Davlat tuzilish shakli reja: kirish Davlatning tuzilish shakli tushunchasi


Download 197.5 Kb.
bet1/8
Sana18.06.2023
Hajmi197.5 Kb.
#1587911
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Davlatning tuzilish shakli kurs ishi oxirgi


Davlat tuzilish shakli


REJA:
KIRISh

  1. Davlatning tuzilish shakli tushunchasi

  2. Davlatning tuzilish shaklining turlari

  3. O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishining o‘ziga xos xususiyatlari.

XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI
Kirish

Davlat tuzilish shakli tushunchasi davlat va huquq nazariyasi fanida eng muhim kategoriyalaridan biri hisoblanadi. Davlat tuzilish shakli kategoriyasi davlat mohiyati kategoriyasi bilan bevosita bog‘liqdir. Chunki davlat tuzilish shaklini bilish orqali davlat ma’muriy-hududiy tuzilishi markaziy hokimiyat organlari bilan mahalliy davlat hokimiyati organlari o‘rtasidagi munosabatlar xarakteri aniqlanadi. Ya’ni u orqali markaziy organlar bilan ma’muriy-hududiy birliklardagi mahalliy organlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabat, davlat hokimiyati amalga oshirish usullarini bilish mumkin. Shu bilan birga mavjud yuridik adabiyotlarda davlat tuzilish shakli kategoriyasiga ta’rif ishlab chiqishda yakdillik yo‘qligini ham ko‘rsatib o‘tish mumkin.


Mazkur kurs ishining dolzarbligi ham shundaki yuridik adabiyotlardagi davlat tuzilish shakliga berilgan ta’rifni umumlashtirish va hozirgi zamonaviy davlatlarning mohiyatidan kelib chiqqan davlat tuzilish shakliga yangicha yondashuvlar asosida ta’rif ishlab chiqishdir. Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqillikka erishganidan keyin o‘z davlatchiligini shakllantira boshladi.
Respublikamiz birinchi Prezidenti I.A.Karimov aytganlaridek: «Davlat qurilishi borasida tanqidiy nuqtai nazarsiz qabul qilinadigan tayyor qolip va andozalar yo‘q. Dunyoda bir-biriga o‘xshagan ikkita inson bo‘lmaganidek, bir-biriga aynan o‘xshash ikkita davlat ham yo‘q. Bunday bo‘lishi ham mumkin emas.
Har bir davlat betakror ijtimoiy hodisadir. U har qaysi xalq tarixiy va ma’naviy taraqqiyotining holisidir, uning o‘ziga xos, o‘ziga mos madaniyati rivojining natijasidir».
Tabiiyki, biz tanlagan istiqbolli yo‘l nihoyatda keng qamrovli bo‘lib, uni turli tomondan tahlil va talqin etish mumkin. Demokratiya bosh yo‘limiz bo‘lsa, davlat bosh islohotchi, deb e’tirof etildi. Demak, mustaqil milliy davlatchilikni qaror toptirish biz tanlagan yo‘lning ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekan. Biz tanlagan ijtimoiy taraqqiyot jarayonining asosiy belgi, xususiyatlaridan biri davlat boshqaruvi shakliga bog‘liqdir.
Bugun biz qanday davlat quryapmiz? Uning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy-ma’naviy va huquqiy negizlari nimalardan iborat? Biz bunyod etayotgan davlatning mazmun-mohiyati, qiyofasi, shakl-shamoyli qanday bo‘ladi, degan savollar tug‘ilishi tabiiy hol.
Shu nuqtai-nazardan olganda yuqoridagi savollarga javob berish davlat shakli kategoriyasiga oid masalalarni ilmiy nazariy jihatdan o‘rganishni ahamiyatini va dolzarbligini va naqadar zarurligini ko‘rsatib turibdi.
Mazkur mavzu MDH mamlakatlari va respublikamizning yetakchi huquqshunos olimlari tomonidan atroflicha o‘rganilgan va tadqiqot qilingan.
Kurs ishi kirish, uchta paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.

1. DAVLATNING TUZILISh ShAKLI TUShUNChASI


Ma’lumki, har qanday davlat muayyan hududda joylashgan. Uning fuqarolari ham xuddi shu hududda istiqomat qilishadi. O‘zining ijtimoiy funksiyalarini bajarish - fukarolarning iqtisodiy turmushi va himoyasini tashkil etish, sug‘urta zahiralarini yaratish va hokazolar uchun davlat turli xil faoliyatni amalga oshiradi. Ammo aholining soni ancha ko‘p, hududiy o‘lchami katta bo‘lgan sharoitlarda bir markazdan turib bu faoliyatni amalga oshirish - qariyb uddalab bo‘lmaydigan vazifadir,


Fuqarolar soni va hudud ko‘lami muayyan chegaraga yetganda mamlakat hududini okruglar, viloyatlar, o‘lkalar, shtatlar, kantonlar, guberniyalar, uezd singari hududlarga bo‘lish hamda shu hududiy tuzilmalarda hokimiyatning mahalliy (hududiy) organlarini tuzish zarurati tug‘iladi. Shu tariqa hokimiyat va boshqaruvning markaziy hamda mahalliy organlari o‘rtasida vakolatlarni bo‘lish ehtiyoji ham paydo bo‘ladi. Bu davlat (hududiy) tuzilishi zaruratini keltirib chiqaradigan birinchi sababdir.
Ikkinchi sabab u yoki bu davlat aholisining ko‘p-millatliligi bilan bog‘liq. Har bir xalq, millatning o‘z an’analari, davlatchilik bo‘yicha tarixiy tajribasi, madaniy, til va boshqa ma’naviy ehtiyojlarga ega. Bularning hammasini davlat tuzilishi chog‘ida nazarda tutish kerak.
Uchinchi sabab sub’ekti va xatto tasodifiy omillar - o‘zlashtirib olish, mustamlakachilik ta’siri, siyosiy manfaatlar va boshka ko‘pgina holatlardan iborat bo‘lishi mumkin.
Boshqaruv shakli singari hududiy tuzilish ildizlari ham juda qadim zamonlarga borib taqaladi. Qadimgi Sharq despotik imperiyalariyoq viloyatlar", shaharlar, satrapiyalar, zabt etilgan hududdarga bo‘lingandi. Ular o‘z hududiy tuzilmalari hamda o‘z hokimiyat va boshqaruv organlariga ega bo‘lishgan. Albatta, davlat o‘z hududiy tuzilmalarining oddiy yig‘indisidan iborat emas. Lekin bu tuzilmalarsiz davlat mavjud bo‘la olmaydi.
Endi biz davlat tuzilishini ta’riflab berish masalasiga o‘tamiz hamda davlat tuzilishi shakli deganda nimani tushuniladi, degan savolga javob beramiz.
Davlatshunos olimlar tomonidan bu tushunchaga ko‘plab ta’riflar berilgan. Lekin ular bir-birlaridan unchalik katta farq qilmaydi. Ularning qariyb barchasi davlat tuzilishi shakli deganda davlat hokimiyatining mamuriy-hududiy tashkil etilishi, davlat bilan uni tashkil etuvchi qismlar o‘rtasidagi, davlatning alohida qismlari o‘rta-sidagi, markaziy va mahalliy organlar o‘rtasi­dagi o‘zaro munosabatlar xarakterini tushunish kerak, deb hisoblashadi,
Davlat o‘z oldida turgan asosiy vazifalarni, masalan, aholining iqtisodiy turmushini tashkil etish, aholining xavfsizligini ta’minlash va boshqa funksiyalarni amalga oshirish maqsadida turli xil faoliyatni yuritadi. Agar davlatda aholining soni ko‘p bo‘lsa, hududiy jihatdan ancha katta bo‘lsa, bu sharoitlarda markazdan turib bu faoliyatni amalga oshirish mushkuldir.
Taniqli huquqshunos olim yuridik fanlar doktori, professor R.Q.Qayumovning fikricha1: davlat tuzilishi davlat shaklining bir turidir. Davlatning shakli huquqshunoslik fanida uchta asosiy qismlarning yig‘indisi hisoblanadi:

  • davlatni boshqarish;

  • davlat tuzilishi shakli;

  • siyosiy tartib (rejim).

Davlat tuzilishi shu davlat oldida turgan vazifalar va maqsadlar bilan belgilanadi. Davlat tuzilishi va uning shakliga: birinchidan, jamiyat va davlat oldida muayyan davrda qanday iqtisodiy vazifalar, siyosiy maqsadlar turganligi; ikkinchidan, davlatda qancha aholi (millat) borligi va ularning o‘zaro munosabatlari qandayligi; uchinchidan esa, davlat hududining qandayligi ta’sir etadi.
Davlat tuzilishi yoki milliy davlat tuzilishi deganda davlatning mohiyatidan kelib chiquvchi uning hududiy tuzilishi yoki milliy-hududiy tuzilishi, davlat bilan uning tarkibiga kiruvchi bo‘laklarni (kismlarni) davlat munosabati shakllari va huquqiy holatlari tushuniladi.
Taniqli huquqshunos olim yuridik fanlar doktori, professor Z.M.Islomovning fikrlaricha2: fuqarolar soni va hudud ko‘lami muayyan chegaraga yetganda mamlakat hududini okruglar, viloyatlar, o‘lkalar, shtatlar, kantonlar, guberniyalar, tumanlar singari hududlarga bo‘lish hamda shu hududiy tuzilmalarda hokimiyatning mahalliy (hududiy) organlarini tuzish zarurati tug‘iladi. Shu tariqa hokimiyat va boshqaruvning markaziy hamda mahalliy organlari o‘rtasida vakolatlarni bo‘lish ehtiyoji ham paydo bo‘ladi.
Davlatshunos olimlar tomonidan davlat tuzilishi tushunchasiga ko‘plab ta’riflar berilgan. Ularning qariyb barchasi davlat tuzilishi shakli deganda - davlat hokimiyatining ma’muriy-hududiy tashkil etilishi, davlat bilan uni tashkil etuvchi qismlar o‘rtasidagi, davlatning alohida qismlari o‘rtasidagi, markaziy va mahalliy organlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar xarakterini tushunish kerak, deb hisoblashadi.



Download 197.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling