Kurs ishi mavzu: “Mehr va Suhayl” hikoyatida bosh qahramonlar va obrazlar
Download 267.05 Kb.
|
Mehr va Suhayl
Nizomiy asari yaratilganidan keyin bir asrdan koʻproq vaqt oʻtgach, Xusrav Dehlaviy unga javob tarzida “Hasht behisht” dostonini yozadi. Uning dostonida ham Bahromning sarguzashtlarini tasvirlovchi asosiy qoliplovchi hikoya va yetti malika hikoyasi mavjud. Ushbu hikoyalar birgalikda jamlanib, 8 hikoyani hosil qilganligi uchun Dehlaviy oʻz dostonini “Hasht behisht” deb nomlaydi va malikalar aytib beradigan 7 hikoyatni hind eposidan oladi. Shuningdek, dostonning muqaddimasi yetti bob, yakunlovchi qismi esa bir bobdan iboratligi, umumiy boblar soni sakkiztaligi uchun ham shunday nomlanishga sabab boʻlgan, degan qarashlar ham mavjud. Dehlaviy oʻz dostonini Bahromning taxtga chiqish voqeasidan boshlab, ungacha boʻlgan voqealarni tushirib qoldiradi.Mazkur mavzuda yaratilgan asarlardan yana biri - Ashraf Marogʻiyning “Haft avrang” dostoni boʻlib, Alisher Navoiy “Muhokamat ul-lugʻatayn”da Ashrafning ushbu dostonini “Sab’ai sayyor” dostoni uchun asos boʻlgan asar sifatida tilga oladi. Navoiy “Ashraf “Haft paykar”ning yetti hurvashin peshkashimgʻa yarogʻlabtur” , deb yozar ekan, Nizomiyning “Haft paykar” dostonidagi yetti goʻzal haqidagi hikoyalarni hal qilishni Ashraf unga topshirganligiga ishora qiladi. Ashraf dostonida Bahromning kanizak bilan ovga chiqishi va umuman uning oshiq boʻlishi bilan bogʻliq sahna yoʻq. Ashraf oshiq podshoh emas, balki odil podshoh timsolini yaratishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻyadi.Alisher Navoiyning “Sab’ai sayyor” dostoni mazkur mavzuda yaratilgan birinchi turkiy doston boʻlib, Navoiy oʻziga qadar badiiy adabiyotda yaratilgan dostonlar va toʻplangan boy ijodiy 133 tajribadan foydalangan holda mazmun e’tibori va gʻoyaviy-badiiy xususiyatlari bilan salaflari asarlaridan farq qiluvchi yangi doston yaratdi. “Sab’ai sayyor” dostoni 38 bob, 5009 baytdan iborat boʻlib, shundan 11 bobni muqaddima tashkil qiladi. U aruzning hafif bahrida yaratilgan. Navoiyning “Sab’ai sayyor” dostoni tilining tadqiqotchilaridan prof. Alibek Rustamov doston vaznini “hafifi musaddasi maxbuni mahzuf va maqsur, maqtu’ va maqtu’i musabbagʻ” deb belgilaydi: foilotun (yoki failotun) mafoilun failun (yoki failon) yo fa’lun yohud fa’loi)2 . Filologiya fanlari doktori S. Hasanov esa, “Sab’ai sayyor” dostonida hafif bahrining yetti xil koʻrinishi mohirona qoʻllanilganini ta’kidlaydi. Alisher Navoiy “Muhokamatul-lugʻatayn” asarida “Yana chun “Sab’ai sayyora” rasadin zamirim bogʻlabtur. Ashraf “Haft paykar” ning yetti hurvashin peshkashimgʻa yarogʻlabtur3” , deb yozgan va doston nomini “Sab’ai sayyora” deb atagan boʻlsa-da, ammo dostonning xotimasida: Lutf bu nazm aro bagʻoyatdur, Gʻaraz ammo yeti hikoyatdur. Chunki qoyil yeti musofir edi Ki, alar sayr ishiga mohir edi. Boʻldi chun bu raqam ishi tayyor, Qoʻydum otini «Sab’ai sayyor».— Download 267.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling