Kurs ishi mavzu: “Mehr va Suhayl” hikoyatida bosh qahramonlar va obrazlar


Download 267.05 Kb.
bet7/13
Sana03.02.2023
Hajmi267.05 Kb.
#1151272
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
Mehr va Suhayl

4-bob Me’roj tuni ta’rifiga bag‘ishlanadi. Bunda payg‘ambarimiz huzuriga elchi (Jabroil) kelib, Haqning salomini yetkazganligi va oshiq o‘z mahbubining visoliga erishmoq niyatida ekanligini xabar qilgani, payg‘ambarimiz yaratuvchining huzuriga borganlarida ummatlarining gunohini kechirishni iltimos qilganlari va barcha istaklari birma-bir qabul qilinganligi haqida so‘z boradi.

5-bob so‘z ta’rifida. Navoiy bu bobda so‘zga yuksak baho berar ekan, shunday yozadi:

So‘z kelib avvalu, jahon so‘ngra,

Ne jahon, kavn ila makon so‘ngra…

Alloh, alloh, ne so‘zdurur bu so‘z,

Mundin ortuq yana bo‘lurmu so‘z.

Jism bo‘stonig‘a shajar so‘zdur,

Ruh ashjorig‘a samar so‘zdur. .

6-bob ulug‘ salaflar Nizomiy va Dehlaviy madhiga bag‘ishlangan. Shoir dastlab badiiy adabiyotdagi ikki adabiy tur, ya’ni nazm va nasr ta’rifiga to‘xtalib, ularni bir-biriga qiyoslaydi va nazmning nasrdan ustunligini isbotlar ekan, she’riy asarlarda chiroyli, ta’sirli ibora va badiiy san’atlarni ko‘plab qo‘llash va injuni ipga tergandek misralar tizish mumkin, nasr esa sochib yuborilgan javohirdek go‘zallikdan mahrum deb yozadi. Shuningdek, nazm shakllari orasida masnaviyga alohida to‘xtalib, uni “vasi’ maydon” (keng maydon) deb ataydi: Masnaviykim, burun dedim oni, So‘zda keldi vasi’ maydoni.

Dostonning 7-bobi “hazrat shayxulislom mavlono Nuriddin Abdurahmon Jomiy” madhiga bag‘ishlangan. Navoiy uni fazl koniyu ilm daryosi deb atar ekan, ustozini arab tilidagi bilimdonligi jihatidan “Kofiya” asarining muallifi Ibn Hojibga, tafsir ilmida yuzta Ibn Hojarga, fiqh ilmida Imomi A’zamga o‘xshatadi. Jomiyning bu sohalarda yaratgan asarlari, devonlari va dostonlarining nomlarini keltiradi.

8-bob salaflarning nuqsonlari haqida bo‘lib, shoir bob sarlavhasida ustozlar asarlariga mulohaza bildirayotgani uchun uzr so‘raydi. Navoiy bu bobda doston yaratishdan oldin tush ko‘rganini, tushida 7 gumbaz, 7 gumbaz ichida 7 xil rangdagi mutasaddiyni ko‘rganini, shu yerda 7 kun yurib, 7 afsona tinglaganini, bir mo‘ysafid unga avvalgi dostonlardagi qusurlarni tuzatishni so‘raganini, uyqudan uyg‘ongach muabbir (tush ta’birchisi) aytgan dalillardan so‘ng doston yozishga kirishganini aytadi.


Download 267.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling