Kaykovusning Qobusnoma asarida barkamol inson tarbiyasida qo’llaniladigan metod va usullarning ifodalanishi Reja


Download 29.68 Kb.
bet1/4
Sana15.06.2023
Hajmi29.68 Kb.
#1479293
  1   2   3   4
Bog'liq
Kaykovusning Qobusnoma asarida barkamol inson tarbiyasida qo’llaniladigan metod va usullarning ifodalanishi0000


Kaykovusning Qobusnoma asarida barkamol inson tarbiyasida qo’llaniladigan metod va usullarning ifodalanishi
Reja:

  1. Kaykovus yashab ijod etgan tarixiy davrda ilm-fan, madaniy hayot

  2. “Qobusnoma” asarining yaratilish tarixi

  3. “Qobusnoma” bolalarni ma’naviy ahloqiy tarbiyalash vositasi

  4. “Qobusnoma”da bolalarga kasb-hunar, xulq-odob o’rgatish masalalari

  5. “Qobusnoma”ning pedagogik-psixologik g’oyalaridan ta’lim-tarbiyaviy ishlarda foydalanish

Markaziy Osiyo xalqlari uzoq tarixga ega. Eramizdan avvalgi bir minginchi yillarda Amudaryoning quyi qismi, Zarafshon vodiysi, Murgob daryosi, Farg’ona vodiysida boshlang’ich madaniyat markazlari vujudga kelgan. Eramizdan avvalgi IV-V asrlarda bu o’lkalar Eron davlati tarkibiga qo’shib olindi. Zardushtiylik dini shakllandi. Eramizdan avvalgi IV asrlarga kelib O’rta Osiyo Aleksandr Makedonskiy boshliq yunonlar tomonidan bosib olindi. IV asrlardan boshlab zardushtiylik dini Markaziy Osiyo hududida vujudga kelib keng yoyila boshladi. U faqat din bo’lib qolmasdan, o’z davri ma’naviyatining muhim yo’nalishini tashkil etdi. Madaniyati, urf-odati, ahloqi, ta’lim-tarbiyasi kabi masalalarni aks ettirdi.


VI-VII asrlarda Markaziy Osiyoning shimoliy tomonida Turk xoqonligi vujudga kelib, Erondagi Somoniylar bilan uzoq vaqt kurash olib bordi. Uning ta’siri Markaziy Osiyo xalqlarida kuchaya bordi, o’lkada qadimgi turk tili keng yoyildi. Bu davrdagi ma’naviyat, axloq, ma’rifat, ta-lim-tarbiya haqidagi fikrlar “Go’ro’g’li”, “Alpomish” dostonlarida o’z aksini topdi. VII asrlarda Arabistonda shakllangan islom dini VIII asrga kelib Markaziy Osiyoda keng tarqatildi. Markaziy Osiyo arablar tomonidan bosib olindi. Islom dinining asoschisi (570-633) Muhammad payg’ambar bo’lib, uning ta’limoti uqaddas kitob “Qur’on” da o’z ifodasini topdi.
“Qur’on” da ahloq odob iymon, insonni ulug’lash, jamiyatga hizmat qilish, oilani mustahkamlash, ota-onaga hurmat kabi masalalar ravshan aks etdi. Ismoil Al-Buxoriy, Imom al-Xajjoj, Muhammad at-Termiziy, Imom Dovud Sulaymon, Axmad ibm Shu’ayb to’plagan hadislar ham ta’lim-tarbiyada muhim ahamiyat kasb etadi. VIII asrning oxiri IX asr boshlarida arab halifaligining markazi Bag’dodda ilm-fan rivojlandi. Ilmiy markaz akademiya tashkil etilib, barcha musulmon o’lkalar jumladan, Markaziy Osiyoda ham olim, fozillarni to’pladi. Muso Xorazmiy, Axmad Farg’oniy, Javxariy kabi olimlar katta faoliyat ko’rsatdi.
IX asr oxiriga kelib Markaziy Osiyoda Samoniylar hukmronligi shakllandi. Keyin Toxiriylar, Xorazmshohlar, G’aznaviylar davlati faollik ko’rsatdi.
Buxoro, Samarqand, Marv, Urganch kabi shaharlar o’z davrining madaniyat markazlari sifatida shuhrat qozondi. Markaziy Osiy feodal davlatlari, boshqa musulmon davlatlar bilan yaqindan aloqada bo’ldi. Yerli olimlar boshqa o’lkalarga borib ilm olish, muloqat qilish imkoniyatlariga ega bo’ldi. Islom va uning huquqshunoslik sohalari rivojlandi. IX-XII asrlar davomida Markaziy Osiyo jahonga Xorazmiy, Farg’oniy, Beruniy, Ismoil Jurjoniy, Marg’iloniy, Zamaxshariy, Mahmud Qoshg’ariy kabi ulkan olimlarni taqdim etdi. Bu davrda yashagan mutafakkir olim, shoirlarning asarlarida ta’lim-tarbiya va axloq-odobga oid pedagogik fikrlar, insonparvarlik, bilimga e’tiqod, xalq manfaatini himoya qilish, ma’naviyatini ulug’lash, komil inson va yetuk jamoaga erishish kabi masalalar yoritildi. Bag’doddagi Bayt ul xikma Akademiyaning nufuzli rahbarlardan Muso al-Xorazmiy “Al Jabr va Al-muqobola”, “Astronomiya jadvali”, “Musiqa haqida risola” asarlari bilan mashhur bo’ldi. Imom Buxoriyning “Saxix al Buxoriy” asari, Farobiyning “Aql haqidagi risola ”, “Logikaga kirish”, “Fozil shahar aholisining fikrlari”, Ibn Sinoning “Kitob ash-shifo”, “Kitob at-tib”, “Donishnoma” asarlari va boshqalar Markaziy Osiyo nomini jahonga mashhur qildi.
Markaziy Osiyo adabiyot sohasida ham dunyo madaniyatida o’chmas iz qoldirgan nomlar Rudakiy Dakikiy, Ahmad Yugnakiy, Yusuf Xos Xojib kabilar bilan mashhur bo’ldi. Bu davr badiiy adabiyotida shoirlar fors, turk va arab tillarida ijod etdi. Ular o’z asarlari bilan adabiyot tarixida, turk adabiyotining so’nggi rivojida o’chmas iz qoldirgan. Shu davrda yashab ijod etgan Unsurulmaoliy Kaykovus Ibn Iskandar 412 xijriy yilda milodiy 1021-22 Kasbiy dengizining janubiy qirg’og’ida Gilod qabilasiga mansub bo’lgan mayda feodal oilasida tug’iladi. Uning bobosi G’arbiy Eron podshohi Shamsulmaoliy Kobus o’z zamonidagi feodal tabaqa uchun zarur bo’lgan hamma ilmlarni o’rgandi. Ayniqsa, u adabiyot va shoir edi. Fors, arab tilida she’rlar yozardi, hamma klassik arab tilida tuzilgan “Normalar” asarining muallifi bo’ldi. U o’z atrofida mashhur ilm, adabiyot, san’at ahllarini to’pladi va Jurjonni yirik adabiy markazga aylantirdi.
Mashhur o’zbek olimi A. Beruniy Raydan qaytib kelib, Qobus huzurida Jurjonda yashadi va Qobusning hurmatiga sazovor bo’ldi, ilmiy asarlar yaratdi. / Qobusnoma 86 y. 6 bet / Qobusning hurmatiga nabirasi Kaykovus ham zamonasini ancha ma’lumotli, ziyolisi edi. U musiqa va tibbiyot ilmiga g’oyat ishtiyoq bilan qaradi. Toxiriylar zamonida yaratilgan pedagogik asarlarni o’qib chiqdi. Madaniy shaharlar, mamlakatlarda bo’ldi. Buxoro, Samarqand, Xorazm o’lkasiga boradi, olimlar bilan suhbatlashib asarlarni o’rganadi, tanishib chiqadi. Hosir Xisravning ta’lim-tarbiyaga oid “Saodatnoma”, “Rushnomalar” asari diqqatini tortadi. / Qobusnoma 86 y. 6 bet /.
Kaykovus yashab o’tgan davr X-XI asrlarga to’g’ri keladi. Bu davrda o’zbek elati Eron tillari gruppasidagi tilda so’zlovchi kichik to’da bo’lib emas, Mavorounnaxrning asosiy aholilaridan biri edi. / O’zbek adabiyoti tarizi H. Mallayev 65 y. 88 bet/. Bu davrlarda o’zbeklar “Turklar” o’zbek tili esa turk tili deb yuritdilar.
Bu davrlarda Markaziy Osiyo xalqlarining ijtimoiy-iqtisodiy hayotida katta o’zgarishlar vujudga keldi. Feodal ishlab chiqarish munosabatlari taraqqiy etdi. IX-X asr o’rtalarida taraqqiy etgan somoniylar davlati XI asr boshlarida tanazzulga uchraydi.
Kaykovusning bobosi Kovus ham Samoniylar dinastiyasi bilan yaqin edi, ularning shon-shavkati yurishlarida ishtirok etardi. Vushmagir o’g’li Shamsulmaoliy Qobus uyg’ur xonlaridan bo’lgan Ilikxonning qo’shini ustidan ikki marta g’alaba qildi. Ammo bu Qobus Samoniylar honadonini tiklay olmaydi. / G. Vamberi. Buxoriy yoxud Mavorounnaxr tarixi 24 y. 145 bet/.
Bu vaqt Qobus Sabuk tagining yordami bilan Tabaristonni zabt qiladi va shu o’lkada hukmdor bo’ldi. Jurjonni poytaxtga aylantiradi. Kaykovus o’z sinfining, tabaqasining yirik namoyondasi, o’z davrining niqobisiz feodalligidir. O’z-o’zidan shunday savol tug’iladi-ki, Kaykovus Markaziy Osiyolik olimlar jumlasiga kiradimi? Yo’q, u Markaziy Osiyolik olimlar jumlasiga kirmasada, lekin shu yerda ijod qilgan va Markaziy Osiyo xalqi tomonidan uning ijodi keng miqyosda o’rganiladi. Uning fikrlaridan, ta’lim-tarbiyaga oid qarashlaridan o’qitish jarayonida foydalaniladi. Akademik Qori Niyozov o’z asarlaridan birida shunday deydi: “Markaziy Osiyo xalqlari qadim davrdan boshlab, Eron, Hindiston, Xitoy, Sibir, Sharqiy Yevropa, Kavkaz xalqlari bilan iqtisodiy-siyosiy va madaniy tomondan mustahkam aloqada bo’lganlar bunda Markaziy Osiyoda mahalliy xalq va qo’shni xalqning madaniyat sohasidagi muvaffaqiyatlari bir-biri bilan chatishib ketdi va sintezlashtirildi”. Kaykovus bilan bir davrda yashab ijod etgan Markaziy Osiyolik olim, shoirlardan quyidagilarni shoir Muhammad Bustiy, Abdibakr Rubobiy, Abdunasr Lukariy kabi sozanda xofizlar Rudakiy-Dakikiy, Unsuriy, Firdavsiy, Yusuf Xos Hojib kabi shoir yozuvchilarning nomlarini alohida ta’kidlab o’tish mumkin. Kaykovus shular qatorida, umuninsoniy masalalarini o’z ichiga olgan axloqiy-ta’limiy asri “Qobusnoma” ni yaratdi.
Xulosa shuki X-XII asrlarda markaziy Osiyo xalqlari madaniy xayotda juda katta muvaffaqiyatlarga erishdilar. Makaziy Osiyo xalqlarning ozodlik harakati, natijasida arab xalifaligi hokimiyatning yemirilishi, yirik feodal davlatining vujudga kelishi o’zbek, tojik va boshqa xalqlarning tashkil topish jarayonining kuchayishi, feodal ishlab chiqarish munosabatlarning rivoji, qishloq xo’jaligi shaharlar hayoti turli xalqlar bilan madaniy aloqalarning o’sib borishi Markaziy Osiyo xalqlari madaniyatining taraqqiyotiga manba bo’ldi. Ijtimoiy siyosiy hayotdagi ko’p o’xshashliklar, iqtisodiy- madaniy aloqalar deyarli bir xil va umumiy bo’lgan arabiy til va boshqa sabablar bu davrdagi tojik, eron, ozarbayjon xalqlarining badiiy adabiyotini ma’lum darajada mushtarak adabiyotiga aylantirish. Bir-biri bilan adabiy aloqa va hamkorlik zaminida yetishgan yozuvchilar o’z xalqlarining kitobxonlarigagina emas, balki jahon xalqlari kitobxonlariga ham manzur bo’lib, ularning klassik yozuvchilari qatoridan o’rin olgan.

Download 29.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling