Vatan iqbol kutar
Download 64.88 Kb.
|
Kavsar Turdiyeva
- Bu sahifa navigatsiya:
- VATAN IQBOL KUTAR
- USTOZLAR
- MENDAN AZIZ SHIPPAK
- BO‘LING HARFGA HURMATDA
- Lotinda
- Mamasoli JUMABOYEV
- TADQIQOT
“Oʻzbek adiblari” (S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti, 2016) kitobidan. Kirilda | Lotinda Kavsar Turdiyevaning har bir sheʼri maʼnaviy yo maʼrifiy tarbiyaga, koʻpincha, ikkalasiga baravar xizmat qiladi. Kavsar Turdiyevaning bolalarga atalgan sheʼrlarini mavzu jihatdan boʻlib chiqsak, ularda vatanparvarlik, mehnat, tabiat, bogʻcha va maktab, ota-onaga munosabat, doʻstlik, sogʻlom turmush tarzi va boshqa mavzularni uchratish mumkin. Har qaysi sheʼr bolalar adabiyotining oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan tarzda oʻquvchilar yoshi va bolalar sheʼriyatining talabidan kelib chiqqan holda yoritiladi. Muallif sheʼrlarining maʼnaviy-axloqiy yuki, tasviriyligi, musiqiyligi, ularning koʻpchiligi kuyga solinishiga sabab boʻldi. Jumladan, “Mard oʻgʻlonlar boʻlamiz”, “Lolaqizgʻaldoq”, “Zamonaviy qizaloq”, “Sehrli oʻlka”, “Mittivoylar qoʻshigʻi”, “Bolalik”, “Yaxshi bola, yomon bola” va boshqalar. Masalan, “Yaxshi bola, yomon bola” sheʼri eng kichik yoshdagi bolalarga moʻljallangan boʻlib, ularning yoshiga koʻra qilgan ishlarini tasvirlab, yaxshi yo yomonligi taʼkidlanadi: Gullar ekib, daraxtlarni oqlaganlar, Tabiatning goʻzalligin saqlaganlar, Jonzotlarga kimda mehr kuchli, moʻldir, Bilib qoʻying, bunday bola yaxshi, zoʻrdir. Kichik maktab yoshidagi bolalarga moʻljallangan “Mard oʻgʻlonlar boʻlamiz” sheʼri ham ota va oʻgʻilning savol-javobi tariqasida beriladi. Unda xalq ogʻzaki ijodi mahsuli boʻlgan maqollardan unumli foydalanadi va bolalarga ommabop, sodda tilda oʻz fikrlarini ifodalaydi. Aynan savol-javob shakli sheʼrda xuddi samimiy suhbat koʻrinishini namoyon qiladi va oʻquvchining ishonchini oqlaydi: – Togʻni baland demangizlar,
– Ha, dadajon, qoʻrqmaymiz biz, Mard va polvon boʻlamiz. Ishonchingiz oqlash uchun Kuch-qudratga toʻlamiz. Umuman, shoiraning vatanparvarlik mavzusidagi koʻpgina sheʼrlarida Vatan uchun yosh avlodning masʼulligi, ular shu yurt ravnaqi uchun kuch-gʻayratlarini ayamasliklari kerakligi, onaVatanning yaratib berayotgan imkoniyatlaridan toʻlagonli foydalanishlari oʻzlarining, shu bilan birga, Vatanning yuksalishiga olib kelishi yaqqol koʻrsatiladi. Chunki yurt farzandi – oʻsha elning bir boʻlagi, ular bir-birini toʻldiradi va bir-biriga kerak: Yuqoridagi sheʼrda Vatan, uning qismlari, boʻlaklari, yaʼni uni tashkil qiluvchilari quyosh, oy, zamin uygʻunligi tarannum etiladi.
Yurtimning oyi. Vatanim jismida Men ham bir boʻlak, Vatanim menga-yu, Men unga kerak. Agar bu yerda Vatan obrazi lirik talqin etilsa, “Vatan iqbol kutar” sheʼrining har bir misrasi goʻyo harakat uchun dasturdek jaranglaydi: Senda, menda, bizda, Har bir oʻgʻil-qizda, Yagonadir Vatan, Asra uni har dam. Sendan, mendan, bizdan, Har bir oʻgʻil-qizdan Vatan iqbol kutar, Bizga imkon tutar. “Bu bizning Oʻzbekiston” sheʼri esa respublikamiz viloyatlarining oʻziga xos jihatlarini iftixor bilan tarannum etadi. Bu sheʼrda ham bolalar uchun qulay savol-javob shakli tanlanadi: – Qaysi yurtning nonlari
– Minoralari baland Samarqand bu, Samarqand! Kavsar Turdiyevaning soʻnggi yillardagi ijodida turkum sheʼrlar katta oʻrin tutadi. Bu, eng avvalo, kichik bogʻcha yoshidagi bolalar uchun moʻljallangan “Harakatli oʻyin” sheʼrlari turkumi. Ular “Tugʻilgan kun”, “Biz aqlli bolamiz”, “Tozalik – goʻzallik”, “Badantarbiya”, “Tandirimiz”, “Oftob chiqdi olamga”, “Sichqonchalar qoʻshigʻi” va koʻpgina boshqa sheʼrlardir. “Tugʻilgan kun” sheʼri barcha bogʻchalarda harakatli oʻyin sifatida tarbiyalanuvchilarni tugʻilgan kun bilan qutlash uchun moʻljallangan:
Jumladan, sichqonchalar qoʻshigʻida ham jonivorlarni jonlantirish orqali bolalarga axloq-odobning ilk saboqlari beriladi: Cha-cha-cha, Salom, sichqoncha. Choʻm-choʻm-choʻm, Qilaylik achom.
Yur, oʻynaylik-chi. Cha-cha-cha, Xayr tonggacha. Bu sheʼr ham qofiyalarning jarangdorligi, harakatlarning tezligi, taqlidiy soʻzlarning koʻpligi va bolalarga tanish soʻzlar ishlatilishi bilan bolalar diqqatini oʻziga jalb qiladi va tez yodlanadi. Xuddi “Oftob chiqdi olamga” sheʼridagi kabi: Oftob chiqdi olamga Nuri tushdi xonamga. Sen quvnoqsan, men quvnoq, Davraga tushgin, oʻrtoq. Quvnoq qoʻshiq boshlanar, Taq-taq qilar poshnalar Taq-taq-taq, tuq-tuq-tuq, Oʻynamagan bizda yoʻq. Kavsar Turdiyevaning koʻplab turkumlari, jumladan, koʻchalarga, kasblarga, hayvonot olamiga, dorivor giyohlarga, yoʻl harakati qoidalariga, meva va sabzavotlarga bagʻishlangan. Yana uning turli shakldagi alifbolari ham diqqatga sazovordir. Masalan, Kavsar Turdiyevaning qaysi sheʼr turkumini oʻqimang, ularda maʼnaviy barkamollikka chorlash, yurtning ravnaqini koʻrish istagi barq uradi. “Toshkent koʻchalari” turkumiga kiritilgan “Mehribon”, “Iltifot”, “Orzu”, “Vijdon koʻchasi” haqidagi sheʼrlari bunga misol boʻla oladi. Masalan, “Vijdon koʻchasi” sheʼrini olaylik: Koʻchamga bosganing on, Senda uygʻonar vijdon. Menga tomon qadam tashlaysan, Soʻngra oʻylay boshlaysan. Xafa qilgan kishingni, Qilgan yomon ishingni. Oʻtgan boʻlsa ayb-qusur, Borib soʻraysan uzr. Hatto ogʻir boʻlsa ham, Xatolaring olgach tan. Vijdoningni sozlaysan, Soʻngra nafas rostlaysan. Bu sheʼrlar kichik yoshdagi oʻquvchilar koʻz oʻngida mehr, iltifot, vijdon kabi mavhum tushunchalarni jonlantirishga yordam beradi. Uning kasblar haqidagi 1-4sinf oʻquvchilariga moʻljallangan sheʼrlari 100 ta kasbga bagʻishlangan va ular turli hajmga ega: 1-sinf uchun 4 qatordan, 2sinf uchun 6,3-sinf oʻquvchilari uchun 8,4-sinf oʻquvchilari uchun 12 qatordan iborat va turli-tuman kasblarni oʻz ichiga oladi. Masalan, “Kinolog” yoki “Landshaft dizayneri”, “Laborant”, “DAN xodimi”, “Ofitsiant”, “Telefon operatori”, “Etnolog”, “Ixtiolog” va boshqalar. Mana “Landshaft dizayneri” sheʼrini oʻqib koʻraylik:
“Kasblar alifbosi” haqidagi sheʼrda turli kasbni orzu qilgan bolalar ana shu sohada eng mahoratli, eng bilimdon va yurtining obroʻ-eʼtibori uchun xizmat qilishni orzu qiladi. Masalan, agronom oyga tarvuz-qovunlar, paxta ekib, ularni karvon orqali yerga yuborishni orzu qiladi. Bogʻbon yangi nav yaratishni xohlaydi. Harflar haqida juda koʻp sheʼrlari mavjud. Masalan, “Harflar ustaxonasi”, “Bemor B”, “Harflar sheʼr yozishgani haqida”. Ularda sheʼrlarni maʼrifiy va maʼnaviy maqsadi birlashib ketadi va oʻquvchida zavq uygʻotadi. Bola ruhiyatining turli qirralari aks etadi. Kavsar Turdiyeva bir sheʼrida harflarning shakli haqida maʼlumot beradi. Masalan:
Shoira hatto toʻrtliklarga ham quvnoqlikni, tarbiyani va maʼrifatni joylaydi. Masalan, V harfiga yozilgan sheʼr: A harfga qoʻshsang meni, Va deb bogʻlayman seni. Nimadir bir jon-u tan? Men, oilam va Vatan. Yoki P harfiga: Paqillogʻi paqillab, Yursa kimdir laqillab, P harfidan beomon, Bir soʻz kelar – Pushaymon. Kavsar Turdiyevaning koʻpgina sheʼrlari sujetli. Ularda qahramonlar oʻzlarining aynan bolalarcha xulq-atvori bilan kattalarni bolalikka qaytarsa, kichik oʻquvchilarni hayratga soladi. Ularning begʻubor qalbi va orzu-tilaklari aks etadi. Masalan, “Telefon” sheʼrida telefondan ikki opa-uka tinmasdan oyisiga qoʻngʻiroq qilishi tabiiy aks etgan. Mana, ular qoʻshni bolalarni uyga taklif qilib mehmon qilishdi. Sovitgichdagi bor yegulikni “quritishdi”. Mana, qoʻshnisi oʻz bolasini qarab turish uchun tashlab ketdi. Ular butun uyni boshiga koʻtarib, bolakayni zeriktirmaslik uchun uni ot boʻlib mindirishdi, oynani sindirishdi. Keyin yuqori qavat balkonidan uning yelkasidan ushlab, pastdagi voqea-yu manzaralarni tomosha qildirishyapti. Sheʼr quyidagicha yakunlanadi. Bolalar onasiga telefon qilib, shu haqida xabar berishadi: Endi-chi, balkon osha Qilayapmiz tomosha. Uni mitti qushlardek Yelkasidan ushladik. Koʻylagidan tutyapmiz, Onasini kutyapmiz. Pastga qarar biz bilan, Gaplashsinmi siz bilan? Goʻyo qolganday tildan, Oyim “oh” dedi birdan. Yo telefon buzildi, Yo simlari uzildi… Kavsar Turdiyevaning qahramonlari quvnoq, ochiqkoʻngil, biror notoʻgʻri ish qilib qoʻyishsa, albatta, oʻz xatolarini tushunishadi. Yoki boʻlmasa, bu xatolarni oʻquvchi anglaydi va uni oʻzida tuzatishga harakat qiladi. Uning mumtoz bolalar sheʼriyati namunalariga aylangan “Oyim bilan arazlashdim”, “Yodlasam boʻlmasmidi?”, “Kattamanmi yo kichik?”, “Yozma ish”, “Momaqaldiroq” kabi sheʼrlari bolalar adabiyotiga bagʻishlangan turli anjumanlarda yuqori baholangan. “Yozma ish” va “Yodlasam boʻlmasmidi?”, “Momaqaldiroq” sheʼrlari esa “Zumrasha” bolalar hajviy kinojurnalida ekranlashtirilgan. “Yodlasam boʻlmasmidi?” sheʼrida kichik qahramon maktabga sheʼrini yodlamay boradi va dars oldidan moʻjiza sodir boʻlishini intiqlik bilan kutadi. U hamma narsaga rozi: shanbalikka chiqishga ham, hatto shifokor kelib hammaga ukol qilishiga ham. Ammo moʻjiza sodir boʻlmadi: oʻqituvchi hammadan sheʼr yodlab berishni soʻraydi. Shoiraning “Sumalak va ming tilak”, “Irkitvoy va Kirketjon” kabi sheʼriy ertaklarida voqealar zanjirli boʻlib, ular eng kichik yoshdagi oʻquvchilar ongiga tezroq yetib boradi. Irkitvoy pashsha bilan doʻst boʻlib, avval qoʻshni qizcha, soʻng qoʻshni amaki, keyin oyisi oldiga uchib boradi, ammo uni hech kim tanimaydi. Mazkur sheʼriy ertak ozodalik targʻibotining eng goʻzal namunasidir. Uning “Sumalak va ming tilak” sheʼriy ertagi milliy qadriyatlarimizning bolalar tarbiyasidagi ahamiyatini koʻrsatadi. Qizaloq sumalakka solish uchun toshlar yigʻish bahonasida tilaklar ham yigʻadi. Kapalak, uloqcha, oyisi, opoqi, doʻstdan tilaklar oladi. Sheʼr shunday boshlanadi. Tilaklarning bari ezgu. Ketdi sovuq, ketdi qor, Salom, goʻzal gulbahor. Salom, navroʻz, yashillik, Ezgulik va yaxshilik. Kavsar Turdiyeva hozirgi zamon oʻzbek bolalar sheʼriyatida oʻz ovoziga, oʻz uslubiga ega. Uning sheʼrlari yosh avlod tarbiyasida katta ahamiyatga ega.
PDF shaklida yuklab olish saviya.uz ni Telegram'da ham kuzatib boring! KALIT SOʻZLAR: TADQIQOT BOLALAR ADABIYOTI MAMASOLI JUMABOYEV KAVSAR TURDIYEVA OLDINGI SAHIFARustam Nazar Bolalar shoirasi Kavsar Turdiyeva 1958-yil 6-avgustda Toshkent shahrida ziyoli oilasida tug‘ildi. 1975-yili Chilonzor tumanidagi 201-maktabni oltin medal bilan tugatdi va ToshDU (Hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti)ning jurnalistika fakultetiga o‘qishga kirdi. So‘ng Leningrad (Hozirgi Sankt-Peterburg) davlat universitetida o‘qishni davom ettirdi (1981). Kavsar Turdiyeva O‘zbekiston fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi til va adabiyot instituti aspiranturasida tahsil oldi. Toshkent Davlat pediatriya tibbiyot institutida o‘qituvchi bo‘lib ishladi. Hozir shu institutda kafedra mudiri lavozimida xizmat qiladi. K. Turdiyeva yoshligidan bolalar adabiyotiga qiziqdi. Ilk she’ri o‘quvchilik yillari “Tong yulduzi” gazetasida bosildi. Birinchi kitobi “Varrak” 1983-yili nashr etildi. Shundan so‘ng “O‘ynayapman, o‘ylayapman” (1987), “Qush bo‘lib uchgan ona” (1994), “Raqamlar bo‘ylab sayohat” (2002) kitoblari bosmadan chiqdi. Bolalar dramaturgi sifatida “Toshkesaklar mamlakatida” degan sahna asarini yaratdi. U Samarqand qo‘g‘irchoq teatri tomonidan sahnalashtirilib, qo‘g‘irchoq teatrlar festivalida 1-o‘rinni oldi. “Botu nidosi” (2004), “Mitti qo‘g‘irchoqboz” (2007), “Quvnoq alifbo olamiga sayohat” (2008), “Sog‘inchlar sochilgan bekatda” (2011), “Dunyoni saqlang, bolalar” (2012) kabi she’riy to‘plamlari o‘quvchilar qo‘liga yetib bordi. Kavsar Turdiyeva ssenariychi sifatida faol ishlamoqda. Chunonchi, “Zumrasha” (1997–2001) kinojurnalida uning ssenariylari asosida o‘nga yaqin lavhalar suratga olingan. U uch yuzdan ortiq qo‘shiqlar muallifi, o‘zbek va rus tillarida ijod qiladi. K. Chukovskiy, S. Marshak, L. Barbas, R. Farhodiy she’rlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. 2009-yilda adabiyot yo‘nalishi bo‘yicha “Eng ulug‘, eng aziz” tanlovining g‘olibi bo‘ldi. 2010-yil yakunlari bo‘yicha “Bolalarning sevimli shoirasi” nominatsiyasini qo‘lga kiritdi. Oldingi sahifaga Keyingi sahifaga 2018-yil 8-son Download 64.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling