Davlat tuzilish shakli reja: kirish Davlatning tuzilish shakli tushunchasi


Download 197.5 Kb.
bet3/8
Sana18.06.2023
Hajmi197.5 Kb.
#1587911
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Davlatning tuzilish shakli kurs ishi oxirgi

Fransiya Konstitutsiyasining alohida bo‘limi hududiy jamoalarga ajratilgan bo‘lib, 72-modda birinchi qismiga binoan hududiy jamoalarga - kommunalar, departamentlar va dengiz bo‘yi hududlar kiradi. Departamentlar shahar va qishloq kommunalariga (jamoalariga) bo‘linadi. Bundan tashqari alohida avtonom maqomiga ega bo‘lgan Korsika orolini ham Fransiyaning siyosiy-hududiy tuzilishiga kirtilgan.
Buyuk Britaniya to‘rt qismdan - Angliya, Uels, Shotlandiya va Shimoliy Irlandiyalardan iborat. Buyuk Britaniyaning siyosiy-hududiy tuzilishi grafliklardan, shahar-grafliklaridan, ma’muriy okruglardan va boshqalardan tashkil topgan.
Davlat tuzilishi shaklining ikkinchisi – bu murukkab davlatlar. Murakkab davlatlarga – federatsiya, konfederatsiya, hamdo‘stlik va boshqalar kiradi.
Federativ4 davlat – bu davlatlarning shartnoma va qonuniy tartibga solingan birlashuvini ta’sis etishga asoslangan ittifoqdir. Demak, o‘zaro birlashishga intiluvchi bir qancha mustaqil davlatlar mavjud bo‘lgan joydagina federatsiya tashkil etilishi mumkin.
Federativ shakldagi davlat qonun chiqaruvchi organlarga, ijro etuvchi va sud organlariga ega bo‘lgan bir necha davlatlar – sub’ektlar birlashmasidan, ittifoqidan tashkil topadi. Har xil federativ davlatlarda sub’ektlar o‘ziga xos nomlar bilan – respublika, shtatlar, kantonlar, yerlar deb ataladi. Amerika Qo‘shma Shtatlari, Rossiya Federatsiyasi, Germaniya Federativ Respublikasi va boshqa ko‘pgina davlatlar federativ davlatlar hisoblanadi.
Jumladan, Amerika Qo‘shma Shtatlari Konstitutsiyasi5ga binoan Amerika Qo‘shma Shtatlari 50 shtatdan va alohida huquqiy maqomga ega bo‘lgan Kolumbiya federal okrugidan tashkil topgan. Har bir shtat o‘zining Konstitutsiyasi va qonunlariga ega. Lekin AQSh Konstitutsiyasiga binoan barcha shtatlarda AQSh Konstitutsiyasi va ularni ijro etish maqsadida chiqariladigan qonunlar mamlakatning butun hududida oliy qonunlar xisoblanib, barcha tomonidan bajarilishi shart hisoblanadi. Masalan, Kaliforniya Konstitutsiyasining 3-bo‘lim 1-moddasida ko‘rsatilishicha: Kaliforniya Amerika Kengashi (Soyuzi)ning ajralmas qismi bo‘lib, AQSh Konstitutsiyasi mamlakatning oliy qonuni hisoblanadi. Shtatlarda faqatgina boshqaruvning respublika shaklini amalga oshirishlari mumkin.

Download 197.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling