Kazus davlatlar tuzilish ko’ra, oddiy-unitar hamda murakkab-federativ va konfederativ davlatlarga bo’linadi. Davlat tuzilish shakli nafaqat ommaviy hokimiyat bilan


Davlat tuzilishining yana bir shakllaridan biri bu konfederatsiyadir.-


Download 288.24 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana12.02.2023
Hajmi288.24 Kb.
#1191342
1   2   3   4
Bog'liq
dhn oraliq distant

Davlat tuzilishining yana bir shakllaridan biri bu konfederatsiyadir.-
Konfederatsiya bu-bir necha davlatlarning ayrim muhim sohalar, ya’ni iqtisodiy, 
siyosiy, mudofaa masalalari bo‘yicha tuzgan ittifoqidir. Konfederatsiyada yagona 
davlat hududi, yagona fuqarolik bo‘lmaydi. Konfederatsiya bu to‘la mustaqil 
davlatlarning ayrim sohalar bo‘yicha tuzadigan ko‘ngilli ittifoqidir. Konfederatsiya 
davlat tuzilish shakli hisoblanib, u shartnoma yoki bitim asosida tuziladi hamda 
muvaqqat xarakterga ega bo‘ladi. Ular keyinchalik asosiy maqsadga erishganidan 
so‘ng tarqalib ketishi yoki tuzilgan ittifoqni mustahkamlab federatsiyaga o‘tishi, 
yoxud qo‘shilib unitar davlat bo‘lib ketishi ham mumkin. 
Konfederatsiyaning o‘ziga xos belgilari quyidagilardan iborat: 
1)konfederatsiya muayyan maqsadga erishish uchun birlashgan mustaqil 
davlatlarning ittifoqi;
2)barqaror bo‘lmagan siyosiy tuzilma;
3)yagona hududning bo‘lmasligi;


4)yagona fuqarolikning o‘rnatilmasligi;
5)konfederatsiya subyektlari undan erkin chiqib ketishi mumkinligi;
6)konfederatsiya subyektlarining qonunchilik hujjatlarini qo‘llamaslik 
huquqiga egaligi;
7)konfederatsiya vakolatiga cheklangan doiradagi masalalarni hal etish 
kirishi; 
8)konfederatsiya budjeti uning a’zolari ixtiyoriy badallaridan tashkil topishi. 
Hozirgi vaqtda Yevropaning 28 ta davlatini birlashtirgan Yevropa ittifoqi 
davlatlarining hamdo‘stligi konfederatsiyasi mavjud. Mustaqil Davlatlar 
Hamdo‘stligi konfederatsiya emas. 2016-yil iyunida Buyuk Britaniya Yevropa 
Ittifoqidan chiqish to‘g‘risida referendum o‘tkazdi. Bunda Angliya aholisining 
qariyb 60 foizga yaqini Yevroittifoqni tark etish g‘oyasini yoqlab ovoz berdi. 
«Breksit» – Ittifoqni tark etish, undan chiqish protsedurasi ikki yilga cho‘zilishi, 
London bilan Bryussel o‘rtasida uzoq muzokaralar bo‘lishi hozirgacha 
ta’kidlanmoqda.
Konfederatsiyaning federatsiyadan farqi shuki, federatsiya alohida 
davlatlarning yagona davlatga birlashish borasidagi ittifoqi bo‘lsa, konfederatsiya 
mustaqil davlatlarning cheklangan sohalardagi ittifoqidir, ya’ni konfederatsiya. 
Davlatning shakllari subyektlari birlashish jarayonida o‘z mustaqilligini saqlab 
qoladi, federatsiya subyektlari esa, o‘z suverenitetini federatsiya idoralari 
ixtiyoriga topshiradilar. Shuningdek, federatsiya qat’iy ravishda konstitutsiya 
asosida birlashsa, konfederatsiya taraflarning o‘zaro kelishuviga binoan shartnoma 
yoki bitim asosida birlashadi.
Konfederatsiya federatsiyaga nisbatan uncha 
mustahkam emas, chunki u odatda biron-bir masalalani hal etish ehtiyoji orqali 
tashkil etiladi. Tarixda ham konfederatsiyalar uncha ko`p bo`lmagan, bo`lganlari 
ham keyinchalik yo federatsiyaga aylanishgan, yoki alohida-alohida unitar 
davlatlarga bo`linib ketishgan. 
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, davlat tuzilish shakli tushunchasini batafsil 
sharhlash orqali davlat hokimiyati qay yoʼsinda tashkil etilganligi, uning tarkibiy 
qismi va ushbu qismlar oʼrtasidagi munosabatlar haqida bilib olishimiz mumkin. 
O’zbekistonning tuzulish shakliga to’xtalib o’tsak, republikamiz rasman unitar 
davlat hisoblansa ham, ammo federative davlat alomatlari ham mavjud, ya’ni 
davlat 
tarkibida 
suveren 
bo’la 
olish 
huquqiga 
ega 
Qoraqalpog’iston 
Respublikasining mavjudligidir. To’g’ri Qoraqalpog’iston o’zining qonunlari 
o’zining boshqaruv organlariga egadir ammo O’zbekiston Respublikasida yagona 
hokimiyat va yagona konstitutsiya bor bo’lishi davlatning unitar davlatga xosligini 
bildiradi. Ushbu tasdiqni biz O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda u 
asosida chiqarilgan qonunlar orqali bilib olishimiz mumkin. 

Download 288.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling