Kaykovusning qobusnoma asaridagi farzand tarbiyasi


Download 14.02 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi14.02 Kb.
#1566329
Bog'liq
WORD1


ERGASHEVA MADINABONU
GULISTON DAVLAT PEDAGOGIKA
INSTITUTINING 1-KURS TALABASI


KAYKOVUSNING QOBUSNOMA ASARIDAGI FARZAND TARBIYASI

Anotatsiya. Kaykovusning Qobusnoma asari XI asrda yuzaga kelgan yirik tarbiyaviy ahamiyatga ega boʻlgan asardir. Maqolada asardagi farzand tarbiyasi haqida soʻz boradi.


KALIT SOʻZLAR: ta'lim, tarbiya, axloq, poklik, rostgoʻylik, kelajak, zukkolik, madaniyat.

Kaykovusning qobusnoma asari XI asrda yuzaga kelgan yirik tarbiyaviy asar hisoblanadi.Kaykovus ibn Iskandar oʻz oʻgʻli Gilonshohga atab “Nasihatnomasini” yaratdi,oʻsha davr ananasiga koʻra uni Bobosi podshoh Shams-maoliy Qobus sharafiga qobusnoma deb ataydi.


Qobusnoma asarida ham jismoniy,ham aqliy tarbiyaning,hamma qirralari oʻtta zukkolik bilan tahlil qilinadi.Qobusnoma oʻzbek tiliga birinchi marta buyuk oʻzbek shoiri Muhammad Rizo Ogahiy tomonidan 1860-yilda tarjima qilindi.Ogohiy tarjimasining qoʻlyozma nusxalari Oʻzbekiston fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutining qoʻlyozma fondida va Sankt-Peterburgdagi Saltikov-Shchedin nomli kutubxonada saqlanadi.Qobusnoma shu tariqa uncha katta boʻlmagan nusxada oʻzbek kitobxonlar qoʻliga ilk bor 1967-yilda yetib bordi. XIX asrdayoq ingliz, fransuz, olmon tillarga tarjima qilindi.
Sharq mutafakkirlarning pedagogikaga oid asarlarni oʻrganar ekanmiz ularda har birida, ta'limiy-tarbiyaviy masala bilan uzviy ravishda borgʻlangan hikoyalarga duj kelamiz.Shu qatori Kaykovusning Qobusnoma asarida ham jami 44 bobni oʻz ichiga oladi.Bu asarda farzand tarbiyasi, ilimni qanday oʻrganish, ota-onaga qanday munosabatda boʻlish, rostgoʻylik,poklik,odob, axloq,kabi tarbiya jarayonlari singdirilgan.Millat tarbiyasi hamma zamonlarda ham eng dolzarb masala boʻlib kelgan.Afsus bugun koʻp yoshlarimiz Kaykovusning Qobusnoma asarining mazmunidan bexabar qolmoqda, shuning uchun turli yod gʻoyalarga koʻr-koʻrona bilib bilmay tushunib tushunmay ergashayotganini koʻrishimiz mumkin.
Muallif “Ota-onani hurmatlash” haqidagi bobida gʻoyat muhum bir fikrni bayon qiladi.Oʻz farzanding sening haqingda qanday boʻlishini tilasang, sen ham ota onang haqida shunday boʻlgil. Sen ota onangga nima ish qilsang,farzanding ham sening haqingda shunday ish qilur, chunki farzand mevaga ota ona daraxtga oʻxshaydi.Daraxtni har qancha yaxshi tarbiyat qilsang, mevasi shuncha yaxshiroq va shirinroq boʻlur.Bu bilan muallif seni farzanding hurmat qilishini xohlasang, sen ham ota onangni hurmatini joyiga qoʻy zero, sen ota-onangga qanday munosabatda boʻlsang,xuddi shunday oʻzingga qaytgay. Ota- onani hurmat qilish ularni eʼzozlash, ranjitmaslik, gʻoyalari ilgari surgan.Ota onamiz bu bizning davlatimiz boyligimizdir ularni bizga ketgan mehnati ta'lim tarbiyasini hech narsa bilan tenglashtirib boʻlmaydi.
XULOSA.
Kaykovusning Qobusnoma asari XI asrda yaratilgan boʻlishiga qaramay, oʻzining odob axloq pand nasihat qoidalari oʻz obroʻsini yoʻqotmagan. Qobusnoma ham aqliy, ham jismoniy tarbiyaning, barcha qirralarini oʻta zukkolik bilan tahlil qilinadi,kundalik hayotdagi odob,axloq,xulq masalalariga e'tibor berilgan.Asarda oila tarbiyasi, ota-onagga qanday munosabatda boʻlish,bugungi kundagi eng dolzarb masalalar farzand tarbiyasi va undagi jarayonlar ochib berilgan. Kitobning buyuk ahamiyati shundaki, u har bir davr yoshlarni barkamol inson qilib tarbiyalashda o'z qiymatini aslo yo'qotmaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:
1. Kaykovus Qobusnoma 1994
2. Kaykovus Qobusnoma 2017 nashri (Ulugʻbek Dolimov) tayyorlovchi.
Download 14.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling