KAZUS
Davlatlar tuzilish ko’ra, oddiy-unitar
hamda murakkab-federativ va
konfederativ davlatlarga bo’linadi. Davlat tuzilish shakli nafaqat ommaviy
hokimiyat bilan, balki davlatning yana bir muhim
belgisi- aholining hududiy
asosga ko’ra birlashganligi bilan ham chambarchas bog’liqdir.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
3-moddasiga binoan, O’zbekiston
Respublikasi o’zining milliy-davlat va ma’muriy-hududiy tuzilishini,
davlatr
hokimiyatini va boshqaruv organlarining tizimini belgilaydi,
ichki va tashqi
siyosatini amalga oshiradi.
TDYU 1-kurs talabalari bilan o’tkazilgan seminar mashg’ulotlarida,
O’zbekiston Respublikasini tuzilish shaklini muhokama qilish vaqtida ,
ayrim
talabalar O’zbekistonning unitary davlar ekanligini ta’kidlashsa, qolgan talabalar
federative davlat ekanligini ilgari surishdi.
Davlatning tuzilish shaklini bayon etish orqali ushbu vaziyatga huquqiy
baho bering.
Ushbu vaziyatga yechim topish uchun dastlab
davlatning tuzulish shakli
haqida ma’lumot bersak.
Ko’pchilik huquqshunos olimlar davlat tuzilish shaklini quyidagicha
ta’riflaydi
: Davlatning tuzilish shakli deganda, muayyan davlatning siyosiy,
ma’muriy, hududiy tuzilishi va uning oliy organlari
bilan mahalliy organlari
o‘rtasidagi aloqalar e’tirof etiladi. Davlatning tuzilish shakli ikkiga bo‘linadi:
oddiy
(unitar) va
murakkab (federativ va konfederativ).
Unitar davlat- (lotincha «unitas» so‘zidan olingan bo‘lib
– «yagona», «bir
butun» degan ma’noni anglatadi) oddiy tuzilishga ega yaxlit davlat bo‘lib, to‘la
siyosiy birlik ekanligi bilan farqlanib turadi. Unitar davlatlar tarkibidagi
ma’muriy-hududiy bo‘linmalar faqat mahalliy masalalarni hal etish huquqiga ega,
markaziy yagona davlat hokimiyati mamlakatning butun hududiga o‘z ta’sirini,
yurisdiksiyasini tanho o‘tkazadi.
Unitar davlatlar quyidagi huquqiy belgilarga ega:
● unitar davlatlarda yagona davlat hokimiyati oliy organlar
tizimi mavjudligi
● yagona Konstitutsiya va qonunchilik tizimiga egaligi.
● yagona fuqarolikka
● unitar davlatlar yagona bo`linmas va daxlsiz hududga ega bo`lishi
Unitar davlatlarga Daniya, Norvegiya, Shvetsiya, Fransiya, Italiya, Ukraina
kabi oddiy tarkibiy tuzilishga ega davlatlar misol qilib olsak bo’ladi.
Unitar
davlatlarning alohida turi bo‘lib,
avtonom hududli unitar davlatlar hisoblanadi.
Ularda yagona hudud tarkibida avtonom tuzilmalar bo‘ladi. Avtonom hududli
unitar davlatlarga Xitoy (o‘z tarkibida bir qator avtonomiyalarga ega – Tibet, Ichki