Kavsar turdiyeva
Download 48.61 Kb.
|
KAVSAR TURDIYEVA
Yagonadir Vatan,
Asra uni har dam. Sendan, mendan, bizdan, Har bir o`g`il-qizdan Vatan iqbol kutar, Bizga imkon tutar. “Bu bizning O`zbekiston” she`ri esa respublikamiz viloyatlarining o`ziga xos jihatlarini iftixor bilan tarannum etadi. Bu she`rda ham bolalar uchun qulay savol-javob shakli tanlanadi: – Qaysi yurtning nonlari Kiritadi jonlarni? – Minoralari baland Samarqand bu, Samarqand! Kavsar Turdiyevaning so`nggi yillardagi ijodida turkum she`rlar katta o`rin tutadi. Bu, eng avvalo, kichik bog`cha yoshidagi bolalar uchun mo`ljallangan “Harakatli o`yin” she`rlari turkumi. Ular “Tug`ilgan kun”, “Biz aqlli bolamiz”, “Tozalik – go`zallik”, “Badantarbiya”, “Tandirimiz”, “Oftob chiqdi olamga”, “Sichqonchalar qo`shig`i” va ko`pgina boshqa she`rlardir. “Tug`ilgan kun” she`ri barcha bog`chalarda harakatli o`yin sifatida tarbiyalanuvchilarni tug`ilgan kun bilan qutlash uchun mo`ljallangan: Akbarshoh: Gulshodaning bugun tug`ilgan kuni, Davra qurib tabriklaymiz biz uni, Bo`yi o`ssin bunaqa (Bolalar qo`li bilan baland harakatni qilishadi). Yigit: Qizcha bo`lsin bunaqa, bunaqa (Bolalar qo`li bilan “a`lo” harakatini qilishadi). Jumladan, sichqonchalar qo`shig`ida ham jonivorlarni jonlantirish orqali bolalarga axloq-odobning ilk saboqlari beriladi:
Bu she`r ham qofiyalarning jarangdorligi, harakatlarning tezligi, taqlidiy so`zlarning ko`pligi va bolalarga tanish so`zlar ishlatilishi bilan bolalar diqqatini o`ziga jalb qiladi va tez yodlanadi. Xuddi “Oftob chiqdi olamga” she`ridagi kabi: Oftob chiqdi olamga Nuri tushdi xonamga. Sen quvnoqsan, men quvnoq, Davraga tushgin, o`rtoq. Quvnoq qo`shiq boshlanar, Taq-taq qilar poshnalar Taq-taq-taq, tuq-tuq-tuq, O`ynamagan bizda yo`q. Kavsar Turdiyevaning ko`plab turkumlari, jumladan, ko`chalarga, kasblarga, hayvonot olamiga, dorivor giyohlarga, yo`l harakati qoidalariga, meva va sabzavotlarga bag`ishlangan. Yana uning turli shakldagi alifbolari ham diqqatga sazovordir. Masalan, Kavsar Turdiyevaning qaysi she`r turkumini o`qimang, ularda ma`naviy barkamollikka chorlash, yurtning ravnaqini ko`rish istagi barq uradi. “Toshkent ko`chalari” turkumiga kiritilgan “Mehribon”, “Iltifot”, “Orzu”, “Vijdon ko`chasi” haqidagi she`rlari bunga misol bo`la oladi. Masalan, “Vijdon ko`chasi” she`rini olaylik: Ko`chamga bosganing on, Senda uyg`onar vijdon. Menga tomon qadam tashlaysan, So`ngra o`ylay boshlaysan. Xafa qilgan kishingni, Qilgan yomon ishingni. O`tgan bo`lsa ayb-qusur, Borib so`raysan uzr. Hatto og`ir bo`lsa ham, Xatolaring olgach tan. Vijdoningni sozlaysan, So`ngra nafas rostlaysan. Bu she`rlar kichik yoshdagi o`quvchilar ko`z o`ngida mehr, iltifot, vijdon kabi mavhum tushunchalarni jonlantirishga yordam beradi. Uning kasblar haqidagi 1-4sinf o`quvchilariga mo`ljallangan she`rlari 100 ta kasbga bag`ishlangan va ular turli hajmga ega: 1-sinf uchun 4 qatordan, 2sinf uchun 6,3-sinf o`quvchilari uchun 8,4-sinf o`quvchilari uchun 12 qatordan iborat va turli-tuman kasblarni o`z ichiga oladi. Masalan, “Kinolog” yoki “Landshaft dizayneri”, “Laborant”, “DAN xodimi”, “Ofitsiant”, “Telefon operatori”, “Etnolog”, “Ixtiolog” va boshqalar. Mana “Landshaft dizayneri” she`rini o`qib ko`raylik:
“Kasblar alifbosi” haqidagi she`rda turli kasbni orzu qilgan bolalar ana shu sohada eng mahoratli, eng bilimdon va yurtining obro`-e`tibori uchun xizmat qilishni orzu qiladi. Masalan, agronom oyga tarvuz-qovunlar, paxta ekib, ularni karvon orqali yerga yuborishni orzu qiladi. Bog`bon yangi nav yaratishni xohlaydi. Harflar haqida juda ko`p she`rlari mavjud. Masalan, “Harflar ustaxonasi”, “Bemor B”, “Harflar she`r yozishgani haqida”. Ularda she`rlarni ma`rifiy va ma`naviy maqsadi birlashib ketadi va o`quvchida zavq uyg`otadi. Bola ruhiyatining turli qirralari aks etadi. Kavsar Turdiyeva bir she`rida harflarning shakli haqida ma`lumot beradi. Masalan: A harfi ko`p yoshidan, Alifbening boshida. O`xshar ikki oyoqqa, Tomga, ikki tayoqqa. Shoira hatto to`rtliklarga ham quvnoqlikni, tarbiyani va ma`rifatni joylaydi. Masalan, V harfiga yozilgan she`r: A harfga qo`shsang meni, Va deb bog`layman seni. Nimadir bir jon-u tan? Men, oilam va Vatan. Yoki P harfiga: Paqillog`i paqillab, Yursa kimdir laqillab, P harfidan beomon, Bir so`z kelar – Pushaymon. Kavsar Turdiyevaning ko`pgina she`rlari sujetli. Ularda qahramonlar o`zlarining aynan bolalarcha xulq-atvori bilan kattalarni bolalikka qaytarsa, kichik o`quvchilarni hayratga soladi. Ularning beg`ubor qalbi va orzu-tilaklari aks etadi. Masalan, “Telefon” she`rida telefondan ikki opa-uka tinmasdan oyisiga qo`ng`iroq qilishi tabiiy aks etgan. Download 48.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling