Muhandis texnika
Download 20.42 Kb.
|
Bayonnoma kafedra mehnat muhofazasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qatnashdilar
- Kuntartibi: 3.Har xil masalalar.
- QAROR QILINDI
- Rais: t.f.d prof. S.S.Eshev Kotib
QARSHI MUHANDISLIK IQTISODIYOT INSTITUTI “MUHANDIS TEXNIKA” FAKULTETI “Gidravlika va gidroinshootlar” kafedrasi professor-о‘qituvchilar yig‘ilishining___-sonli bayonidan KО‘CHIRMA «___» __________2023y Qarshi shahri
Kuntartibi: 3.Har xil masalalar. Kafedra professor-о‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan о‘quv-uslubiy ishlar muhokamasi. ESHITILDI: Kafedra professori R.T.Xо‘jaqulov sо‘zga chiqib,“Gidravlika va gidroinshootlar” kafedrasi dotsenti A.N.Xazratov M.I.Rahmatov va stajyor o’qituvchi D.D.Dilshodovalar tomonidan tayyorlangan “Gidravlika” fanidan amaliy ishlarini bajarish bo’yicha uslubiy ko’rsatmani muhokamaga qо‘ydi. Uslubiy ko’rsatmada keltirilgan mavzularning mazmuni va mohiyati hamda ularning ketma-ketliklari bilan tanishtirdi. Uslubiy ko’rsatma ta’lim yо‘nalishining namunaviy dasturiga muvofiq ravishda hamda institut Uslubiy va Ilmiy Kengashlarining mutaxassislik fanlaridan davlat tilida adabiyotlar yaratish rejalariga kо‘ra yozilganligi xususida tо‘xtalib о‘tdi. Uslubiy ko’rsatmaga “G va GI” kafedrasi dotsenti Sh.Berdiyev va ISMITI ilmiy kotibi, t.f.f.d., dotsent U.A.Sadiyev tomonidan berilgan ijobiy taqrizlar mavjudligini aytdi. Uslubiy ko’rsatma 61020200 –“ Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi” bakalavriat ta’lim yо‘nalishlarining namunaviy dasturiga kо‘ra yozilgan va uni о‘quv jarayoniga qо‘llashni tavsiya qildi. SО‘ZGA CHIQDILAR: Dotsent Sh.J.Berdiyev, katta о‘qituvchilar T.O.Doniyorov va I.E.Saidovlar sо‘z olishib, Dotsent A.N.Xazratov, M.I.Rahmatov va D.D.Dilshodovalar tomonidan tayyorlangan “Gidravlika” fanidan amaliy mashg‘ulot topshiriqlarini bajarish uchun uslubiy qo’llanma bakalavriat ta’lim yо‘nalishining namunaviy dasturiga mosligi, mavzularning yoritilish ketma-ketligi fanlarning mazmuniga qо‘yilgan talablarga javob berishi, yangi ma’lumotlar, texnika va texnologiyaga doir yangiliklarning qamrab olganligi tо‘g‘risida fikrlarni bildirdilar. Uslubiy qo’llanmani “Muhandislik texnika” fakulteti uslubiy komissiyasi va institutning Uslubiy Kengashlarida muhokama etilishi va uni tasdiqlash tо‘g‘risidagi takliflar bildirildi. Taklif bir ovozdan ma’qullandi. QAROR QILINDI: 61020200 – “Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi” bakalavriat ta’lim yо‘nalishlarining talabalari va R.T.Xо‘jaqulov sо‘zga chiqib,“Gidravlika va gidroinshootlar” kafedrasi A.N.Xazratov M.I.Rahmatov va stajyor-o’qituvchi D.D.Dilshodovalar tomonidan tayyorlangan “Gidravlika” fanidan amaliy mashg‘ulot topshiriqlarini bajarish uchun uslubiy qо‘llanma muhokama etish va uni tasdiqlash fakultet uslubiy komissiyasidan sо‘ralsin.
Download 20.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling