Kavsar turdiyeva
Download 48.61 Kb.
|
KAVSAR TURDIYEVA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8 «Ж» класс специализированной школы № 21 2019-2020 учебный год Классный руководитель: НИШОНОВА Д.О.
KAVSAR TURDIYEVA
Mana, ular qo`shni bolalarni uyga taklif qilib mehmon qilishdi. Sovitgichdagi bor yegulikni “quritishdi”. Mana, qo`shnisi o`z bolasini qarab turish uchun tashlab ketdi. Ular butun uyni boshiga ko`tarib, bolakayni zeriktirmaslik uchun uni ot bo`lib mindirishdi, oynani sindirishdi. Keyin yuqori qavat balkonidan uning yelkasidan ushlab, pastdagi voqea-yu manzaralarni tomosha qildirishyapti. She`r quyidagicha yakunlanadi. Bolalar onasiga telefon qilib, shu haqida xabar berishadi:
Kavsar Turdiyevaning qahramonlari quvnoq, ochiqko`ngil, biror noto`g`ri ish qilib qo`yishsa, albatta, o`z xatolarini tushunishadi. Yoki bo`lmasa, bu xatolarni o`quvchi anglaydi va uni o`zida tuzatishga harakat qiladi. Uning mumtoz bolalar she`riyati namunalariga aylangan “Oyim bilan arazlashdim”, “Yodlasam bo`lmasmidi?”, “Kattamanmi yo kichik?”, “Yozma ish”, “Momaqaldiroq” kabi she`rlari bolalar adabiyotiga bag`ishlangan turli anjumanlarda yuqori baholangan. “Yozma ish” va “Yodlasam bo`lmasmidi?”, “Momaqaldiroq” she`rlari esa “Zumrasha” bolalar hajviy kinojurnalida ekranlashtirilgan. “Yodlasam bo`lmasmidi?” she`rida kichik qahramon maktabga she`rini yodlamay boradi va dars oldidan mo`jiza sodir bo`lishini intiqlik bilan kutadi. U hamma narsaga rozi: shanbalikka chiqishga ham, hatto shifokor kelib hammaga ukol qilishiga ham. Ammo mo`jiza sodir bo`lmadi: o`qituvchi hammadan she`r yodlab berishni so`raydi. Shoiraning “Sumalak va ming tilak”, “Irkitvoy va Kirketjon” kabi she`riy ertaklarida voqealar zanjirli bo`lib, ular eng kichik yoshdagi o`quvchilar ongiga tezroq yetib boradi. Irkitvoy pashsha bilan do`st bo`lib, avval qo`shni qizcha, so`ng qo`shni amaki, keyin oyisi oldiga uchib boradi, ammo uni hech kim tanimaydi. Mazkur she`riy ertak ozodalik targ`ibotining eng go`zal namunasidir. Uning “Sumalak va ming tilak” she`riy ertagi milliy qadriyatlarimizning bolalar tarbiyasidagi ahamiyatini ko`rsatadi. Qizaloq sumalakka solish uchun toshlar yig`ish bahonasida tilaklar ham yig`adi. Kapalak, uloqcha, oyisi, opoqi, do`stdan tilaklar oladi. She`r shunday boshlanadi. Tilaklarning bari ezgu. Ketdi sovuq, ketdi qor, Salom, go`zal gulbahor. Salom, navro`z, yashillik, Ezgulik va yaxshilik. Kavsar Turdiyeva hozirgi zamon o`zbek bolalar she`riyatida o`z ovoziga, o`z uslubiga ega. Uning she`rlari yosh avlod tarbiyasida katta ahamiyatga ega. 8 «Ж» класс специализированной школы № 21 2019-2020 учебный год Классный руководитель: НИШОНОВА Д.О. Download 48.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling