat  ko`rdi.  Natijada, 

davlat  organi  tadbirkorlik  subyekti  ustidan  sudga  murojaat  qilib,  kutilmagan 

hodisalar  tadbikorlik  subyekti  tomonidan  o`rganib  chiqilishi  kerakligini,  shuning 

uchun  kerakligini  ko`rilgan  zararni  “Acme”  MCHJning  hisobidan  qoplanishini 

talab qildi. Sud ishning holatlarini o`rganib chiqib, ushbu holatni kutilmagan fors-

major  holati  sifatida  baholadi  hamda  hal  qiluv  qarorini  tadbirkorlik  subyektining 

foydasiga chiqardi.  

17-mantiqiy savol 

Xo`jalik shartnomalarini tuzishning erkinligi ta`moyili nimani anglatadi? 

Fuqarolik  huquqi  subyektlari  o`z  manfaalarini  turli  shartnomalar  tuzish 

orqali  ro`yobga  chiqaradilar.  Shuning  uchun  shartnomalar  tuzish  bilan  bog`liq 

munosabatlarga  alohida  e`tibor  qaratish  talab  etiladi.  Shunday  talablardan  biri 

Xo`jalik shartnomalarini tuzishning erkinligi ta`moyilidir. Xo`jalik shartnomalarini 

tuzishning  erkinligi  ta`moyili  tadbirkorlik  faoliyatining  amalga  oshirishning  eng 

asosiy  prinsiplaridan  biri  hisoblanadi.  Ushbu  tamoyil  O`zbekiston  Respublikasi 

Fuqarolik  kodeksining  354-moddasi  bilan  mustahkamlab  qo`yilgan.  Unga  ko`ra, 

fuqarolar  va  yuridik  shaxslar  shartnoma  tuzishda  erkindirlar.  Shuningdek  ushbu 

tamoyil  O`zbekiston  Respublikasi  “Xo`jalik  yurituvchi  subyektlar  faoliyatining 

shartnomaviy-huquqiy  bazasi  to`g`risida”gi  qonunning  4-moddasiga  ko`ra, 

tadbirkorlik  faoliyati  sohasidagi  shartnomaviy  munosabatlarining  asosiy  prinsipi 

sifatida belgilab qo`yilgan. ushbu normalardan kelib chiqsak, shartnoma tuzishning 

erkinligi deganda, har bir fuqaro o`z tanloviga ko`ra, o`zi ishonchli deb hisoblagan 

shaxslar (yuridik va jismoniy shaxslar) bilan erkin shartnoma tuzishini anglatadi.  



 

 

Download 296.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling