Kurs ishi mavzu: “Mehr va Suhayl” hikoyatida bosh qahramonlar va obrazlar


Download 267.05 Kb.
bet6/13
Sana03.02.2023
Hajmi267.05 Kb.
#1151272
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Mehr va Suhayl


deb ta’kidlaydi va diqqatni asarning asosini tashkil etgan yetti hikoyatga, bu hikoyatlarning aytuvchilari sayr ishiga mohir boʻlgan yetti musofir ekanligiga qaratib, doston nomini “Sab’ai sayyor”, ya’ni “yetti sayyor (kezuvchi)” deb ataganini uqdiradi.“Sayyor” soʻzi lugʻatlarda: 1. kezuvchi, sayyoh; 2. sayyora — planeta tarzida izohlanadi.






1.2 “Sab’ai sayyor” dostoni umumiy tasnifi

Doston muqaddimasi an’anaviy hamd bilan boshlanadi. Navoiy Allohni olamning yaratuvchisi sifatida madh etar ekan, dostonning mazmuni taqozosi bilan birinchi bobdayoq yetti raqamiga alohida e’tiborni qaratib, iltizom (bir so‘zni biror parchaning barcha misra yoki baytlarida qo‘llab, shu so‘zning muhimligini ta’kidlash) badiiy san’ati vositasida falakning yetti qavat ekanligi, yetti gumbazdan tashkil topgani, yer yuzi yetti iqlimga bo‘lingani, yetti ko‘k, yetti yulduz kabilar haqida fikr yuritadi. Shuningdek, Bahrom va Dilorom so‘zlarini asl va majoziy ma’nolarda qo‘llab, sayyoralar olami, dunyoning yaratilishi haqida o‘z falsafiy qarashlarini bayon qiladi, olamning yaratilishini tasavvufdagi vahdat ul- vujud falsafasi asosida bayon qiladi:

Ishq sensen dog‘iyu oshiqsen,

Yana ma’shuqluqqa loyiqsen.

Ayni ma’shuqluqda jilvai zot,

O‘zini ko‘rgali tilab mir’ot.

Sensenu sendin o‘zga xud nima yo‘q,

Gar ko‘runsa sen o‘lg‘ung ul nima o‘q.

Dostonning 2-bobi munojot bo‘lib, bunda buyuk shoirning yaratuvchiga murojaati, najot umidi, tavba va iltijolari o‘z ifodasini topgan:

Qodiro, ul zaifu osiymen,

Ki boshimdin ayoq maosiymen.

Navoiy tashbeh san’ati vositasida o‘zini toat vaqtida xasta chumoliga, isyon vaqtida vahshiy sherga, nafsini bahaybat filga, ko‘nglini nimjon pashshaga o‘xshatadi:

Toat aylarda mo‘ri xasta barin,

Lek isyon mahalli sheri arin.

Navbatdagi bob Muhammad (s.a.v.) madhiga bag‘ishlanadi. Payg‘ambarning asli qurayshiy, yeri abtahi, mazhabi hoshimiy, manzili Yasrib ekanligi aytilgach, uning nuri “Lot” bilan “Uzzo”ni shikastlagani, ismining harflari yechilganda ikkita “mim” harfining etaklari osilib, kufr eli motamining zulmatiga, din elining esa ulug‘vorligiga aylanishi aytiladi.


Download 267.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling