Kazus davlatlar tuzilish ko’ra, oddiy-unitar hamda murakkab-federativ va konfederativ davlatlarga bo’linadi. Davlat tuzilish shakli nafaqat ommaviy hokimiyat bilan


Download 30.03 Kb.
bet1/4
Sana09.02.2023
Hajmi30.03 Kb.
#1182670
  1   2   3   4
Bog'liq
dhn oraliq


KAZUS

Davlatlar tuzilish ko’ra, oddiy-unitar hamda murakkab-federativ va konfederativ davlatlarga bo’linadi. Davlat tuzilish shakli nafaqat ommaviy hokimiyat bilan, balki davlatning yana bir muhim belgisi- aholining hududiy asosga ko’ra birlashganligi bilan ham chambarchas bog’liqdir.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 3-moddasiga binoan, O’zbekiston Respublikasi o’zining milliy-davlat va ma’muriy-hududiy tuzilishini, davlatr hokimiyatini va boshqaruv organlarining tizimini belgilaydi, ichki va tashqi siyosatini amalga oshiradi.
TDYU 1-kurs talabalari bilan o’tkazilgan seminar mashg’ulotlarida, O’zbekiston Respublikasini tuzilish shaklini muhokama qilish vaqtida , ayrim talabalar O’zbekistonning unitary davlar ekanligini ta’kidlashsa, qolgan talabalar federative davlat ekanligini ilgari surishdi.
Davlatning tuzilish shaklini bayon etish orqali ushbu vaziyatga huquqiy baho bering.
Ushbu vaziyatga yechim topish uchun dastlab davlatning tuzulish shakli haqida ma’lumot bersak.
Ko’pchilik huquqshunos olimlar davlat tuzilish shaklini quyidagicha ta’riflaydi: Davlatning tuzilish shakli deganda, muayyan davlatning siyosiy, ma’muriy, hududiy tuzilishi va uning oliy organlari bilan mahalliy organlari o‘rtasidagi aloqalar e’tirof etiladi. Davlatning tuzilish shakli ikkiga bo‘linadi: oddiy (unitar) va murakkab (federativ va konfederativ).
Unitar davlat- (lotincha «unitas» so‘zidan olingan bo‘lib – «yagona», «bir butun» degan ma’noni anglatadi) oddiy tuzilishga ega yaxlit davlat bo‘lib, to‘la siyosiy birlik ekanligi bilan farqlanib turadi. Unitar davlatlar tarkibidagi ma’muriy-hududiy bo‘linmalar faqat mahalliy masalalarni hal etish huquqiga ega, markaziy yagona davlat hokimiyati mamlakatning butun hududiga o‘z ta’sirini, yurisdiksiyasini tanho o‘tkazadi.
Unitar davlatlar quyidagi huquqiy belgilarga ega:
● unitar davlatlarda yagona davlat hokimiyati oliy organlar tizimi mavjudligi
● yagona Konstitutsiya va qonunchilik tizimiga egaligi.
● yagona fuqarolikka
● unitar davlatlar yagona bo`linmas va daxlsiz hududga ega bo`lishi
Unitar davlatlarga Daniya, Norvegiya, Shvetsiya, Fransiya, Italiya, Ukraina kabi oddiy tarkibiy tuzilishga ega davlatlar misol qilib olsak bo’ladi. Unitar davlatlarning alohida turi bo‘lib, avtonom hududli unitar davlatlar hisoblanadi. Ularda yagona hudud tarkibida avtonom tuzilmalar bo‘ladi. Avtonom hududli unitar davlatlarga Xitoy (o‘z tarkibida bir qator avtonomiyalarga ega – Tibet, Ichki Mo‘g‘uliston, Gonkong va hokazo), Ispaniya (Basklar viloyati), Daniya (Farer orollari va Grenlandiya) misol bo‘ladi.

Download 30.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling