Minerallarning ranglari Reja


Download 41.41 Kb.
bet1/7
Sana21.02.2023
Hajmi41.41 Kb.
#1217074
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Minerallarning ranglari


Minerallarning ranglari
Reja
Kirish
1. Eksperimental mineralogiya
2. Optik xususiyatlari.
3. Mineral individlarining va agregatlarining morfologiyasi
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish.
Mineralogiya geologiyaning eng qadimiy tarmoqlaridan biri. Dastlabki ma`lumotlar eramizdan avval yunon olimi Teofrastning toshlar haqida va Katta Pliniy kitoblarida berilgan. O`rta asrda Sharqda mineralogiya faniga Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy va boshqalar asos solishgan. Ayniqsa, Beruniyning "Kitob al Javohir fi Ma`rifat al-Javohir" qimmatbaho toshlarni bilib olish bo`yicha ma`lumotlar to`plami diqqatga sazovor. Bu kitobda Beruniy, 300 dan ortiq minerallar va ular turlarining xususiyatilari, qo`llanilishi, hosil bo`lish sharoitlari, rangi, qattiqligi va solishtirma og`irligi to`g`risida ma`lumot beradi. XVII-asrning birinchi yarmida yozilgan "Bahr ul-Asror" (Sirlar dengizi) asarining muallifi Mahmud ibn Vali ham mineralogiyaning taraqqiyotiga katta hissa qo`shadi, bu asarda qimmatbaho metall va minerallarning sifatini tekshirish usullari haqida ko`p ma`lumotlar keltiriladi.


Mineralogiya Yevropada XVI asrning boshlarida fan bo`lib shakllangan. Bu davrda Leonardo da Vinchi, keyinroq R.Dekart, N.Steno (1638-1686), X.Guygens, R.J.Gayui (1733-1822) va rus olimlaridan M.V.Lomonosov, V.M.Severgin, N.I.Kashkarovlar mineralogiyaga ko`proq e`tibor bera boshladilar. Shved olimlaridan K.Linney va A.Kronshtedtlar minerallarning tarkibini kimyoviy tahlil usuli bilan o`rganishni yo`lga qo`ydi. XX asrning boshlarida yuzaga kelgan ikki yangi yo`nalish, mineralogiyaning yanada rivoj topishini ta`minladi. Bulardan biri - genetik yo`nalish bo`lib, yer qobig`ining turli qatlamlardagi minerallarning hosil bo`lish jarayonlari har tomonlama puxta o`rganildi. Bu yo`nalishga V.I.Vernadskiy, A.E.Fersmanlar asos soldilar.
Ikkinchi yo`nalish Ye.S.Fyodorov tomonidan geometriya usulida isbotlangan kristalloximiya tahlili nazariyasidir. Uning nazariyasi bo`yicha, har bir mineral kristall tarkibidagi kimyoviy elementlarning o`zaro joylashishi qat`iy simmetrik qonuniyatlarga bo`ysingan bo`lib, elementlarning joylashishi bilan kristallarning tashqi ko`rinishi (shakli) bir-biriga mos ekanligini aniqladi.
Bundan tashqari, XX-asrning 20-yillarda har bir mineral o`ziga xos ichki tuzilishga ega ekanligi rentgen nurlari yordamida amalda isbot qilindi.
Keyingi yillarda fizika, kimyo fanlari yutuqlarining samaralari, texnika va xalq xo`jaligi uchun zarur bo`lgan mineral xom ashyolar izlab topish zarurati mineralogiyaning tez surgatda o`sishiga zamin tayyorladi. Hozir mineralogiyaning quyidagi tarmoqlari mavjud.

Tasnifiy (sistematik) mineralogiyaning asosiy vazifasi minerallarning tashqi ko`rinishi, fizik xususiyatlari, kimyoviy tarkibi, paragenetik associaciyasi va shular asosida minerallar tasnifini yaratishdan iborat. Hozirgacha 2500 dan ortiq minerallar va ularning turlari aniqlangan.

Genetik mineralogiya, minerallarning paydo bo`lish jarayoni, fizik va kimyoviy sharoiti, o`zgarishi, paragenetik associaciyalarining yuzaga kelishini aniqlaydi. Genetik mineralogiya taraqqiyoti V.I.Vernadskiy nomi bilan chambarchas, bog`langan. U minerallarni Yer po`stidagi molekulalar tarixi deb hisoblagan. D.P.Grigorьev tomonidan genetik mineralogiya yangi yo`nalish sifatida rivojlantirildi.


Download 41.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling