Davlat tuzilish shakli reja: kirish Davlatning tuzilish shakli tushunchasi


Download 197.5 Kb.
bet4/8
Sana18.06.2023
Hajmi197.5 Kb.
#1587911
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Davlatning tuzilish shakli kurs ishi oxirgi

Rossiya Federatsiyasining 1993 yilda qabul qilingan Konstitutsiyasining 5-moddasiga binoan Rossiya Federatsiyasi – Rossiya Federatsiyasining teng huquqli sub’ektlari bo‘lgan – respublikalardan, viloyatlardan, federal ahamiyatidagi shaharlardan, avtonom viloyatlardan, avtonom okruglardan tashkil topadi.
Germaniya Federatsiyasi o‘n oltita «yerlar»dan iborat bo‘lib, ularing uchtasini yirik shaharlar - Berlin, Gamburg, Bremen(bu yerning tarkibiga uncha katta bo‘lmagan port shahar – Bremerxafen kiradi) tashkil etadi va h.k.lar.
Federativ davlat bir necha suveren davlatlarning idtifoqidan tashkil topgan suveren davlatdir. Federatsiyada umumfederativ davlatning hokimiyati va boshqaruv organlari, Konstitutsiyasi, budjeti, davlat ramzlarini bildiradigan belgilari bo‘lishi bilan birga unga kiruvchi davlatlarning ham o‘z hokimiyati va boshqaruv organlari, Konstitutsiyasi bo‘ladi.
Hozirgi vaqtda davlatlarning rivojlanishi «toza holda»gi unitar va federativ davlatlarning kam uchrashiga olib kelmoqda. Unitar davlatlar ayrim huquqlarini ma’muriy-hududiy bo‘linmalariga bermoqda, federativ shakldagi davlatlarda esa ularning markaziy organlari hokimiyatlarini butun federatsiya hududida mustahkamlashga harakat qilmoqdalar. Demak «sof holda»gi unitar va federativ davlat shakllari kam uchraydi.


3. O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishining o‘ziga xos xususiyatlari

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 6 bo‘lim, 26 bob, 128-moddadan iborat. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining to‘rtinchi bo‘limi, o‘n oltinchi bobi (68-69-moddalari) - O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishiga bag‘ishlangan.
Tarixiy voqealar va jahon davlatlarining hozirgi rivojlanish tajribasi - davlat va ma’muriy-hududiy tuzilish muammolari siyosiy va huquqiy nuqtai nazaridan juda dolzarb ekanligini ko‘rsatmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi to‘g‘risida gapirishdan oldin, o‘quvchilar dalat tuzilishi, davlat tuzilishining shakllari to‘g‘risidagi tushunchalarga ega bo‘lishlari lozim.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Osiyoning o‘rta va shimoliy qismida joylashgan bo‘lib, shimoli-sharqda Qirg‘iziston, shimol va shimoliy-g‘arbda Qozog‘iston respublikalari, janubiy-g‘arbda Turkmaniston, janubiy-sharqda Tojikiston Respublikasi bilan, janubda qisman Afg‘oniston bilan chegaradosh.
O‘zbekiston Respublikasining maydoni – 447,4 ming kv. km.
Hozirgi O‘zbekiston hududi 1917 yilgi Oktabr to‘ntarishiga qadar ma’muriy jihatdan Turkiston general-gubernatorligi (Turkiston o‘lkasi) hamda Rossiyaning yarim mustamlakalari bo‘lmish Buxoro amirligi va Xiva xonligiga bo‘lingan edi. Asosiy ma’muriy-hududiy birliklar viloyat (oblast), uezd, volost va qishloq jamoasidan iborat bo‘lgan. Xususan, Xiva xonligi 20 beklik, 2 noiblik va Xiva shahriga bo‘lingan. Beklik va noibliklar o‘z navbatida aminlik va masjidlarga bo‘lingan. Buxoro amirligi hududi 28 beklikdan iborat bo‘lib, ular amlok va aminliklarga bo‘lingan.
1917 yilgi Oktabr to‘ntarishidan keyin podsho Rossiyasi mustamlakachilari o‘rnini egallagan Sovet Itttifoqi (qizil imperiya) milliy respublikalar tuzish niqobi ostida amirlik va xonliklarni tugatib, Turkiston o‘lkasini parchalab yubordi.
1918 yil 30 aprelda Sho‘rolar 5-O‘lka s’ezdida tasdiqlangan «Rossiya Federatsiyasining Turkiston Sovetlar Respublikasi to‘g‘risida Nizom»da Turkiston Respublikasining davlat tuzumi, uning hududiy chegaralari belgilandi. 1924 yilga kelib Turkiston ASSR olti viloyatga: Sirdaryo, Samarqand, Farg‘ona, Zakaspiy (Turkmaniston), Yettisuv, Amudaryo viloyatlari, 30 uezd va 473 volostga bo‘lib tashlandi.
1920 yil aprelda Xorazm Xalq Sovet Respublikasi e’lon qilinib, konstitutsiya qabul qilindi. Respublikaning butun hududi 28 tumanga bo‘lindi. 1924 yil respublika 3 viloyat - Qozoq-Qoraqalpoq, Yangi Urganch, Toshhovuz va Xiva tumaniga bo‘lindi. Viloyatlar sho‘ro (volost)larga bo‘lindi.
1920 yil 8 oktabrda sobiq Buxoro amirligi Buxoro Xalq Sovet Respublikasi deb e’lon qilindi. Respublika hududi 15 viloyat, 58 tuman va 197 kentga bo‘lindi. Shunday qilib, O‘rta Osiyoda uchta sotsialistik davlat: Turkiston ASSR, Buxoro XSR va Xorazm XSR tuzildi. Ammo yangi mustamlakachilarni bu ham qanoatlantirmadi. Endi ular mustamlakani boshqarishning ancha qulay shakli - «milliy-hududiy chegaralanish» deb nomlangan keyingi bosqichga o‘tishdi.
1924 yilda O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish natijasida O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi tuzildi. 1924 yildan 1929 yilgacha Tojikiston ASSR ham O‘zSSR tarkibida bo‘lgan.
1925 yil 29 yanvardan respublikada yagona ma’muriy bo‘linish joriy qilindi. Markazi Samarqand shahri bo‘lgan O‘zSSR yetti viloyat - Samarqand, Toshkent, Farg‘ona, Zarafshon, Surxondaryo, Qashqadaryo, Xorazm viloyatlariga, 22 uezd va 241 volostga bo‘lindi. 1926 yilda ma’muriy-iqtisodiy rayonlashtirish amalga oshirilib, 1927 yil 1 yanvarda O‘zSSR hududi 10 okrug, 87 tuman va 1746 qishloq kengashidan iborat bo‘ldi.
1930 yil 17 avgustda okrugga bo‘linish bekor qilindi. 1930 yil oxirida O‘zSSR tarkibida 9 ta shahar, 73 tuman, 1696 qishloq kengashidan tashkil topdi.
1932 yil 27 iyunda Xorazm okrugi, 1935 yil fevralda esa Qashqadaryo va Surxondaryo okruglari qayta tiklandi.
1936 yilda Qoraqalpog‘iston ASSR RSFSRdan olinib, O‘zSSR tarkibiga kiritildi. O‘zSSRning ma’muriy-hududiy bo‘linishi uning 1937 yilgi Konstitutsiyasida rasmiylashtirildi. Bu vaqtga kelib O‘zSSR tarkibida bir avtonom respublika, 3 okrug, 109 tuman, 22 shahar, 16 shaharcha va 1392 qishloq kengashi bor edi.
1938 yil 14 fevralda O‘zSSR tarkibida Buxoro, Samarqand, Toshkent, Farg‘ona va Xorazm viloyatlari tuzildi. 1941 yil 6 martda Andijon, Namangan va Surxondaryo viloyatlari, 1943 yil 20 yanvarda Qashqadaryo viloyati tashkil etildi. Barcha viloyatlar bir qancha tumanlardan tashkil topdi.
1954 yil iyunda 447 qishloq kengashi tarqatib yuborildi. 1957 yil 1 yanvarda O‘zSSR tarkibida: bir avtonom respublika, 9 viloyat, 6 shahar tumani, 155 qishloq tumani, 29 shahar, 57 shaharcha va 993 qishloq kengashidan tashkil topdi.
1957-1961 yillarda ma’muriy-hududiy birliklar bir qadar yiriklashtirildi, viloyat, tuman, qishloq kengashlari soni kamaytirildi. Bu davrda Namangan va Qashqadaryo viloyatlari bekor qilindi. Natijada O‘zSSR tarkibida: bir avtonom respublika, 7 viloyat, 117 qishloq tumani, 754 qishloq kengashi qoldi.
Mirzacho‘lni o‘zlashtirish munosabati bilan 1963 yil 16 fevralda Sirdaryo viloyati tuzildi. 1964 yil 7 fevralda Qashqadaryo viloyati, 1967 yil 18 dekabrda Namangan viloyati, shuningdek ilgari bekor qilingan tumanlar qayta tiklandi, yangilari tuzildi. 1973 yil 29 dekabrda Jizzax viloyati, 1982 yil 20 aprelda Navoiy viloyati tuzildi. 1988 yil 6 sentabrda viloyatlarni yiriklashtirish maqsadida Jizzax viloyati Sirdaryo viloyatiga, 1989 yil may oyida Navoiy viloyati Samarqand va Buxoro viloyatlariga qo‘shib yuborildi.
1990 yil 16 fevralda Jizzax va Sirdaryo viloyatlari avvalgi chegarasida, 1992 yil 27 yanvardai54 Navoiy viloyati qayta tiklandi. O‘tgan davrda ko‘pgina aholi yashaydigan joylar shaharlar, shaharchalar va shahar tipidagi posyolkalarga aylandi.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan keyin, sho‘rolar davrida ommaviy tus olgan va sho‘rolar tizimini madh etuvchi joy nomlari qayta ko‘rib chiqilib, aholi yashaydigan joylarning tarixiy nomlari tiklanmoqda yoki yangi nomlar berilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan Konstitutsiyasining 3-moddasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi o‘zining milliy-davlat va ma’muriy-hududiy tuzilishini, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining tizimini belgilaydi, ichki va tashqi siyosatini amalga oshiradi. O‘zbekistonning davlat chegarasi va hududi daxlsiz va bo‘linmasdir.
O‘zbekiston Respublikasining davlat tuzilishiga keladigan bo‘lsak, u tuzilishiga ko‘ra - unitar (oddiy) davlat hisoblanadi. Boshqa unitar davlatlardan farq qilgan holda, O‘zbekiston Respublikasining davlat tuzilishi o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Chunki uning tarkibiga mustaqil Koraqalpog‘iston Respublikasi ham kiritilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 16-bobi 68-moddasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullar, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasidan iborat.
Demak, O‘zbekiston Respublikasi - alohida huquqiy maqomga ega bo‘lgan Qoraqalpog‘iston Respublikasidan, viloyatlardan hamda Toshkent shahridan tashkil topgan. Viloyatlar esa o‘z navbatida - tumanlardan, shaharlardan, shaharchalardan, qishloqlar va ovullardan tashkil topgan.
Viloyat - O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy birliklar tizimida eng yuqori bo‘g‘in bo‘lib, alohida o‘rin tutadi. Viloyat o‘z tarkibiga boshqa ma’muriy-hududiy bo‘laklarning hammasini oladi va shu tariqa muhim tashkiliy funksiyani bajaradi. Bu hududiy bo‘linma joylarni markaz bilan bog‘lab turadigan aloqachi tuzilmadir. Respublika miqyosidagi davlat organlari o‘z vazifalarini, joylardagi organlar bilan aloqalarini faqat viloyat va uning davlat boshqaruv organlari - viloyat hokimiyati orqali amalga oshiradilar. Shu bilan birga viloyat o‘z tarkibiga kiruvchi quyi hokimiyat vakillik va ijroiya organlari faoliyatiga rahbarlik qiladi hamda ularni umumdavlat va mahalliy manfaatlardan kelib chiqib birlashtiradi.
Viloyat hududlari o‘z navbatida tumanlarga va viloyatga bo‘ysunuvchi shaharlarga bo‘linadi. Har bir viloyatda tumanlarning soni turlicha bo‘ladi.
Viloyat yirik ma’muriy-hududiy bo‘linma sifatida barqaror bo‘lishi lozim. Uning tuzilishi, mustahkamlanishi, yiriklashishi yoki bo‘linishi iqtisodiy jihatdan asoslantirilishi lozim. Mazkur ma’muriy-hududiy birlik iktisodiyotning barcha sohalarini kompleks rivojlanishiga olib kelishi lozim.
Hozirgi vaqtda O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishida o‘n ikkita viloyat mavjud:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling