Kavsar turdiyeva


Download 48.61 Kb.
bet3/3
Sana28.12.2022
Hajmi48.61 Kb.
#1016960
1   2   3
Bog'liq
KAVSAR TURDIYEVA

KAVSAR TURDIYEVA

Mana, ular qo`shni bolalarni uyga taklif qilib mehmon qilishdi. Sovitgichdagi bor yegulikni “quritishdi”. Mana, qo`shnisi o`z bolasini qarab turish uchun tashlab ketdi. Ular butun uyni boshiga ko`tarib, bolakayni zeriktirmaslik uchun uni ot bo`lib mindirishdi, oynani sindirishdi. Keyin yuqori qavat balkonidan uning yelkasidan ushlab, pastdagi voqea-yu manzaralarni tomosha qildirishyapti. She`r quyidagicha yakunlanadi. Bolalar onasiga telefon qilib, shu haqida xabar berishadi:



Endi-chi, balkon osha
Qilayapmiz tomosha.
Uni mitti qushlardek
Yelkasidan ushladik.
Ko`ylagidan tutyapmiz,
Onasini kutyapmiz.



Pastga qarar biz bilan,
Gaplashsinmi siz bilan?
Go`yo qolganday tildan,
Oyim “oh” dedi birdan.
Yo telefon buzildi,
Yo simlari uzildi…



Kavsar Turdiyevaning qahramonlari quvnoq, ochiqko`ngil, biror noto`g`ri ish qilib qo`yishsa, albatta, o`z xatolarini tushunishadi. Yoki bo`lmasa, bu xatolarni o`quvchi anglaydi va uni o`zida tuzatishga harakat qiladi.
Uning mumtoz bolalar she`riyati namunalariga aylangan “Oyim bilan arazlashdim”, “Yodlasam bo`lmasmidi?”, “Kattamanmi yo kichik?”, “Yozma ish”, “Momaqaldiroq” kabi she`rlari bolalar adabiyotiga bag`ishlangan turli anjumanlarda yuqori baholangan. “Yozma ish” va “Yodlasam bo`lmasmidi?”, “Momaqaldiroq” she`rlari esa “Zumrasha” bolalar hajviy kinojurnalida ekranlashtirilgan. “Yodlasam bo`lmasmidi?” she`rida kichik qahramon maktabga she`rini yodlamay boradi va dars oldidan mo`jiza sodir bo`lishini intiqlik bilan kutadi. U hamma narsaga rozi: shanbalikka chiqishga ham, hatto shifokor kelib hammaga ukol qilishiga ham. Ammo mo`jiza sodir bo`lmadi: o`qituvchi hammadan she`r yodlab berishni so`raydi.
Shoiraning “Sumalak va ming tilak”, “Irkitvoy va Kirketjon” kabi she`riy ertaklarida voqealar zanjirli bo`lib, ular eng kichik yoshdagi o`quvchilar ongiga tezroq yetib boradi.
Irkitvoy pashsha bilan do`st bo`lib, avval qo`shni qizcha, so`ng qo`shni amaki, keyin oyisi oldiga uchib boradi, ammo uni hech kim tanimaydi. Mazkur she`riy ertak ozodalik targ`ibotining eng go`zal namunasidir.
Uning “Sumalak va ming tilak” she`riy ertagi milliy qadriyatlarimizning bolalar tarbiyasidagi ahamiyatini ko`rsatadi. Qizaloq sumalakka solish uchun toshlar yig`ish bahonasida tilaklar ham yig`adi. Kapalak, uloqcha, oyisi, opoqi, do`stdan tilaklar oladi. She`r shunday boshlanadi. Tilaklarning bari ezgu.
Ketdi sovuq, ketdi qor,
Salom, go`zal gulbahor.
Salom, navro`z, yashillik,
Ezgulik va yaxshilik.
Kavsar Turdiyeva hozirgi zamon o`zbek bolalar she`riyatida o`z ovoziga, o`z uslubiga ega. Uning she`rlari yosh avlod tarbiyasida katta ahamiyatga ega.



8 «Ж» класс


специализированной школы № 21
2019-2020 учебный год


Классный руководитель:
НИШОНОВА Д.О.
Download 48.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling