Minerallarning ranglari Reja
Mineral individlarining va agregatlarining morfologiyasi
Download 41.41 Kb.
|
Minerallarning ranglari
Mineral individlarining va agregatlarining morfologiyasi. Ba`zi mineral-lar agregatlarinig shakli shu minerallarning muhim alomatlaridir. Agregatlarning quyidagicha shakllari bo`ladi: donador-kristallik (1) - bir yoki bir necha minerallarning kristall donalari bir-biriga tartibsiz suratda yopishib borishidan hosil bo`ladi; konkretsiya (2) - sharsimon yoki to`g`ri bo`lmagan sferik tugunchalardan iborat bo`lib, sochiluvchan cho`kindi jinslaridan yuzaga keladi; dendritlar (3) - shoxlab ketgan daraxtga o`xshash shakl (sof kumush); oolitlar, no`xotsimon, ikrasimon (4) - diametri bir necha millimetrdan 2-3 sm gacha bo`lgan konsentrik puchoqsimon tuzilishdagi dumaloqlangan minerallar (aragonit); druzalar (5) - biror yuzadan o`sib chiqqan yirik kristallar to`dasi (tog` xrustali); stalaktit va stalagmitlar (6) - mineral mahsulotlarning oqiq-tomma shakllari, kolloidlar-gillar hisobiga yuzaga keladi (ohaktosh).
Ko`pgina minerallarni hosil qiladigan kristallarning shakli shu minerallarga xos va muhim alomatdir. Uning bu shakli o`sha moddaning kimyoviy tarkibiga hamda mineralning qanday sharoitda vujudga kelganiga tamomila bog`liq. Kristallarni chegaralovchi tekisliklari tomon deb, tomonlarning kesishgan chizig`i qirra deb, qirralarning kesishgan nuqtasi cho`qqi deb ataladi. Kristallarning to`g`ri shaklda bo`la olishi ularni tashkil qiluvchi zarralarning (atom, ion, molekulalarning) ma`lum qonuniyatga muvofiq joylashishiga bog`liqdir. Amorf moddalarda (nokristall moddalar) bu zarralar tartibsiz holatda joylashgan bo`ladi. Demak, ko`pchilik minerallar kristallanadi va geometrik shaklga ega bo`ladi. Kristallar kub, oktaedr, rombododekaedr, turli prizmalar, piramidalar shaklida bo`lishi mumkin. Ba`zi kristallar ko`pyoqli juda murakkab, lekin ma`lum mineralga xos shaklda bo`ladi. Kristallar faqat mikroskopda ko`rib bo`ladigan darajada juda mayda hamda benihoya katta bo`lishi mumkin. Kristallar kamdan-kam hollardagina yakka tartibda uchraydi. Ular ko`pincha qo`shaloq kristallar ko`rinishda bo`ladi. Qo`shaloq kristallar-ortoklaz, albit, qalayi tosh, kinovar, gips va boshqalar ko`pincha to`g`ri o`sgan, tashqi ko`rinishidan yakka-yakka bo`lib ko`ringan kristallar haqiqatda qo`shaloqligini ba`zan uning tomonlaridagi o`ziga xos choklardan bilish mumkin. Kristall tomonlarida ba`zan turli chiziq va rasmlar bo`ladi. Bular kristallarning o`sishi yoki uning tabiiy sabablar ta`siri ostida erishi natijasida paydo bo`ladi. Kristallar quyidagi singoniyalarda kristallanadi; triklin (trik.), monoklin (mon.), rombik (rom.), trigonal (trig.), tetragonal (tet.), geksagonal (gek.), kubik (kub.), Xulosa
Eksperimental mineralogiyaning vazifasi sun`iy usulda laboratoriya, zavod sharoitida ayrim kimyoviy elementlarni bir-biriga qo`shish natijasida yangi minerallarni olishdan iborat. Bunda texnika va xalq xo`jaligi uchun zarur bo`lgan minerallar va kristallar ishlab chiqarish hamda sintez qilinayotgan mineralning hosil bo`lish jarayonini tabiiy sharoitga tatbiq qilish asosiy maqsad hisoblanadi.Kosmik jismlar mineralogiyasi. Oy jinslaridan namunalar keltirilgach, bu sohaning rivojlanishiga imkoniyat tug`ildi. Oy jinslari tekshirilganda Oy sirti qismlarida mineral hosil bo`lishining o`ziga xos xususiyatlari borligi haqida dastlabki ma`lumotlar olindi. Meteoritlarning mineral tarkibini o`rganish ham katta ahamiyatga ega. Foydalanilgan adabiyotlar 1.Харли Алик. Статистика. Первая книга. Пер. с анг. – М.: Финансы и статистика, 2004, 312 стр. 2.Н.М.Соатов. Статистика. Дарслик.–Т.: Тиббиёт нашриёти, 2003, 5 – 35 б. 3.И.И. Елисеева, М.М. Юзбашев. Обшая теория статистики. М.: Финансы и статистика, 2004, 3 – 19 стр. 4.М.Р.Ефимова, Е.В.Петрова и др. Общая тиория статистики. Учебник –М.: ИНФРА, 2004, 3 – 24 стр. 5.Э.Кейн. Экономическая статистика и эконометрия. М.: Статистика, 1977, 3 – 48 стр. 6.Экономическая статистика под ред. Ю.Н. Иванова. М.: Инфра-М,2003, 3 – 19 стр. 7..Geraid Kaller, Brian Warrack, Hanry Bartel. Statistics for Management and Economis. Belmont, California, 1990, 1000 стр. Download 41.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling