Kurs ishi mavzu: “Mehr va Suhayl” hikoyatida bosh qahramonlar va obrazlar


Download 267.05 Kb.
bet1/13
Sana03.02.2023
Hajmi267.05 Kb.
#1151272
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Mehr va Suhayl


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI

OʻZBEK TILI VA ADABIYOTI FAKULTETI

KURS ISHI

Mavzu: “Mehr va Suhayl” hikoyatida bosh qahramonlar va obrazlar.


Bajardi: Sanayeva Munisa
Ilmiy rahbar:­­­­­­­­­­­­­­­­­____________

Navoiy-2022
Mundarija:

KIRISH…………………………………………………………………………....3
I BOB. “SAB’AI SAYYOR” DOSTONI BADIIY XUSUSIYATLARI………...5
1.1 “Sab’ai sayyor” dostoni yaratilish tarixi…………………………………….....5
1.2. “Sab’ai sayyor” dostoni umumiy tasnifi ………..…………………….…..…10
II BOB. “MEHR VA SUHAYL” HIKOYATIDA OBRAZLAR………………19
2.1. “Mehr va Shuhayl” hikoyati …….…………………………………….……19
2.2. Hikoyatda obrazlar va bosh qahramonlar tasnifi ………...…….………….....22
XULOSA………………………………...…………………………………….....24
FOYDALANILGAN ADABIYOT ROʻYXATI……………………….……....25

KIRISH
Tarix hukmi shunga guvohki, xalqchil, insonparvar va yuksak san’at namunasi boʻlgan asarlargina davrlar sinovidan oʻtib, yangidan yangi avlodlarga ma’naviyat va ma’rifat nurlarini taratib, ardoqli meros sifatida qadrlanadi. Ulugʻ mutafakkir Alisher Navoiy yaratgan bebaho badiiy durdonalar ana shunday xushbaxt taqdirga ega. Yana shu ham haqiqatki, buyuk obidalarni bunyod eta olgan umr bezagi – mutafakkirlarning har bir soʻzi inson va insoniyat, hayot va jamiyat haqidagi qarashlari goʻzallik, nafosat borasida bildirgan mulohazalari qimmatli va qadrlidir. Zero, ular pok qalb va ezgu niyatning, zukko aql va benazir teran shuurning ummonidan yuzaga kelgan boʻlib, gʻoyat kuchli umumlashma xususiyatga ega. Shu bois Navoiyning har bir soʻzi hozir ham purma’no hikmat boʻlib jaranglamoqda, hozir ham bizga ibrat va saboq boʻlmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2016-yil 13-mayda e’lon qilingan “Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetini tashkil etish toʻgʻrisida”gi farmonida ham “Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy umumbashariyat madaniy xazinasidan munosib oʻrin olgan oʻlmas asarlarini aynan ona tilimizda yaratib, uning shuhratini butun dunyoga tarannum etdi” deb qayd etilgan edi. Mazkur universitetning buyuk bobokalonimiz nomi bilan atalishi ham ul zoti sharifning oʻzbek xalqi ma’naviyati rivojiga qoʻshgan hissalaridandir.
Alisher Navoiy uslubiy me’rosi undan keyin yashab, ijod qilgan bir necha yirik qalam ahli uchun oʻziga xos maktab vazifasini oʻtamoqda. Lekin bu maktab faqat oʻzbek yoxud turkiylar uchungina emas, balki bani bashar ichidan yetishib chiqqan soʻz daholaridan tortib, oʻziga yarasha “ta’bi nazmi” bor shaxslarga ham taalluqlidir.
Navoiy asarlari bagʻrida jo boʻlgan milliy va umuminsoniy qarashlar, fikrlar har bir inson uchun ne qadar zarur va ahamiyatli boʻlsa, ularning zargarona ifodasi, tengsiz mahorat natijasi oʻlaroq, tarkib topgan goʻzal shakli shu qadar jozibali, hayratlanarli. Ularni oʻqigan kishi, agar tom ma’noda uni tushunish, anglash baxtiga musharraf boʻlsa, shoirning ulugʻ donishmandligi oldida lol qolsa, yozmishlari, badiiyati, ularning nafosati qarshisida dong qotadi. Shuning uchun adib asarlarining mazmuni, gʻoyaviy jihatlari tadqiqi ne chogʻliq dolzarb boʻlsa, ularning badiiyatini oʻrganish, mahorat qirralarini ochib berish ham birdek zarur.
Buyuk istiqlol sharofati bilan biz oʻz milliy qadriyatlarimizni xolis oʻrganish, bobokalonlarimiz yaratgan oʻlmas asarlarning jahon adabiyotidagi mustahkam oʻrni toʻgʻrisida baralla gapirish va tadqiqotlar yaratish imkoniyatiga ega boʻldik. Birinchi Prezidentimiz ta’kidlaganlаridek: “Bu qadimiy va tabarruk tuproqdan buyuk allomalar, fozil-u fuzalolar, olim-u ulamolar, siyosatchilar, sarkardalar yetishib chiqdi. Diniy va dunyoviy ilmlarning asoslari mana shu zaminda yaratilgan, sayqal topgan...”1 Navoiy ham xuddi shunday buyuk shaxslardan biri. Shu sababli, Alisher Navoiy ijodi har bir davr uchun eng muhim ilmiy manba sifatida keng tadqiq etiladi. Mutafakkir asarlaridagi insonparvarlik tamoyilini falsafiy jihatdan tahlil qilib, uni oʻrganish, qolaversa, yoshlar ongida inson qadrini, uning barcha ezgu fazilatlarini, ma’nan boy boʻlib yetishish gʻoyasini shakllantirish asosiy maqsad qilib olingan.



Download 267.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling