Kavitatsiya hodisasi. Trubinalarni rostlash prinsiplari


Download 256.11 Kb.
bet2/2
Sana28.12.2022
Hajmi256.11 Kb.
#1024912
1   2
Bog'liq
KAVITATSIYA HODISASI.TRUBINALARNI ROSTLASH PRINSIPLARI

KAVITATSIYA (lot. cavitas — bo’shliq) — suyuqlik ichida gaz, bug’ yoki ularning aralashmasi bilan to’lgan bo’shliq (kavitatsiya pufakchalari) hosil bo’lish hodisasi. Tez oqayotgan suyuklikda bosimning maʼlum kritik qiymatgacha kamayishi (gidrodinamik Kavitatsiya) natijasida yoki suyuqlikda akustik to’lqinlarning o’tishi (akustik Kavitatsiya) natijasida sodir bo’ladi. Suyuqlikdagi gaz va bug pufakchalari cheksiz ortib boradi va katta «kavitatsiya pufakchalari»ga aylanadi. Pufakchalar suyuqlikda gaz erishi tufayli hosil bo’lib, bosim kritik bosimdan yuqori bosim sohasigacha yetganda kamaya boradi va yo’qoladi. Natijada suyuqlik aylanib o’tayotgan jism yaqinida pufakchalar bilan to’lgan chegara — «kavitatsiya zonasi» hosil bo’ladi. Zona chegarasida pufakchalar juda tez kamayib boradi va gidravlik zarba vujudga keladi. Bunday zarbalarning qo’shilishi natijasida hamma vakt Kavitatsiya b-n birga g’uvullayotgan ovoz chiqadi.
Kavitatsiya gidroinshootlar va qurilmalar, suv turbinalari, suyuklik nasoslari, turbovintlar, baland uchadigan samolyotlarning suyuq tizimlari va b. ga zararli taʼsir ko’rsatadi, f. i. k. ni kamaytiradi, inshootlarni portlatib yuborishi ham mumkin. Kavitatsiyani yo’qotish uchun suyuqlik harakati sekinlashtiriladi, gidrostatik bosim oshiriladi.


Download 256.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling