Kaykovusning Qobusnoma asarida barkamol inson tarbiyasida qo’llaniladigan metod va usullarning ifodalanishi Reja
“Qobusnoma” asarining yaratilish tarixi
Download 29.68 Kb.
|
Kaykovusning Qobusnoma asarida barkamol inson tarbiyasida qo’llaniladigan metod va usullarning ifodalanishi0000
1.2. “Qobusnoma” asarining yaratilish tarixi.
Markaziy Osiyo xalqlari axloqshunoslik sohasida boy an’anaga ega. Ahloqiy fikrlar “Avesto” diniy axloqiy kitobida, qadimgi turk bitiklarida va boshqa yozma manbalarda o’z ifodasini topgan. Ulardan tashqari o’zbek xalqi o’rtasida keng tarqalgan pandnomalar, o’gitlar, odobnomalarda xalq pedagogikasida allomalar merosidan axloqqa keng o’rin berilgan. Kaykovus qalamiga mansub bo’lgan “Qobusnoma” asari Sharqda keng tarqalgan axloqiy-ta’limiy asar, fors-tojik yirik yodgorligi, XI asrning ko’zga tashlanib turgan manbalaridan hisoblanadi. Ilmiy tarbiyaviy va pedagogik tomondan kitobxonlar diqqatini jalb qilgan muhim bu asar 1082-83 milodiy (475 xijriy) yillarda fors tilida yozilgan. Bu asarni Kaykovus o’g’li Gilonshohga bag’ishlab yozgan. “Sana 475 da boshladim” deb ma’lumot beradi u asarida. Bu javobdan u 63 yoshda bo’lib, ancha keksayib qolgan edi. U asarini hayoti davomida ko’rgan bilganlari, tajribalar asosida yaratdi. Asar avval “Nasihatnomai Kaykovus” deb nomlangan. “Qobusnoma” uning o’zbekcha tarjimasidir. Asarning Qobusnoma deb atalishining sababi uning umuman Qobusga aloqasi haqida eslatilmaydi. Pedagogika tarixi K.Hoshimov 116 bet. Qobusnoma Sharqda xususan, Eronda ham saqlanib kelayotgan an’anaga ko’ra, pand- nasihat tarzida yozilgan bo’lib, bir necha asrlardan beri xalqlarni, jumladan yoshlarni hayotga ilmiy-amaliy faoliyatga tayyorlashda ularni har tomonlama yetuk inson qilib tarbiyalashda muhim qo’llanma bo’lib kelmoqda. U bir necha yirik, taniqli asarlar qatorida turadi. Jumladan, mashhur hind masali “Kalila va Dimna” Nizomulkning “Siyosatnoma” Nosir Xisravning “Saodatnoma”, “Rushnoinoma”, “Qutadg’i bilig” kabi asarlar jumlasiga kiradi. Asar rus va g’arb sharqshunoslarining olimlari va pedagoglarining diqqatini jalb etdi. Bu olimlar asarni diqqat bilan o’rgandilar, o’z tillariga tarjima qildilar. Masalan, 1702-1705 yillarda turk tillariga 1786-1787 yil Muhammad Siddiq Rashidiy tomonidan uyg’ur tiliga, taxminan 1860 yil Ogahiy tomonidan o’zbek tiliga, 1881 yil K.Nosiriy tomonidan tatar tiliga, fransuz tiliga, 1811 yili nemis tiliga o’girildi. Bu millatlar ham asarni o’z ona tillarida diqqat bilan o’rgana boshladilar. Oktabr to’ntarilishidan keyin “Qobusnoma” ga qiziqish yanada kuchaydi. Sharqshunos olim Bergels tomonidan 1953 yilda ikkinchi marta rus tiliga tarjima qilindi. Asar doim sharqshunos olimlarning diqqat markazida bo’lib o’tdi. U murakkab yo’lni bosib o’tdi. Sho’ro mafkurasi davrida asarda faqat hokim sinf axloqi targ’ib qilingan deb baholandi. Asarning qimmati faqat uning badiiy-adabiy til xususiyati va tarixiy jihatlarida deb ta’kidlanadi. Lekin har qanday nazar bilan qaralmasin, asar o’zini oqladi. U yuqorida nomlari tilga olingan axloq-odobga doir bo’lgan buyuk asarlar qatorida, Sharq pedagogik fikr taraqqiyotida inson kamolotini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Unda asosan X asrda paydo bo’lgan yoshlar jamoasi juvonmardlik tarbiyasi ifodalangan. Download 29.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling