Andijon viloyati - Farg‘ona vodiysining sharqiy qismida joylashgan. 1941 yilning 6 martida tashkil etilgan. Maydoni 4,2 ming kv. km. Andijon viloyatining ma’muriy, iqitisodiy va madaniy markazi - Andijon shahridir.
Buxoro viloyati - respublikamizning janubi-g‘arbida, Zarafshon daryosi bo‘yida joylashgan. 1938 yilning 15 yanvarida tashkil etilgan. Maydoni 39,4 ming kv. km. Buxoro viloyatining ma’muriy, iqtisodiy va madaniy markazi - Buxoro shahridir. Buxoro shahri tarkibida 2 tuman - Fayzulla Xo‘jaev nomli va To‘qimachilik tumanlari bor.
Jizzax viloyati - 1973 yil 29 dekabrda tashkil etilgan. Maydoni 20,5 ming kv. km. Viloyatning ma’muriy markazi – Jizzax shahridir.
Navoiy viloyati - respublikamizning markaziy qismida joylashgan. 1982 yil aprelda Buxoro viloyati va qisman Samarqand viloyati yerlaridan tashkil topgan. 1988 yil tugatilib, 1992 yil qayta tiklangan. Maydoni 110,8 ming kv. km. Ma’muriy markazi - Navoiy shahri.
Namangan viloyati - respublikamizning sharqiy, Farg‘ona vodiysining shimoliy qismida joylashgan. 1967 yil 18 dekabrda qayta tashkil etilgan. Maydoni 7,9 ming kv. km. Viloyatning ma’muriy, iqtisodiy va madaniy markazi - Namangan shahri.
Samarqand viloyati - respublikamizning markaziy qismida, Zarafshon daryosi havzasida joylashgan. 1938 yil 15 yanvarda tashkil etilgan. Maydoni 16,4 ming kv. km. Viloyatning ma’muriy, iqtisodiy va madaniy markazi - Samarqand shahri.
Sirdaryo viloyati - respublikamizning sharqida joylashgan. 1963 yil 16 fevralda tashkil etilgan. Maydoni 5,1 ming kv. km. Viloyatning ma’muriy, iqtisodiy va madaniy markazi - Guliston shahri.
Surxondaryo viloyati - respublikamizning janubida joylashgan. 1941 yil 6 martda tashkil etilgan. Maydoni 20,1 ming kv. km. Viloyatning ma’muriy, iqtisodiy va madaniy markazi - Termez shahri.
Do'stlaringiz bilan baham: |