Kavsh qaytaruvchi hayvonlarning katta qorni-dagi 1 gr oziqada 20 turga mansub bo’lgan 10 milliard bakteriya va 1 million infuzoriyalar bo’ladi. - Kavsh qaytaruvchi hayvonlarning katta qorni-dagi 1 gr oziqada 20 turga mansub bo’lgan 10 milliard bakteriya va 1 million infuzoriyalar bo’ladi.
- İnfuzoriyalarning 120 xili hayvonlarning katta qornida uchrashi mumkin. Mikroorganizmlar oziqalarga mexanik tasir ko’rsatadi, ularni parchalaydi va oziqa tarkibidagi oqsillar, azotli birikmalar, qisman kletchatka, kraxmal va boshqalarni o’zlashtiradi va o’z tanasining oqsillarini va polisaxaridlarni sintezlaydi.
- Shunday qilib, mikroorganizmlar tanasi hayvonlar organizmi uchun tuyimli moddalarning manbalari bo’lib hisoblanadi. Ozuqadagiga nisbatan mikroorganizmlarning oqsili hayvon organizmi uchun nihoyatda qiymatlirokdir. Ularning oqsillari o’zlarining aminokislota tarkibiga ko’ra organizm oqsiliga yaqin turadi.
- Demak, mikroorganizm oqsillari ham hayvon organizmi uchun to’la qiymatli oqsillar o’rnini bosar ekan. Mikroorganizmlar faoliyatlari tufayli katta qorinda bijg’ish jarayoni yuzaga kelib turli xildagi gazlar va uchuvchi yog kislotalari hosil bo’ladi va shu erdan qonga shimilib, organizm tomonidan o’zlashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |