Davlat tuzilish shakli reja: kirish Davlatning tuzilish shakli tushunchasi


Download 197.5 Kb.
bet7/8
Sana18.06.2023
Hajmi197.5 Kb.
#1587911
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Davlatning tuzilish shakli kurs ishi oxirgi

Shaharchalar ham ma’muriy-hududiy birlik bo‘lib, uning turkumiga sanoat korxonalari, qurilishlar, temir yo‘l stansiyalari va boshqa muhim ob’ektlar yaqinida joylashgan hamda kamida ikki ming aholisi bo‘lgan aholi punktlari kiritilishi mumkin. Hozirgi vaqtda O‘zbekiston Respublikasida 106 ta shaharchalar mavjud.
Qishloqlar – ma’muriy-hududiy bo‘linishning quyii bo‘g‘inlaridan biridir. Shahar hududlariga kirmaydigan, ma’lum aholi soniga ega bo‘lgan qishloq markazlari va ma’lum sanoat ob’ektlari atrofida istiqomat qiluvchi aholining yashash joylari qishloqlar bo‘lishi mumkin.
Ovullar esa qishloqlarga qaraganda kichikroq hajmdagi yashash va turar joylardan iborat aholi punktlaridir. Ovullarda ko‘p hollarda chorvador oilalar istiqomat qilib, ular asosan ko‘chib yuruvchi bir necha cho‘ponlar oilalaridan tashkil topadi. O‘zbekiston REspublikasida qishloq va ovullar 1427 tadan oshiqdir.
O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy bo‘linishi tizimida Qoraqalpog‘iston Respublikasi alohida ahamiyat kasb etadi.
Har bir millatning o‘z taqdirini o‘zi belgilash tamoyili asosida qorag‘alpoq millati O‘zbekiston hududida o‘z davlatini muxtor Respublika shaklida tashkil etgan edi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligiga erishgandan so‘ng, Qoraqalpog‘iston Respublikasini mustaqil-suveren deb e’lon qildi. Bu Mustaqillik to‘g‘risidagi deklaratsiyada, Mustaqillik asoslari to‘g‘risidagi qonunda va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasi7da o‘z ifodasini topdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasida o‘z ifodasini topgan bo‘lib, 66-moddaga binoan Qoraqalpog‘iston Respublikasi tumanlardan, shaharlardan, shaharchalardan, ovullardan iborat.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy-hududiy tuzilishida viloyatlar mavjud emas.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida eng yirik ma’muriy-hududiy birlik – bu tumandir.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasining shimoliy-g‘arbida joylashgan. Maydoni 164,9 ming kv. km. Qoraqalpog‘iston Respublikasida 15 ta tuman, 12 ta shahar, 16 ta shaharcha, 112 ovul bor.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining poytaxti - Nukus shahridir.
O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishida - Toshkent shahri alohida o‘rinni tutadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 6-moddasiga binoan O‘zbekiston Respublikasining poytaxti - Toshkent shahri.
Poytaxt shahar o‘ziga munosib bir qator o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Unda davlat va jamoat tashkilotlarining markaziy idoralari, davlat boshlig‘ining qarorgohi, chet el diplomatik vakolatxonalari joylashadi, davlatning asosiy siyosiy va iqtisodiy tadbirlari amalga oshiriladi
Toshkent shahri Toshkent viloyatining ma’muriy markazi bo‘lib, maydoni 256 kv. km.
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, O‘zbekiston Respublikasining davlat tuzilishini ham «sof holda»gi unitar davlat shakli sifatida ko‘rsatishimiz mumkin emas. Chunki uning tarkibida suveren Qoraqalpog‘iston Respublikasi mavjud.
O‘zbekiston Respublikasi davlat tuzilishiga ko‘ra unitar davlat hisoblansa ham, unda federativ davlat tuzilishi shaklining ba’zi bir qirralari mavjud.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va konstitutsiyaviy amaliyot O‘zbekiston Respublikasining unitar davlat sifatidagi quyidagi belgilarini ko‘rsatadi:

  • O‘zbekiston Respublikasi hududiy tuzilishi bo‘yicha yagona birlikni tashkil etadi.

  • Davlat hokimiyati respublika hududida bir butunlikni tashkil etadi va ularning chiqargan huquqiy hujjatlari butun O‘zbekiston hududiga taalluqlidir.

  • Qonunlarning yagonaligi, ya’ni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 15-moddasiga binoan O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so‘zsiz tan olinadi. Demak, respublikaning butun hududida yagona Konstitutsiya va qonunlar amalda bo‘ladi. Lekin shuni ham ta’kidlab o‘tish lozimki, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida O‘zbekiston Respublikasi qonunlaridan tashqari unga zid bo‘lmagan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari amalda bo‘ladi.

  • O‘zbekiston Respublikasini tashqi siyosati O‘zbekiston xalqining manfaatlarini ko‘zlab amalga oshirilishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 10-moddasiga binoan O‘zbekiston xalqi nomidan faqat u saylagan Respublika Oliy Majlisi va Prezidenti ish olib borishi mumkin.

  • O‘zbekiston Respublikasida moliya, pul tizimi, soliq, bojxona tuzilishi va respublika Qurolli kuchlari, Milliy xavfsizlik va ichki ishlar organlari xizmati markazlashtirilgan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 122-moddasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi o‘z moliya va pul-kredit tizimiga ega. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 16 iyun «O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasini muomilaga kiritish to‘g‘risida»gi Farmon8i asosida respublikaning butun hududida milliy valyutamiz – SO‘M muomilaga kiritildi. Konstitutsiyaning 123-moddasiga binoan esa O‘zbekiston Respublikasi hududida yagona soliq tizimi amal qiladi va x.k.lar.

  • Butun O‘zbekiston hududida yagona fuqarolik joriy qilingan. Konstitutsiyaning 21-moddasiga binoan O‘zbekiston Respublikasining butun hududida yagona fuqarolik o‘rnatiladi. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi, unga qanday asoslarga ega bo‘lganlikdan qat’i nazar, hamma uchun tengdir. Qoraqalpog‘iston Respublikasining fuqarosi ayni vaqtda O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi hisoblanadi.

Yuqoridagilarga tayangan holda O‘zbekiston Respublikasini davlat tuzilishi shakliga ko‘ra federativ davlat tuzilishining ba’zi bir belgilari (xususiyatlari)ni o‘zida mujassamlashtirgan unitar davlat deb ko‘rsatishimiz mumkin.
Ma’muriy-hududiy bo‘linish – bu qonun asosida tuzilgan, ma’lum nomga, tegishli davlat-huquqiy maqomga ega bo‘lgan va boshqa ma’muriy-hududiy bo‘laklar bilan, hukmronlik va bo‘ysunish munosabatlari bilan bog‘liq O‘zbekiston Respublikasi hududning tarkibiy qismidir.
O‘zbekiston Respublikasi hududining ma’lum ma’muriy bo‘laklarga bo‘linishi, davlatning asosiy funksiya va vazifalarini amalga oshirishda zarur tadbir bo‘lib hisoblanadi.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari ma’muriy-hududiy bo‘lakda o‘z vazifalarini shu davlat hududiy bo‘laklari orqali amalga oshiradilar. Demak, ma’muriy-hududiy bo‘laklarga mos ravishda davlat apparatining tegishli bo‘g‘inlari ham takomillashtiriladi.
Ma’muriy-hududiy bo‘linish ikki xilda: siyosiy-hududiy bo‘linish va ma’muriy-hududiy bo‘linish sifatida namoyon bo‘ladi. Siyosiy-hududiy bo‘linishda davlat hududida siyosiy jihatdan alohida davlat (mustaqil yoki muxtoriyat) namoyon bo‘lsa, bunday davlatning hududiy bo‘linishi murakkab hisoblanib, uni siyosiy-hududiy bo‘linishdagi davlat deyiladi. Agar davlat faqat ma’muriy-hududiy bo‘laklardan iborat bo‘lsa, bunday davlatni ma’muriy-hududiy bo‘linishdagi davlat deyiladi.
Qayumov R.Q. ko‘rsatishicha9: ma’muriy-hududiy bo‘linishni amalga oshirishga tabiiy, siyosiy, iqtisodiy omillar ta’sir qiluvchi omillar va tamoyillardir.
O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy tuzilishini amalga oshirishda quyidagi tamoyillarga asoslaniladi:

  • iqtisodiy tamoyil – davlatning ma’muriy-hududiy tuzilishi shu davlatning ihtisodiy sohadagi vazifalarini samaradorlik bilan amalga oshirishni ta’minlashga qaratilishi lozim. Shuning uchun ham davlat apparatining mahalliy organlari uning iqtisodiy-xo‘jalik yuritish funksiyasini muvaffaqiyatli ta’minlab beradigan darajada hududiy joylashtirilgan bo‘lishi kerak;

  • siyosiy tamoyil – davlatning hududiy tuzilishini shu davlatning siyosiy maqspadlari, davlat hokimiyatini amalga oshirishga mos ravishda tashkil etishdan iborat. Bu tamoyil, birinchidan, har bir ma’muriy-hududiy bo‘linma davlatning, uning hokimiyat organlari vazifalarini bajaruvchi mustaqil qismi deb tushunilishi, ikkinchidan, har bir hududiy qism o‘z vazifasini bajarishda yuqori davlat hokimiyati organlariga bo‘ysunishi;

  • milliy-maishiy tamoyil – ma’muriy-hududiy bo‘linish jarayonida aholini milliy tarkibi, o‘ziga xos milliy-maishiy xususiyatlari e’tiborga olinadi. Mazkur tamoyilda O‘zbekistonning ma’muriy-hududiy bo‘lagidagi aholining milliy tarkibigae’tibor beriladi, ularning milliy o‘zini o‘zi boshqarishlariga ma’lum darajada sharoit yaratib beriladi. Bunday tadbirlar milliy qadriyatlarimizning o‘ziga xos tomonlarini inobatga olishni, madaniy, tarixiy, diniy, estetik tomonlarga e’tibor berishni ta’minlaydi;

  • davlat apparatini aholiga yaqinlashtirish tamoyili – ma’muriy-hududiy tuzilishda davlat ishlarini boshqarishda xalqning ishtirokini ta’minlash va davlat apparatini aholiga yaqinlashtirishdan iborat. Bunday tadbir davlat apparatini aholiga aloqador va qulay sharoitda xizmat qildiradi. Aholining ehtiyoji va talablarini bevosita davlat apparatiga yaqinlashtiradi. Ularga konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini amalga oshirishda, davlat organlarini saylashda, o‘zini o‘zi boshqarish organlarini tuzishda yordam beradi.

O‘zbekiston Respublikasining har bir ma’muriy-hududiy birligida davlatning mahalliy vakillik organi, hokimiyati yoki mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari tashkil etiladi. O‘zbekiston Respublikasining hozirgi ma’muriy-hududiy bo‘linishi respublikaning ishlab chiqarish kuchlari ahvolini, ularning joylashish xarakterini, transport va aloqa vositalarining rivojlanishini, joylardagi boshqaruvning tashkiliy tuzilishini aks ettiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 69-moddasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahrining chegaralarini o‘zgartirish, shuningdek viloyatlar, shaharlar, tumanlar tashkil qilish va ularni tugatish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining roziligi bilan amalga oshiriladi.
Konstitutsiyaning 69-moddasida ko‘rsatib o‘tilgan me’yor O‘zbekiston Respublikasining 1996 yil 30 avgustdagi «O‘zbekiston Respublikasida ma’muriy-hududiy tuzilish, toponimik ob’ektlarga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish masalalarini hal etish tartibi to‘g‘risida»gi qonun10i orqali amalga oshiriladi. Mazkur qonun viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullarni tuzish, tugatish, ularning chegaralarini o‘zgartirish, ma’muriy markazlarni ko‘chirish hamda aholi punktlarini shahar, shaharchalar turkumiga o‘tkazish, ma’muriy-hududiy birliklar, aholi punktlari va ularning tarkibiy qismlariga, shuningdek korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, fizik-jo‘g‘rofiy, geologik va oshqa ob’ektlarga nom berish va ularning nomini o‘zgartirish tartibini belgilaydi.
Mazkur qonunning 1-3-moddalarida viloyatlar, tumanlar, qishloqlar va ovullarni tuzish va tugatish tartibi ko‘rsatib o‘tilgan. Unga ko‘ra viloyatlarni tuzish va tugatish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan amalga oshiriladi. Tumanlarni tuzish va tugatish tegishli viloyat va Toshkent shahri hokimlarining iltimosnomasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan amalga oshiriladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida tumanlarni tuzish va tugatish Qoraqalpog‘iston Respublikasi hukumatining taklifiga muvofiq Jo‘qorg‘i Kenges tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining roziligi bilan amalga oshiriladi.
Qishloqlar, ovullarni tuzish va tugatish tegishli tuman hokimlarining iltimosnomasiga asosan xalq deputatlari viloyat Kengashlari tomonidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida esa – Jo‘qorg‘i Kenges tomonidan amalga oshiriladi.
«O‘zbekiston Respublikasida ma’muriy-hududiy tuzilish, toponimik ob’ektlarga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish masalalarini hal etish tartibi to‘g‘risida»gi qonunning 4-6-moddalariga binoan esa Qoraqalpog‘iston Respublikasining chegarasi faqat uning roziligi bilan Jo‘qorg‘i Kenges qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan o‘zgartirilishi mumkin.
Viloyatlar va tumanlarning chegaralarini o‘zgartirish tegishli viloyatlar, Toshkent shahar hokimlarining iltimosnomasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga muvofiq Oliy Majlis tomonidan amalga oshiriladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida tumanlarning chegaralarini o‘zgartirish tegishli tuman hokimlarining iltimosnomasiga binoan Qoraqalpog‘iston Respublikasi hukumatining taklifiga muvofiq Jo‘qorg‘i Kenges tomonidan amalga oshiriladi.
Qishloqlar va ovullar chegarasini o‘zgartirish, aholi punktlarini birlashtirish tegishli tuman hokimlarining iltimosnomasiga asosan xalq deputatlari viloyat Kengashlari tomonidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida esa – Jo‘qorg‘i Kenges tomonidan amalga oshiriladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining poytaxtini belgilash va ko‘chirish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining roziligi bilan Jo‘qorg‘i Kenges tomonidan amalga oshiriladi.
Viloyatlarning ma’muriy markazlarini belgilash va ko‘chirish tegishli viloyat hokimlarining iltimosnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan amalga oshiriladi.
Tumanlar, qishloqlar, ovullarning ma’muriy markazlarini belgilash va ko‘chirish tegishli tuman hokimlarining iltimosnomasiga binoan xalq deputatlari viloyat Kengashlari tomonidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida esa – Jo‘qorg‘i Kenges tomonidan amalga oshiriladi.
Shaharlarning chegaralarini belgilash va kengaytirish tegishli viloyat, Toshkent shahri hokimlarining iltimosnomasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan amalga oshiriladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida shaharlarning chegaralarini belgilash va kengaytirish tegishli tuman, shahar hokimlarining iltimosnomasiga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi hukumatining taklifiga muvofiq Jo‘qorg‘i Kenges tomonidan amalga oshiriladi.
Shaharchalarning chegaralarini belgilash va kengaytirish tegishli tuman hokimlarining iltimosnomasiga asosan xalq deputatlari viloyat Kengashlari tomonidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida esa – Jo‘qorg‘i Kenges tomonidan amalga oshiriladi.
Viloyatlar, tumanlar, shaharlarga nom berish va ularning nomini o‘zgartirish tegishli viloyat hokimlarining iltimosnomasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan amalga oshiriladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida tumanlar, shaharlarga nom berish va ularning nomini o‘zgartirish tegishli tuman, shahar hokimlarining ilitimosnomasiga asosan Jo‘qorg‘i Kenges tomonidan amalga oshiriladi.
Shaharchalar, qishloqlar, ovullar, aholi punktlariga nom berish va ularning nomini o‘zgartirish tegishli tuman, shahar hokimlarining iltimosnomasiga asosan xalq deputatlari viloyat Kengashlari tomonidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida esa – Jo‘qorg‘i Kenges tomonidan amalga oshiriladi.
Viloyatlar, tumanlar, shaharlarga nom berish va ularning nomini o‘zgartirish vaqtida O‘zbekiston Respublikasida mavjud bo‘lgan nomlarni berishga, shaharchalar, qishloqlar, ovullar, aholi punktlariga esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi yoki ushbu viloyatda mavjud bo‘lgan nomlarni berishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Viloyatlar, shaharlar, tumanlar, qishloqlar, ovullar, shaharchalar, aholi punktlariga odamlarning nomini berishga, shuningdek ularni tarixiy voqealar sharafiga nomlashga qoida tariqasida yo‘l qo‘yilmaydi.
Viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullarni tuzish, tugatish, chegaralarini o‘zgartirish, ma’muriy markazlarni boshqa joyiga ko‘chirish, aholi yashaydigan punktlarni shaharchalar toifasiga ko‘chirish, ma’muriy-hududiy birliklarni nomlash, nomini o‘zgartirish masalasiga bag‘ishlangan qarorlar albatta O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasida chop etilishi lozim.


XULOSA
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 1-moddasiga muvofiq u suveren demokratik respublika bo‘lib, mustaqil davlat hisoblanadi. "Mustaqilik" esa birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov iborasi bilan aytganda, avvalam bor "huquq" demakdir. Chunki davlatimizning hozirgi ma’muriy-hududiy chegarasida birinchi bor O‘zbekiston xalqi o‘z moddiy va ma’naviy boyliklaridan o‘z hoxishicha, ya’ni o‘zining Konstitutsiyasi va uning asosida qabul qilingan qonun hujjatlariga muvofiq ravishda jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish imkoniyati – "huquqi" yuzaga keldi. Endilikda, biz va bizning xalqimiz hom ashyo yetkazib beradigan chekka o‘lkada emas, balki mustaqil ravishda o‘z huquqimizni amalda tatbiq qila oladigan milliy suveren davlatda yashayotganimizni alohida takidlash joizdir.
O‘zbekiston milliy davlatining shakllanishi oxir-oqibatda ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy, istiqlol va taraqqiyot yo‘lidagi "o‘zbek modeli"ni ishlab chiqishga imkon berdi. Ushbu model mustaqil O‘zbekistonimizning uzoq davrga mo‘ljallangan ichki va tashqi rivojlanish strategiyasini yaratishga asos bo‘ldi. Uning mazmuni va mohiyati Prezidentimiz I.A.Karimov asarlari, risolalari, maqolalari va nutqlarida o‘z aksini topgan. Bu yo‘l O‘zbekistonning o‘ziga xosligi va manfaatlariga, uning tabiiy va ijtimoiy sharoitlariga, o‘zbek xalqining azaliy an’analariga, demografik va etnografik holatiga mos tushadi. Mazkur milliy davlat tuzilishi va uning rivojlanish asoslari Prezidentimiz asarlarida chuqur yoritib berilgan va O‘zbekistonning o‘z ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy yo‘lining besh asosiy tamoyillarida aks ettirilgandir.
Har bir mustaqil davlatning umumiy e’tirof etilgan asosiy belgilaridan biri – o‘z chegarasi doirasidagi yagona ma’muriy hududiga ega bo‘lishidir.
1991 yil 31 avgustda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XII chaqiriq, navbatdan tashqari 6–sessiyasida qabul qilingan "O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida"gi qonunining 4 va 17-moddalariga binoan Respublikamiz davlat chegarasi va hududi dahlsiz va bo‘linmasdir. Uning halqi o‘z xohish-irodasini erkin bildirmasdan turib, davlat chegarasi va hududining o‘zgartirilishi mumkin emas. O‘zbekiston tarkibida bo‘lgan Qoraqalpog‘iston Respublikasining hududiy butunligi va mustaqilligi e’tirof etiladi. Ushbu huquqiy holat Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomiga va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining 1991 yil 21 dekabrdagi Olmaotada imzolangan xalqaro shartnomasiga to‘la ravishda mos tushadi.
Xalqaro huquq me’yorlariga ko‘ra har bir davlatning hududi – davlat chegarasi doirasidagi yer kengliklaridan iboratdir. Yer kengliklariga esa ushbu hududlarning quruqlik qismi, suv akvatoriyasi, yer osti boyliklari va atmosfera havosi kiradi. Mazkur tabiiy ob’ektlar har bir davlatda yashovchi insonlar uchun moddiy baza hisoblanadi. Shuning uchun ham har bir davlat, jumladan, O‘zbekiston Respublikasining hududi uning siyosiy-ijtimoiy hayotida muhim o‘rin egallaydi va mustaqilligining real ifodasi deb qaraladi.
Hududi katta, aholisi zich va milliy-etnik tarkibi turli-tuman bo‘lgan davlatlarda ma’muriy boshqaruv samaradorligini oshirish va mahalliy sharoitlardan kelib chiqqan holda huquqiy demokratik prinsiplarni tabaqalashgan tarzda shakllantirish kabi bir qancha masalalarni xal qilish uchun yagona davlat yer kengliklari ma’lum bir qism (bo‘linma)larga ajratiladi.
Davlatning ma’muriy jihatdan ajratilgan ma’muriy-hududiy tuzilishi davlat bilan uning tarkibiy qismlari o‘rtasida yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlarni hamda ushbu qismlarning har birini huquqiy holatiga doir masalalarni qamrab oladi. Shuning uchun ham rivojlanishning qanday bosqichida turmasin yoki davlat tuzilishining qanday shakllaridan iborat bo‘lmasin har bir suveren davlatning yer kengliklarini ma’muriy-hududiy jihatdan ma’lum bir qismlarga ajratib olish juda katta siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy hamda huquqiy ahamiyat kasb etadi.
Har bir davlatning maydoni, aholisining soni, milliy-etnik tarkibi, siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishi kabi omillarga ko‘ra uning yer kengliklari ma’lum bir qismlarga ajratiladi. Bunday ma’muriy-hududiy qismlarga ajratish aksariyat hollarda davlatning markazdan turib ijtimoiy munosabatlarni samarali tartibga solish imkoni bo‘lmagan tarzda amalga oshiriladi. Ajratilgan qismlar mexanik tarzda emas, balki biron bir maqsadni ko‘zlab va ma’lum bir prinsiplarga asoslangan holda bo‘linadi. Shuning uchun ham Konstitutsiyamizning 4-bo‘lim XVI bobi O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy "bo‘linishi" emas, balki "tuzilishi" deb nomlandi.
Davlatning ma’muriy-hududiy bo‘linishi davlat boshqaruvini osonlashtirish uchun, uning yer kengliklarini siyosiy nuqtai nazardan ma’lum bir qismlarga ajratib olish deb tushunish mumkin. Ma’muriy-hududiy tuzilish esa davlatning yer kengliklarini huquqiy davlat sub’ektlari, ya’ni mustaqil ijtimoiy-siyosiy qismlar tariqasida tashkillashtirilishidir.
"Tuzilish" degan yuridik atama "Bo‘linish" degan atamaga nisbatan kengroq, huquqiy jihatdan esa mustaqilroq qismlarga ajratish desa bo‘ladi. Shu sababli O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XVI bobi "O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi" deb nomlanib, u 1927, 1937, 1978 yillarda qabul qilingan O‘zbekiston SSR Konstitutsiyalarida belgilangan huquqiy me’yorlardan tubdan farq qiladi. Masalan, yangi qomusimizda mahalliy boshqaruv organlari – viloyat, tuman va shahar hokimiyatlariga o‘zlarining ma’muriy-hududiy bo‘linmalarida ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni turli jihatlarini har tomonlama tartibga solishda katta vakolatlar berilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov davlat qurilishi va uning tuzilishi asoslariga bag‘ishlangan bir qator asarlarida, xususan "O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda" degan kitobida bizda davlat tuzilishi yer kengliklarini viloyat, tuman va shaharlarga bo‘linishi sun’iy ravishda, o‘z-o‘zidan kelib chiqqan "texnik" jarayon bo‘lmay, balki respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdagi asosiy strategik maqsadni amalga oshiruvchi tayanch qismlariga ajratilishi ekanligiga alohida urg‘u bergan.11[3] Shuning uchun ham yurtboshimiz davlat tuzilishi va boshqaruvida markazdan quyi bo‘linmalarga tomon harakat yo‘nalishi, ya’ni: birinchisi – markaziy boshqaruv organlari vakolatlarining anchagina qismini mahalliy hokimiyatlarga; ikkinchisi – mahalliy boshqaruv organlaridan qator vakolatlarni fuqarolarning joylardagi jamoat birlashmalariga va o‘zini-o‘zi boshqaruv organlariga berish kerakligini bir necha bor ta’kidlaydi.
Umumiqtisodiy, umumekologik, umumsiyosiy masalalardan tashqari barcha masalalar mahalliy boshqaruv organlar vakolatlariga kiritilishi hozirgi zamon ma’muriy-hududiy tuzilishning asosiy yutuqlaridandir. Endilikda bozor islohotlarini chuqurlashtirish, tadbirkorlikni qo‘llab quvvatlash va rag‘batlantirish, xususiy mulkni turli ko‘rinishlarini va shakllarini rivojlantirish, aholini ish bilan ta’minlash, iste’mol bozorini to‘ldirish, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, kishilarning yashash darajasini va hayot farovonligini oshirish, aholini ijtimoiy muhofaza qilish mahalliy-hududiy tuzilmalarda xal etilishi lozim bo‘ladi. Xuddi ana shunday jarayonni og‘ishmay amalga oshirish O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatining mustahkam asoslarini yaratish va ma’muriy-hududiy tuzilmalarning huquqiy-iqtisodiy mustaqilligini ta’minlashga olib keladi.

Download 197.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling