Kattaqo’rg’on tuman 55-umumiy o’rta ta’lim maktabida o’tkazilgan navbatdagi pedagogik yig’ilishining bayonnomasi №2
Download 13.94 Kb.
|
55-maktab Odob-axloq ped kengash\'
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’IBDO’ –Sh.Kenjayev, MMIBDO’ – F.Xujanov, barcha pedagog xodimlar va sinf rahbarlari. KUN TARTIBI
- QAROR QILADI
- Yig’ilish raisi: Q,Rizayev Yig’ilish kotibi: Sh.Gadayeva
Kattaqo’rg’on tuman 55-umumiy o’rta ta’lim maktabida o’tkazilgan navbatdagi pedagogik yig’ilishining BAYONNOMASI № 2____ 25.10.2022 yil Abulqosim q-q Yig’ilish raisi: Q.Rizayev Yig’ilish kotibi: Sh.Gadayeva Qatnashdilar: O’IBDO’ –Sh.Kenjayev, MMIBDO’ – F.Xujanov, barcha pedagog xodimlar va sinf rahbarlari. KUN TARTIBI O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2022-yil 28-iyuldagi 246-son buyrug’i bilan tasdiqlangan “Umumiy o’rta ta’lim muassasalarining ichki tartib va odob-axloq qoidalari” ijrosini ta’minlash va yanada samaradorligini oshirish. ESHITILDI: Yig’ilishni maktab direktori Q.Rizayev ochib, bugungi yig’ilishni mazmun-mohiyati haqida tushuncha berdi. “Umumiy o’rta ta’lim muassasasining ichki tartib va odob-axloq qoidalarini yangi tahrirda tasdiqlash” to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2022-yil 28-iyuldagi 246-son buyrug’I bilan tanishib chiqdim, unga ko’ra buyruqning 1-ilovasida “Umumiy o’rta ta’lim muasssalarining ichki tartib va odob-axloq qoidalari” berilgan, unda maktab xodimlari, o’quvchilar va ularning ota-onalarining huquq va majburiyatlari keng yoritilgan. 2-ilovasiga asosan “Umumiy o’rta ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy faoliyatni tashkil qilish”ga qaratilgan “Na’munali maktab direktori”, “Na’munali muallim”, “Na’munali o’quvchi” va “Na’munali ota-ona” mezonlri asosida ish tashkil etiladi. 3-ilovasiga asosan ichki tartib va odob-axloq qoidalarini umumiy o’rta ta’lim muassasalarida joriy etish sxemasi asosida ish tashkil etiladi. Maktabda ushbu qoidalarga rioya etilishi uchun maktab raxbarlari bilan bir qatorda sinf rahbarlari hamda pedagog xodimlar birgalikda harakat qilib boramiz va maqsadimizga erishamiz. Sinf rahbarlar ota-onalar bilan muloqot qilib, ushbu yangiliklar bilan tanishtirib boriboriladi va yangi odob-axloq qoidalarini tanishtirib borish kerakligini tushuntirib o’tdi. Kun tartibidagi masala yuzasidan yig’ilishning boshqa ishtirokchilari ham so’zga chiqib, bu borada olib boriladigan ishlarda o’z mehnatlarini ayamasliklarini va odob-axloq qoidalariga rioya qilishlarini bildirdilar. Shundan so’ng MMIBDO’ – Sh.Kenjayev so’zga chiqib, O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2022-yil 28-iyuldagi 246-son buyrug’i bilan tasdiqlangan “Umumiy o’rta ta’lim muassasalarining ichki tartib va odob-axloq qoidalari” haqida tushuncha berib, “Umumiy o’rta ta’lim muassasalarining ichki tartib va odob-axloq qoidalari”da maktab jamoasi va pedagog xodimlar uchun belgilab qo’yilgan qoidalarni yig’ilish qatnashchilariga o’qib eshittirdi. Shuningdek, bugungi kunda axborot texnologiyalari jamiyat hayotiga shiddat bilan kirib kelayotganligi, u o’z ta’sirini tobora kengroq ko’rsatayotganligi, shuning uchun biz o’quvchi yoshlarga zamonaviy ta’lim berish bilan birga yuksak insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalash, “ommaviy madaniyat” va ma’naviy tahdidlardan asrash lozimligi, shuning uchun maktabda har bir o’quvchi “Umumiy o’rta ta’lim muassasalarining ichki tartib va odob-axloq qoidalari”ni bilishi , unga rioya qilishi, darslarda ma’naviyat soatlarida bu haqida tushuntirish ishlarini olib borilishi kerakligi haqida to’xtalib o’tdi. Maktab o’qituvchilaridan I.Raxmatillayev so’zga chiqib, ushbu qoidalarga to’liq rioya qilishlari lozimligi to’g’risida nutq so’zladilar. Yuqoridagi fikr-mulohazalarni inobatga olib, yig’ilish QAROR QILADI: Yuqorida o’qib eshittirilgan ma’ruzalardagi masalalar rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin. O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2022-yil 28-iyuldagi 246-son buyrug’I bilan tasdiqlangan “Umumiy o’rta ta’lim muassasalarining ichki tartib va odob-axloq qoidalari” ni tasdiqlash to’g’risidagi 246-sonli buyrug’I ijrosini ta’minlash va yanada samaradorligini oshirish yuzasidan maktab ishchi guruhi tuzilsin. O’quvchilarning ota-onalari yoki ularning o’rnini bosuvchi shaxslar orasida “Umumiy o’rta ta’lim muassasalarining ichki tartib va odob-axloq qoidalari” to’g’risida targ’ibot-tashviqot ishlarini olib borilsin. Maktab o’quvchilari O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2022-yil 28-iyuldagi 246-son buyrug’i bilan tasdiqlangan “Umumiy o’rta ta’lim muassasalarining ichki tartib va odob-axloq qoidalari” ni tasdiqlash to’g’risidagi 246-sonli buyrug’I 3-bob 27-28 bandlariga rioya etishlarini ta’minlash maqsadida targ’ibot ishlarini olib borish sinf rahbarlar zimmasiga yuklatilsin. O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2022-yil 28-iyuldagi 246-son buyrug’I bilan tasdiqlangan “Umumiy o’rta ta’lim muassasalarining ichki tartib va odob-axloq qoidalari” ni tasdiqlash to’g’risidagi 246-sonli buyrug’i ijrosini ta’minlash va yanada samaradorligini oshirish yuzasidan maktab chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqish MMIBDO’ – F.Xujanov zimmasiga yuklatilsin. Ushbu qarorni ijrosini nazorat qilishni o’z zimmamda qoldiraman. Yig’ilish raisi: Q,Rizayev Yig’ilish kotibi: Sh.Gadayeva Download 13.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling